10-Ma’ruza Tishli mexanizmlar. Tishli uzatma xillari. Ilashmaning asosiy qonuni. Ma’ruza rejasi


Download 1.7 Mb.
bet1/6
Sana02.05.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1423127
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-маъруза а тақдимоти

10-Ma’ruza

Tishli mexanizmlar. Tishli uzatma xillari. Ilashmaning asosiy qonuni.

Ma’ruza rejasi :

  • Tishli mexanizmlar
  • Tishli uzatmalarning turlari
  • Ilashmaning asosiy qonuniyati.

Tishli mexanizmlar

  • Tishli mexanizmlar texnikada keng qo‘llanadigan mexanizmlardan xisoblanadi. Bunday mexanizmlar mashinada qo‘llanadigan xamma uzatish mexanizmi konstruksiyasida ishlatiladi. Bu mexanizmning umumiy ta’rifi: tishli mexanizmda xarakat ish protsessida bir-birini almashtiruvchi zvenodagi maxsus bo’rtik (vыstup) yordamida uzatiladi; bu bo’tiklarni tishlar, zvenoni esa – tishli g‘ildirak deyiladi. Tishli-reykali mexanizm zvenolaridan birini tishli reyka deyiladi. Tishli mexanizmning ko‘pchilik zvenosi tishli g‘ildiraklar, dumaloq ko‘rinishida bo‘ladi. Ba’zida dumaloq bo‘lmagan g‘ildirakli tishli mexanizmlar uchraydi.

Tishli mexanizm g’ildirak o’qlarining harakatlanishiga ko’ra ikki xilga ajratiladi:
g‘ildirak o‘qlari qo‘zg‘almas
g‘ildirak o‘qlari qo‘zgaluvchan

G‘ildirak o‘qlari qo‘zg‘almas

  • mexanizmda stoykaga nisbatan g‘ildirak o‘qi qo‘zg‘almas bo’ladi. Bunday tishli g’ildiraklar yuk ko‘tarish kranlarning reduktori, avtomobillarning uzatish karobkasi, metallkesuvchi stanoklarning tezlik karobkasida qo’llaniladi.

G‘ildirak o‘qlari qo‘zgaluvchan

  • mexanizmlarda ba’zi bir g‘ildiraklarning o‘qi stoykaga nisbatan qo‘zgaluvchan bo’ladi. Bunday mexanizmlarni planetar deyiladi, ular planetar reduktor konstruksiyasining asosini tashkil etib, asosan transport mashinalarida xususan samolyot va vertolyotda xarakatni dvigateldan vintga uzatishda va boshqarish sistemalarida foydalaniladi.

G‘ildirak o‘qlarining joylashuviga ko’ra
g‘ildirak o‘qlari parallel
g‘ildirak o‘qlari ayqash
g‘ildirak o‘qlari kesuvchi

G‘ildirak o‘qlari parallel uzatmalar

  • Bunday uzatmalarda tishli g‘ildirak tishlari silindr yasovchisi bo‘yicha joylashadi. SHuning uchun ularni silindrik uzatmalar deyiladi. Silindrik uzatma sxemasi 10.1a-rasmda ko‘rsatilgan. Mashinaning kinematik sxemasida bunday uzatmalarni 10.1b-rasmda ko‘rsatilganidek to‘g‘ri burchak ko‘rinishida tasvirlanadi. Tug‘ri burchak ichidagi krestlar tishli g‘ildirakni valga qattiq maxkamlanganligini bildiradi.


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling