10.1-rasm
Silindrik tishli g’ildiraklar
To’g‘ri tishli
shevronli tishlar
Qiya tishli
To’g‘ri tishli g’ildiraklar - To’g‘ri tishli g‘ildirakning tishlari uning o‘qiga parallel joylashgan bo’ladi.
Qiya tishli g’ildiraklar - Qiya tishli g‘ildirakning tishlari silindrdagi vint chiziqlari bo’yicha joylashadi. G‘ildirakning o‘qiga nisbatan tishning og‘ma burchagi
Shevronli tishli g’ildiraklar - Og‘ma tishli uzatmalarda tishlar og‘ma joylashganligi sababli o‘qlar bo‘yicha yo‘nalgan nagruzka xosil bo‘ladi. Og‘ir yuklangan uzatmalarda ulardan qochish maqsadida ikkilangan og‘ma tishli uzatmalardan foydalaniladi, ularni shevron tishli deyiladi. Bunday tishli g‘ildiraklarni tayyorlash qiyin bo‘lganligi sababli kam ishlatiladi.
Bunday uzatmalarda tishli g‘ildirak tishlari kesik konus yasovchilari bo‘yicha joylashadi, shuning uchun ularni konusli uzatmalar deyiladi. G‘ildirak o‘qlarning kesishish burchagi xar xil bo‘lishi mumkin, ko‘pincha bu burchak 90° ga teng bo‘ladi. Konusli uzatmalarni ko‘pincha kesik konus ko‘rinishida tasvirlaydilar. Oldingi xolatdagitdek krestiklar g‘ildirakni valga qattiq maxkamlanganini bildiradi. Konusli uzatmalar to‘g‘ri tishli, og‘ma tishli va yumaloq tishli uzatmalarga bo‘linadi. To‘g‘ri tishli g‘ildirak tishlari kesik konus yasovchilari bo‘yicha joylashadi, og‘ma tishli esa konusda vint chizig‘i bo‘yicha, yumaloq tishlar planda aylana bo‘yicha chiziladi (tex protsessni qisqartirish maqsadida, bunday tishlar yumaloq kesuvchi asbobda yasaladi). G‘ildirak o‘qlari ayqash uzatmalar.
10.2-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |