10-Mavzu. Banklarning moliya bozoridagi operatsiyalari reja


Download 28.4 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi28.4 Kb.
#1417531
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-Mavzu . BANKLARNING MOLIYA BOZORIDAGI OPERATSIYALARI

markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari

Ochiq bozordagi operatsiyalar – bu pul bozoriga ta‘sir ko‗rsatish maqsadida qimmatli qog‗ozlarni markaziy bank tomonidan sotib olish va sotishdir. Ular XIX asrning 30–yillarida Angliyada ssuda kapitali bozorida ortiqcha mablag‗larni yo‗qotish uchun foydalanilgan edi. Markaziy bankning ochiq bozor siyosati shundan iboratki, qimmatli qog‗ozlarga bo‗lgan talab va taklifni tartibga solib, bunda tijorat banklarining qiziqishlarini uyg‗otishdir.
Ochiq bozordagi operatsiyalar mazmuni markaziy bank tomonidan davlat qimmatli qog‗ozlari, bank akseptlari va boshqa kredit majburiyatnomalarini bozor
kursida yoki oldindan e‘lon qilingan kurs bo‗yicha sotib olish va sotishdan iboratdir. Bular sotib olingan taqdirda, markaziy bank tijorat banklariga tegishli summalarni o‗tkazib, ularning zaxira hisobraqamlaridagi qoldiqni ko‗paytiradi. Tijorat banklarida bo‗sh turgan pul mablag‗lari ortadi va ular ssudalar berish uchun foydalaniladi. Bu holda kreditlar bo‗yicha foizlar pasayadi. Berilgan ssudalar hajmining oshishi pul massasi hajmining ko‗payishiga olib keladi, bu esa, tegishli ravishda pul muomalasining holatiga ta‘sirini ko‗rsatadi. Markaziy bank restriksion pul siyosatini qo‗llagan holda (ya‘ni u muomaladagi pullar miqdorini qisqartirishga intilgan yilda), qimmatli qog‗ozlarni sotadi. Tijorat banklari qimmatli qog‗ozlarni sotib olishi uchun markaziy bank qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha tijorat banklari uchun foydali bo‗lgan foizlar (yoki foizsiz qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha katta miqdordagi marja)ni taklif etishi kerak. Agar markaziy bank tijorat banklariga qimmatli qokozlarni sotsa, ularda korxona va tashkilotlarga kredit berish uchun pul mablaklari kam qoladi. Bu mos ravishda, pul muomalasining holatiga samarali ta‘sir etib, mamlakatda pul massasi qisqaradi.
SHunday qilib, yuqorida ko‗rsatilgan operatsiyalar bank tizimi zaxira mavqei holatiga ta‘sir etadi va u tartibga solish usuli sifatida foydalaniladi. XX asrning 40– yillarida davlat obligatsiyalar bozorining nihoyatda ko‗payishi va ularning markaziy banklar tomonidan faol sotib olinishiga o‗tish ochiq bozordagi operatsiyalarni pul– kredit siyosatining bosh usuliga aylanishi uchun shart–sharoitlar yaratib berdi. Bunday operatsiyalar AQSH, Angliya, Kanada, Germaniya, Gollandiyada keng qo‗llanmoqda. Ularning boshqa mamlakatlarda joriy etilishi asosan yetarlicha keng va faol davlat obligatsiyalari bozorining yo‗qligi sababli to‗xtalib turibdi.

Download 28.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling