10-Ma'ruza Moliyaviy xavfsizlik
Download 110 Kb.
|
10-Maruza Moliyaviy xavfsizlik
10. Milliy valyutada dollar kursini o’sishi tempi (sur’ati) va fond bozori indekslarining o’sishi tempi nisbati. O’rta muddatda fond bozori indeksining o’sish sur’ati valyuta kursini o’sishi tempidan yuqori bo’lishi lozim. Aks holda investorlar tomonidan mamlakatda iqtisodiy kon’yunk-tura yoki uning alohida tarmoqlari salbiy baholanishini ko’rsatadi. Ushbu indikator yordamida qulay iqtisodiy kon’yunktura va iqtisodiy o’sish sharoitlarida kompaniyalarning EKV hisobida ifodalangan bozor qiymati (biznesi) ortishini ko’rish mumkin. 11. Qimmatli qog’ozlar bozorining volatilligi (foizlarda ifoda-langan oylik fond indekslari miqdorining standart og’ishi) chegaraviy me’yorning 5 foizidan ortmasligi lozim (40-chi indikatorga qaralsin). Aks holda bozorning barqaorligi buziladi. 12. Moliya bozorining turli (tashqi, makro- va mikrodarajadagi) omillar va risklar ta’siri sharoitlarida egiluvchan moslashishi darajasi. Bu indikator kompleks ko’rsatkich bo’lib, moliya bozorining raqobatbardoshlilik, moliyaviy havfsizlik va barqarorlilikko’rsatkichlari chegaraviy (hech bo’lmasa qoniqarli) qiymatlarini saqlab qolgan holda bunday sharoitlarga egiluvchan moslashishi hossasini ifodalaydi.Indikator quyidagi umumiy ko’rinishdagi makromoliyaviy mezon (vektor ko’rinishdagi kriteriy) asosida baholanadi: E = IT – IR, bunda: E – egiluvchan moslashuvlilik darajasi; IT– moliya bozorining barcha indikatorlarini talab qilingan (ma’lum bir joriy yoki kelgusi davrda etalon sifatida qabul qilinishi mumkin bo’lan potentsial) miqdorlari; IR– moliya bozorining barcha indikatorlarini real shakllangan 47 (mavjud) miqdorlari. Ushbu indikatorning qiymati minimum bo’lsa, egiluvchanmoslashuvlilik darajasi maksimum hisoblanadi. Umuman olganda, bu indikator moliya bozorining iqtisodiyotga va tashqi hodisalarga (global jarayonlarga) ekvivalentliligini baholaydi.Download 110 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling