10-ma’ruza. Xamir zuvalalariga shakl beruvchi jixozlar. Reja


Non mahsulotlarinin asosiy navlarining qisqacha tavsifi


Download 104.37 Kb.
bet2/10
Sana08.11.2023
Hajmi104.37 Kb.
#1758592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-Ma\'ruza

Non mahsulotlarinin asosiy navlarining qisqacha tavsifi

Non va bulka mahsulotlarining assortimenti bir necha yuz navlardan iboratdir.
Jaydari undan tayyorlangan javdar noni. Jaydari undan tayyorlangan javdar noni qolipli yoki tagdonli, tortib yoki donalab sotiladigan holda ishlab chiqariladi.
Jaydari undan oddiy javdar noni-dan tashqari, fermentlashtirilgan (qizil) javdar solodi, ziravorlar qo’shib yaxshi-langan qaynatma javdar noni, Moskva javdar noni, 80 % jaydari javdar unidan, 15 % II navli bug’doy uni va qizil javdar solodi, shakar, patoka va ziravor qo’shib Borodino nonlari ham tayyorlanadi.
Sidirma va elanma undan tayyorlangan javdar noni. Bu guruhga nafaqat shu javdar uni navlaridan tayyorlangan, balki ularning bir qismini bug’doy uniga almashtirib tayyorlangan non mahsulotlari ham kiradi.
Elanma va sidirma javdar unlarning o’zidan javdar noni qolipli yoki tagdonli, tortib yoki donalab sotiladigan holda ishlab chiqariladi.
Sidirma javdar va «O’zbekiston» bug’doy unlari aralashmasidan tortib yoki donalab sotiladigan qolipli va tagdonli «Darmon» noni, Ukraina noni (20...80 % sidirma javdar va 80...20 % jaydari bug’doy unlari), Ukraina yangi noni (20...80 % elanma javdar uni va 80...20 % ikkinchi navli bug’doy uni) ishlab chiqariladi.
Shu guruhga yana sidirma javdar va birinchi navli bug’doy uni, 5 %
fermentlashtirilmagan solod, 7 % shakar, 3 % o’simlik moyi, 1 % ziradan «Pahlavon» noni; sidirma javdar uni va ikkinchi navli bug’doy uni, 5 % fermentlashtirilgan solod, 10 % shakar va 1,5 % ziradan «Prezident» noni; 80 % sidirma javdar uni va 15 % «O’zbekiston» navli bug’doy uni, 5 % fermentlashtirilgan solod, 9 % shakar va 0,5 % ziravordan «Tansiq non», 90 % elanma javdar uni va 10 % birinchi navli bug’doy uni, 2 % patoka qo’shib qolipsiz pishiriladigan, tortib yoki donalab sotiladigan Minsk noni; 85 % elanma javdar uni, 10 % birinchi navli bug’doy uni, 5 % fermentlashtirilmagan javdar solodi va 0,4 % ziravor qo’shib tayyorlanadigan Riga noni va boshqalar kiradi.
Jaydari undan tayyorlangan javdar-bug’doy va bug’doy-javdar noni. Javdar- bug’doy qolipli yoki tagdonli, tortib yoki donalab sotiladigan holda 60 % javdar va 40 % bug’doy jaydari unlaridan, bug’doy-javdar noni esa 60 % bug’doy va 40% javdar jaydari unlaridan tayyorlanadi.
5 % fermentlashtirilgan javdar solodi qo’shib javdar-bug’doy qaynatma noni ham tayyorlanidi.


    1. Download 104.37 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling