Ma’lumotlarni kiritish/chiqarish maydonlarini old paneldagi elementlar bilan bog‘lash.
Biriktirish panelining shabloni tanlangandan keyin, old paneldagi har bir maydonga o‘zining elementini tayinlash kerak. VTA dan foydalanishni soddalashtirish uchun biriktirish panelida kiritish maydonlarini chapda, indikasiya elementlari bilan bog‘liq bo‘lgan maydonlarni esa o‘ngda joylashtirish kerak. Kiritish yoki chiqarish maydonlarini tayinlash uchun, tanlangan maydonga sichqonchaning chap tugmasi bilan chertish, keyin bu maydon bilan biriktirish kerak bo‘lgan elemntga sichqoncha bilan chertish, shunday so‘ng kursorni old panelning bo‘sh joyiga olib chiqish va yana sichqoncha bilan chertish kerak. Ishga tushirilgan maydonlar mos element ma’lumotlari tipi bilan belgilanadigan rangni oladi. Ma’lumotlarni kiritish/chiqarish maydonlarini tayinlash vaqtida ulash instrumentidan foydalaniladi. Oldin sichqonchaning chap tugmasi bilan elementga chertib, ma’lumotlarni kiritish/chiqarish maydoniga chertish orqali ham bunga erishish mumkin.
VA tag dasturidan foydalanish.
VA yaratilib, uning ikonkasi rasmiylashtirilib va biriktirish paneli sozlangandan keyin VA tagdastur sifatida qo‘llanilishi mumkin. VA tagdasturini blok diagrammaga joylashtirish uchun, Functions (Funksiyalar) palitrasidan Select VI (VAni tanlash) kichik bo‘limini tanlash, VA ni ko‘rsatish va uni blok diagrammaga o‘tkazib qo‘yish kerak.
Siljitish instrumentidan foydalanib, ochilgan VAni ikonkasini boshqa VA blok diagrammasiga o‘tkazib joylashtirish mumkin.
VA tag dasturini tahrirlash
VA tagdasturini olda panelga boshqa VA blok diagrammasidan chaqirish uchun unga boshqarish yoki siljitish instrumenti bilan ikki marta chertish amalga oshiriladi. Buni asosiy menyudan foydalanib, Browse (Obzor) punktidan This VTs Sub Vis(shu VAning tagdasturi) tagpunktini tanlash orqali ham amalga oshirish mumkin. VTA blok diagrammasini chaqirish uchun Ctrl klavishasini tutib turib, unga sichqonchaning chap tugmasi bilan qisqa ikki marta chertish kerak. VA tagdasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar faqat unga sabab bo‘lgan dasturlarni oldin saqlagandan keyin ochiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |