10-Maruza. Mavzu: Pasterellyoz kasalligi qo’zg’atuvchisi


Download 55.53 Kb.
bet5/5
Sana06.04.2023
Hajmi55.53 Kb.
#1335489
1   2   3   4   5
Bog'liq
.Pasterellyoz kasalligi qo’zg’atuvchisi.

Suspenziya kabutarlarga 0,3 ml dozada mushaklar orasiga, oq sichqonlarga 0,2 ml va quyonlarga 0,5 ml dozada terisi ostiga yuboriladi. Quyonlarni zararlashdan oldin tashuvchanlikka tekshiriladi. Buning uchun quyonlar burniga 2 tomchidan 0,5% li brilliant yashili uch kun davomida tomdiriladi. Shu vaqt ichida yiringli oqma paydo bo’lsa ular pasterella tashuvchi hisoblanib, tajriba uchun yaroqsiz deb topiladi.

Ijobiy natijada biosinovdagi hayvonlar 18-36 soatda o’ladi.

Pasterellalarni farqlashda P.hayemolytica ning P. multocida dan farqli ravishda gemolitik toksin hosil qilishi, Mak-Konki agarida o’sishi, P. multocida ning indol hosil qilishini bilish muhim ahamiyatga ega.

Laboratoriyada tekshirish muddati 7-10 kun.

Biopreparatlar. Hozirgi vaqtda kasallikning oldini olish maqsadida o’ldirilgan va tirik vaksinalar qo’llaniladi. O’ldirilgan vaksinalarning aktivligini oshirish uchun deponentlar qo’llaniladi. Emulgirlangan vaksinalar yaratildi. Organizmga bir marta yuboriladi.

Biopreparatlar. Hozirgi vaqtda kasallikning oldini olish maqsadida o’ldirilgan va tirik vaksinalar qo’llaniladi. O’ldirilgan vaksinalarning aktivligini oshirish uchun deponentlar qo’llaniladi. Emulgirlangan vaksinalar yaratildi. Organizmga bir marta yuboriladi.

Vaksinalar 6-12 oy davom etadigan immunitet hosil qiladi.

Xo’jaliklarda kasallik chiqqanida immun zardoblar qo’llaniladi. Davo lovchi preparatlardan antibiotiklar va sulfanilamid preparatlar ishlatiladi.

O’zbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot institutida olim, mutaxassislar tomonidan pasterellyozga qarshi GOA - gidrookisalyuminiyli vaksina, qishloq xo’jalik hayvonlar pasterellyoz, salmonellyoz va kolibakterioziga qarshi polivalentli radiovaksina, gemolitik pasterellalarga qarshi giperimmun zardob ishlab chiqilgan va samarali qo’llanilib kelmoqda.

Nazorat uchun savollar:

1. Pasterellyoz kasalligi qo’zg’atuvchisining xususiyatlarini ayting.

2. Pasterellyozga tekshirish uchun laboratoriyaga qanday materiallar yuboriladi va qaysi usullarda tekshiriladi.

3. Pasterellyozning laboratoriya diagnostikasi nimalardan iborat.

4. Pasterellyoz kasalliklarida qanday biopreparatlar ishlatiladi.

 


Download 55.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling