10-Ma'ruza Moliyaviy xavfsizlik


Download 110 Kb.
bet11/12
Sana10.11.2021
Hajmi110 Kb.
#172927
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
10-Maruza Moliyaviy xavfsizlik

13. R/E ko’rsatkichi dinamikasi – «foydaga nisbatan barobar ko’pay-gan» (moliyaviy qo’yilmalarning yillar davomida qoplanishi).Bu ko’rsatkich bozor tomonidan kompaniyaning u yoki bu qimmatli qog’ozini qaydarajada baholashini ifodalaydi. Umuman iqtisodiyotning ideal holatida uning darajasi 5-6 yil oralig’ida bo’lishi kerak, chunki aynan shu oraliq asosiy kapitalga qo’yilgan investitsiyalar qoplanilishining normal muddatiga mos keladi. Ushbu ko’rsatkich ikki usul yordamida hisoblanishi mumkin: 1) R/E = Oddiy aktsiyalarning bozor kursi/Bir dona aktsiya bo’yicha daromad (EPS); 2) R/E = Kapitalizatsiya/EBITDA (foizlar, dividendlar va soliqlar to’lanilishidan oldingi foyda). 14. Muomalaga chiqaruvchining qimmatli qog’ozlarini sekyurimetrik sifati darajasi. Ushbu indikator yordamida muomaladagi qimmatli qog’oz va uning bazisi orasidagi o’zaro ekvivalentlilik darajasi aniqlanilishi (baholanilishi) mumkin6 . Uning asosida qimmatli qog’ozlarni bazisiga nisbatan ortiqcha yoki kam qiymatda baholanganligi darajasini aniqlash mumkin. 15. Moliyaviy instrumentlarni (jumladan qimmatli qog’ozlarni) chiqaruvchilarning moliyaviy holatini ifodalovchi barchaga ochiq ma’lum qilinadigan miqdoriy parametrlar (koeffitsientlar), ularning soni qirqdan ziyod. Bu fundamental ko’rsatkichlar moliya analitiklari tomonidan muntazam baholanib boriladi. 16. Korporativ boshqaruvning (kompaniyaning korporativ siyosati) miqdoriy reyting darajasi. Bu indikator mahsus reyting agentliklari tomonidan muntazam ravishda belgilanib boriladi. 


Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling