10-mavzu. Beton uchun yashlyatilyadigan toʼldiruvchilar reja


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/48
Sana13.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1355019
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
Bog'liq
10 Мавзу

 
 
 


299 
5-ilovа 
Mаshg’ulotning uslubiy tа’minoti: 
1. 
Аkrаmov X.А.,Rаximov SH.T.,Nuritdinov X.N.,Turopov M.T. “Beton 
to’ldiruvchilаri texnologiyasi”, O’quv qo’llаnmа, Toshkent, Ekstremumpress, 
2010y. 
2. 
Xamidov A. “Beton to’ldiruvchilаri texnologiyasi”, ma’ruzalar matni. 
NamMQI 2019 y 
Keys N
o

Beton uchun ishlatiladigan tuldiruvchilar fizik va mexanik xususiyatlari
texnik-iqtisodiy samaradorligi va ishlatilish soxasi bo‘yicha ajralib turadi. Beton 
to’ldirgichlarining yaroqliligini tekshirishda uning quyidagi asosiy xossalarini 
bilish zarur xisoblanadi va bu xossalar nazariy yoki amalda laboratoriya sharoitida 
tekshirilib aniqlanadi: 
To’ldiruvchilarning uyilma zichligi: to‘ldiruvchilar uyilma zichligi deb,
to‘ldirgich massasining u egallagan xajmga nisbatiga aytiladi (zarrachalar 
orasidagi bo‘shliq xisobga olinadi); 
1. To’ldiruvchilarning dona va modda zichligi: to’ldiruvchilar donalari zichligi, bu 
quruq shag‘al ëki shag‘al namunasi massasining uning donalari xajmi yig‘indisiga 
nisbatan aytiladi;
2. To’ldiruvchilarning bo’shliqligi: to’ldiruvchi bo’shliqligi ëki donalar orasidagi 
bo’shliq, to’ldirgich erkin to’kilgandagi donalar orasidagi bo’shliqni umumiy 
xajmga bo’lgan nisbatiga aytiladi va % da aniqlanadi (zichlanmagan xolda); 
3. To’ldiruvchilarning dona g‘ovakligi: g‘ovaklik - to’ldiruvchi donasidagi barcha 
g‘ovaklarning xajmlari yig‘indisini dona xajmiga nisbatiga aytiladi. Ko’pincha xar 
bir donaning aloxida g‘ovakligi emas, balki olingan namunadagi donalarning 
o’rtacha g‘ovakligi aniqlanadi; 
4. To’ldiruvchilarning namligi va suvshimuvchanligi: to’ldiruvchilarning namligi va 
suvshimuvchanligini aniqlashda donalar g‘ovakligi asosiy faktorlardan biri 
xisoblanadi; 
5. To’ldiruvchilarning dona shakli va donadorlik tarkibi: uyilma zichlik, bo’shliqlik 
kabi to’ldiruvchilarning xaraktiristikasini donalar shakli orqali aniqlanadi. Birinchi 
marta buni B.Nikolaev tadqiq etdi va 1914 yilda «Material donalari shakli va 
o’lchamiga mos beton va qorishmalar tarkibi» ishida keltirib o’tdi; 
6. To’ldiruvchilarning strukturasi: to’ldiruvchi donalari tarkibini tashkil etuvchi 
moddalar amorf ëki kristall, shu bilan birga g‘ovak ëki zich strukturani tashkil 
etadi; 
7. To‘ldiruvchilarning mustahkamligi: to‘ldiruvchilar tog‘ jinslarini maydalash orqali 
olinsa, u holda shu tog‘ jinsining mustahkamligi aniqlanadi; 


300 
8. To‘ldiruvchilarning 
suvga va sovuqqa chidamliligi: to‘ldiruvchilarning 
mustahkamligi ular olinadigan tog‘ jinsidan kelib chiqib, suvga bo‘ktirilgan 
holatida aniqlanadi. To‘ldiruvchilarning sovuqqa chidamliligi ularni suvga 
bo‘ktirilgan holatda ko‘p martali muzlatish va eritish natijasida tekshiriladi. 
Talabalar tomonidan erishilgan natijalar formulalar yordamida xisoblanib, 
so‘ngra davlat standartlarida keltirilgan ko‘rsatgichlar bilan solishtiriladi. SHundan 
so‘ng olingan to‘ldiruvchi beton uchun yaroqli yoki yaroqsiz ekanligi aniq bo‘ladi. 
G‘ovak to‘ldiruvchi ishlab chiqarishda xomashyo materiallarni to‘g‘ri tanlash va 
to‘g‘ri proportsiyada qo‘llash katta axamiyatga ega.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling