10-mavzu. Beton uchun yashlyatilyadigan toʼldiruvchilar reja
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
10 Мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keys N o 2
299 5-ilovа Mаshg’ulotning uslubiy tа’minoti: 1. Аkrаmov X.А.,Rаximov SH.T.,Nuritdinov X.N.,Turopov M.T. “Beton to’ldiruvchilаri texnologiyasi”, O’quv qo’llаnmа, Toshkent, Ekstremumpress, 2010y. 2. Xamidov A. “Beton to’ldiruvchilаri texnologiyasi”, ma’ruzalar matni. NamMQI 2019 y Keys N o 2 Beton uchun ishlatiladigan tuldiruvchilar fizik va mexanik xususiyatlari, texnik-iqtisodiy samaradorligi va ishlatilish soxasi bo‘yicha ajralib turadi. Beton to’ldirgichlarining yaroqliligini tekshirishda uning quyidagi asosiy xossalarini bilish zarur xisoblanadi va bu xossalar nazariy yoki amalda laboratoriya sharoitida tekshirilib aniqlanadi: To’ldiruvchilarning uyilma zichligi: to‘ldiruvchilar uyilma zichligi deb, to‘ldirgich massasining u egallagan xajmga nisbatiga aytiladi (zarrachalar orasidagi bo‘shliq xisobga olinadi); 1. To’ldiruvchilarning dona va modda zichligi: to’ldiruvchilar donalari zichligi, bu quruq shag‘al ëki shag‘al namunasi massasining uning donalari xajmi yig‘indisiga nisbatan aytiladi; 2. To’ldiruvchilarning bo’shliqligi: to’ldiruvchi bo’shliqligi ëki donalar orasidagi bo’shliq, to’ldirgich erkin to’kilgandagi donalar orasidagi bo’shliqni umumiy xajmga bo’lgan nisbatiga aytiladi va % da aniqlanadi (zichlanmagan xolda); 3. To’ldiruvchilarning dona g‘ovakligi: g‘ovaklik - to’ldiruvchi donasidagi barcha g‘ovaklarning xajmlari yig‘indisini dona xajmiga nisbatiga aytiladi. Ko’pincha xar bir donaning aloxida g‘ovakligi emas, balki olingan namunadagi donalarning o’rtacha g‘ovakligi aniqlanadi; 4. To’ldiruvchilarning namligi va suvshimuvchanligi: to’ldiruvchilarning namligi va suvshimuvchanligini aniqlashda donalar g‘ovakligi asosiy faktorlardan biri xisoblanadi; 5. To’ldiruvchilarning dona shakli va donadorlik tarkibi: uyilma zichlik, bo’shliqlik kabi to’ldiruvchilarning xaraktiristikasini donalar shakli orqali aniqlanadi. Birinchi marta buni B.Nikolaev tadqiq etdi va 1914 yilda «Material donalari shakli va o’lchamiga mos beton va qorishmalar tarkibi» ishida keltirib o’tdi; 6. To’ldiruvchilarning strukturasi: to’ldiruvchi donalari tarkibini tashkil etuvchi moddalar amorf ëki kristall, shu bilan birga g‘ovak ëki zich strukturani tashkil etadi; 7. To‘ldiruvchilarning mustahkamligi: to‘ldiruvchilar tog‘ jinslarini maydalash orqali olinsa, u holda shu tog‘ jinsining mustahkamligi aniqlanadi; 300 8. To‘ldiruvchilarning suvga va sovuqqa chidamliligi: to‘ldiruvchilarning mustahkamligi ular olinadigan tog‘ jinsidan kelib chiqib, suvga bo‘ktirilgan holatida aniqlanadi. To‘ldiruvchilarning sovuqqa chidamliligi ularni suvga bo‘ktirilgan holatda ko‘p martali muzlatish va eritish natijasida tekshiriladi. Talabalar tomonidan erishilgan natijalar formulalar yordamida xisoblanib, so‘ngra davlat standartlarida keltirilgan ko‘rsatgichlar bilan solishtiriladi. SHundan so‘ng olingan to‘ldiruvchi beton uchun yaroqli yoki yaroqsiz ekanligi aniq bo‘ladi. G‘ovak to‘ldiruvchi ishlab chiqarishda xomashyo materiallarni to‘g‘ri tanlash va to‘g‘ri proportsiyada qo‘llash katta axamiyatga ega. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling