10-Maruza. Mavzu: Pasterellyoz kasalligi qo’zg’atuvchisi
Download 55.53 Kb.
|
.Pasterellyoz kasalligi qo’zg’atuvchisi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Morfologiyasi.
- Kultural va biokimyoviy xususiyatlari.
Qo’zg’atuvchisi – Pasteurella multocida, Pasteurella avlodiga kiradi. Bu avlodga shuningdek P. Hacmolytica, P.pneumotropika va P.ureae lar ham kiradi. Gemolitik pasterellalar yirik shohli hayvonlarda pnevmoniya, qo’zilarda sepsis, P. Multocida esa – pasterellyoz kasalligini chaqiradi. Pasterellani birinchi bo’lib L.Paster 1880 yilda ajratgan.Morfologiyasi. Gram usulida bo’yalgan organlardan va qondan tayyorlangan tamg’ali surtmalarda qo’zg’atuvchi 0,3x1,5 mkm o’lchamdagi mayda, kalta, grammanfiy, uchlari qayrilgan tayoqchalar shaklida bo’ladi. Leffler, Romanovskiy – Gimza usullarida bo’yaganda ularning bipolyarligi (bakteriya hujayrasining uchlari intensiv bo’yaladi) yaxshi namoyon bo’ladi. Kulturadan tayyorlangan surtmalarda pasterellalar koksimon yoki qisqa tayoqchalar shaklida bo’lib, bittadan, ikkitadan, ba’zan qisqa zanjirlar shaklida joylashadi. Kapsula hosil qiladi, harakatsiz.Kultural va biokimyoviy xususiyatlari. Pasterellalar aerob va fakultativ anaerob, optimal harorat 37-38 0C, pH 7,2 -7,4 da 24-28 soatda yaxshi rivojlanadi. GPA, GPBlarda, ayniqsa qonli GPA, zardobli GPA yoki GPB larda yaxshi o’sadi. Agarda mayda, tiniq, bo’rtiq, yumaloq koloniyalar paydo qiladi.Koloniya lar tashqi ko’rinishi bo’yicha 3 ta asosiy shaklda bo’ladi: silliq S-shakl, o’ziga xos fluoressensiyalanish xususiyatiga ega, GPB da esa bir xilda loyqalanish va shilimshiq cho’kma hosil qiladi, qoqib ko’rganda soch o’rimi shaklida ko’tariladi; M-shaklda GPA da yirik shilimshiq koloniyalar paydo bo’ladi, GPB da mukoid shtammlar intensiv o’sib, ko’p shilimshiq cho’kma paydo qiladi; R – shaklda GPA da kengish koloniyalar paydo bo’ladi, GPB da dissosiirlangan pasterellalar muhitni loyqalantirmaydi, probirka tubida esa mayda yoki yirik donachali cho’kma hosil qiladi.Kultural va biokimyoviy xususiyatlari. Pasterellalar aerob va fakultativ anaerob, optimal harorat 37-38 0C, pH 7,2 -7,4 da 24-28 soatda yaxshi rivojlanadi. GPA, GPBlarda, ayniqsa qonli GPA, zardobli GPA yoki GPB larda yaxshi o’sadi. Agarda mayda, tiniq, bo’rtiq, yumaloq koloniyalar paydo qiladi.Koloniya lar tashqi ko’rinishi bo’yicha 3 ta asosiy shaklda bo’ladi: silliq S-shakl, o’ziga xos fluoressensiyalanish xususiyatiga ega, GPB da esa bir xilda loyqalanish va shilimshiq cho’kma hosil qiladi, qoqib ko’rganda soch o’rimi shaklida ko’tariladi; M-shaklda GPA da yirik shilimshiq koloniyalar paydo bo’ladi, GPB da mukoid shtammlar intensiv o’sib, ko’p shilimshiq cho’kma paydo qiladi; R – shaklda GPA da kengish koloniyalar paydo bo’ladi, GPB da dissosiirlangan pasterellalar muhitni loyqalantirmaydi, probirka tubida esa mayda yoki yirik donachali cho’kma hosil qiladi.Download 55.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling