10-ma’ruza: shennon teoremasi. Reja: Shennon teoremasi


Download 19.41 Kb.
bet4/4
Sana05.10.2023
Hajmi19.41 Kb.
#1692565
1   2   3   4
Bog'liq
Kompyuter kriptografiyasi davri Simmetrik kriptotizmlar. Ilmiy k-hozir.org

O‘z DSt 1105:2005 va O‘z DSt 1105:2009 «Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi» (MShA)da modul arifmetikasining diamatritsalar algebrasidan foydalaniladi, bunda hisoblashning qiyinlik darajasi matritsalar algebrasidagi singari bajariladi [23, 28].
Shifrmatnga o‘girish va dastlabki matnga o‘girish protseduralarida foydalaniladigan diamatritsalar algebrasining asosiy amali diamatritsani p modul bo‘yicha diamatritsaga teskarilash amali hisoblanadi. Bu amallarda ikki o‘lchamli seans kaliti massivining maxsus tuzilmali 4x4 tartibli kvadrat diamatritsa bilan aks ettiriluvchi qismlari ishtirok etadi. Maxsus tuzilmali diamatritsaning muhim xossasi diamatritsaning diaaniqlovchisini hisoblash formulasining soddaligidir, bu esa diamatritsani teskarilash shartlarini tekshirish ishlarini soddalashtiradi.
Maxsus tuzilmali diamatritsani teskarilash shartlarini tekshirish MShA parametrlariga qo‘yiladigan asosiy talab hisoblanadi. MShAda shuningdek butun sonlarni parametrli ko‘paytirish, teskarilash va darajaga oshirish deb atalgan parametrli gruppa amallaridan ham foydalaniladi. MShA belgilab qo‘yilgan ikki xil - 256 va 512 bit uzunlikdagi kalitlar yordamida amalga oshiriladi.
Barcha yuqorida bayon etilgan GOST 28147-89dan boshqa algoritmlar bo‘yicha ma’lumotlarni shifrlashda 5 xil ish rejimini qo‘llash mumkin [27]: elektron kod kitobi; shifr bloklarning ilashishi; chiqish orqali teskari bog‘lanish; shifrmatn orqali teskari bog‘lanish (teskari bog‘lanishli gammalashtirish); sanoqchi. Tabiiyki, har bir ish rejimining o‘ziga xos afzalligi va kamchiligi bo‘ladi. Masalan, kalitlarni shifrlashda elektron kod kitobi ish rejimini, alohida belgilar uchun shifr matn orqali teskari bog‘lanish ish rejimini, aloqa tizimida (odatda, biror shifrmatnni takror uzatish imkoniyati bo‘lmaganda) chiqish orqali teskari bog‘lanish ish rejimini qo‘llash qulay hisoblanadi.

http://hozir.org
Download 19.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling