10-ma’ruza. LabView dasturlash muhitida avtomatlashtirish asoslari
Intensivlik grafiklari va jadvallarini rostlash
Download 0.8 Mb.
|
Mavzu №10
- Bu sahifa navigatsiya:
- U scale
Intensivlik grafiklari va jadvallarini rostlash
Intensivlik grafiklari va jadvallari diagramma va ossillogramalar grafiklari bilan ko‘p umumiy xossalarga ega, Visible Items kontekst menyusini tanlab ularni ko‘rsatish yoki yashirish mumkin. Intensivlik grafiklari va jadvallarida uchinchi o‘lcham paydo bo‘ladi, shuning uchun qo‘shimcha element – ma’lumotlarni rangli akslantirish usulini va diapazonini belgilaydigan rang shkallarini boshqaruvchi element talab qilinadi. 7-rasmda intensivlik grafigining tashkil etuvchi qismlari keltirilgan. 7-rasm. 1-Shkala U (U scale); 2-Shkala X (X scale); 3- Shkalani boshqarish paneli (Scale legend); 4- Kursorni boshqarish paneli (Cursor legend);5- Grafikni boshqarish elementlari palitrasi(Graph palette); 6-Shkala Z (rang shkalasi) (Z scale (color ramp)) Marker bilan assrsiyalashgan rangni almashtirish uchun kontekst menyusidan Marker Color punktini tanlash va rang tanlash oynasidan rangni tanlash kerak. Boshqarish yoki siljitish instrumentlari bilan rang shkalasi yaqinida joylashgan marker bo‘yicha sichqonchaning o‘ng tugmasiga bosish bilan kontekst menyusi chaqiriladi. Rang shkalasiga markerni qo‘shish uchun rang palitrasiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish va kontekst menyusidan Add Marker ini tanlash kerak. Rang shkalasida biron bir markerning qiymatini o‘zgartirish uchun boshqarish instrumenti bilan markerni talab qilingan qiymatga keltirish yoki markerning matn maydoniga yangi qiymatni kiritish uchun matn kiritish instrumentidan foydalanish kerak. 8-rasmda intensivliklar grafigida ifodalangan 4x4 o‘lchamli massiv tasvirlangan. Grafikda transpornirlashgan massiv keltirilgan. 8-rasm. Xulosalar Ma’lumotlarni vizuallashtirish bo‘yicha LabVIEW ning ko‘rib chiqilgan imkoniyatlari sonidan eng universali ikki koordinatali grafik hisoblanadi. Xuddi o‘ziyozar asbobning qog‘ozli tasmasidagidek, ma’lumotlarni ketma ket akslantirish(oldingi ma’lumotlarni ko‘rish imkoniyati bilan) uchun diagrammalar grafigidan foydalanish kerak. Bir o‘lchamli massivlar va real signallarni ossillogrammalar grafigida akslantirish qulay. Ikki o‘lchamli ma’lumotlarni rang maydoni ko‘rinishida akslantirish uchun intensivliklar grafigidan foydalanish maqsadga muvofiq. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling