10-mavzu. Beton uchun yashlyatilyadigan toʼldiruvchilar reja


Keys matnining oxirgi ko’rinishini shakllantirish


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/48
Sana13.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1355019
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48
Bog'liq
10 Мавзу

Keys matnining oxirgi ko’rinishini shakllantirish (bosqichlar bo’yicha 
yo’riqnoma bilan birgalikda). Ushbu bosqichda a’robatsiya natijalari bo’yicha 
kiritilgan kamchiliklarni hisobga olib keysning tuzatilgan matni tayyorlanadi. Keys 
ustida tahsil oluvchilar bilan ishni tashkil etish uslubini yoritishga ham alohida 
ehtibor qaratiladi. Ushbu uslubiyot kelajakda pedagog bo’lmoqchilar uchun juda 
foydali bo’ladi 


296 
“Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari 
Ish bosqichlari  
Faoliyat shakli va mazmuni  
1-bosqich: Keys va uning axborot 
ta’minoti bilan tanishtirish
yakka tartibdagi audio-vizual ish;
keys bilan tanishish(matnli, audio
yoki media shaklda);
axborotni umumlashtirish;
axborot tahlili;
muammolarni aniqlash
2-bosqich: Keysni aniqlashtirish va 
o’quv topshiriqni belgilash
individual va guruhda ishlash;
muammolarni dolzarblik 
ierarxiyasini aniqlash;
asosiy muammoli vaziyatni 
belgilash
3-bosqich: Keysdagi asosiy muammoni 
tahlil etish orqali o’quv topshiriqining 
yechimini izlash, hal etish yo’llarini 
ishlab chiqish
individual va guruhda ishlash;
muqobil yechim yo’llarini ishlab 
chiqish;
har bir yechimning imkoniyatlari va 
to’siqlarni tahlil qilish;
muqobil yechimlarni tanlash
4-bosqich: Keys yechimini shakllan- 
tirish va asoslash, taqdimot.
yakka va guruhda ishlash;
muqobil variantlarni amalda
qo’llash imkoniyatlarini asoslash;
ijodiy-loyiha taqdimotini
tay
yorlash;
yakuniy xulosa va vaziyat 
yechimining amaliy ob’ektlarini 
yoritish
KEYSLAR BANKI 
Keys N
o

To’ldiruvchilar – bu ma’lum zarrachalar tarkibiga ega tabiy ëki sun’iy 
materiallar bo’lib bog‘lovchilar va suv ratsional aralashmasi bilan beton xosil 
qiluvchi materialdir. Narhi beton va temir-beton konstruktsiyalarning 30….50 % ni 
tashkil qiladi, shuning uchun ularni o’rganish, to’ldiruvchilarni to’g‘ri tanlash, 
ularni mehërida ishlab chikarish va ishlatish katta axamiyatga ega. 
To‘ldiruvchi sifatida asosan maxalliy tog‘ jinslari va ishlab chiqarish 
chiqindilari (Shlаklar va boshqalar)dan foydalaniladi. Bunday arzon 
to‘ldiruvchilardan foydalanish betonning narxini arzonlashtiradi, chunki 
to‘ldiruvchi betonning 85-90% ni, tsement esa 10-15% hajmini tashkil etadi. 
Keyingi yillarda qurilishda g‘ovak sun’iy to‘ldiruvchilardan tayyorlangan yengil 


297 
beton keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. G‘ovakli to‘ldiruvchilar beton zichligini 
pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi. 
Betonning asosiy faol qismi bu tsement. Bog‘lovchi materiallar suv va 
to‘ldiruvchi bilan aralashib xamir xosil qilishi, tishlashib va qotib qattiq xolatga 
o’tishi va betonga aylanish xususiyati ega. Beton to‘ldiruvchilari quyidagi 
vazifalarni o‘taydi:
1. To’ldiruvchilar betonning 85-90% gacha hajmini tashkil qiladi, tsement 
va boshqa bog‘lovchilarni sarflanishini keskin kamaytiradi, qaysiki ular beton 
tarkibida yuqori baxoli va defitsit material xisoblanadi.
2. TSement toshi qotishida xajmiy deformatsiyalarga yo’liqadi. Uning 
cho’kishi-2 mm/m ga yetadi. CHo’kish deformatsiyalarining noteks bo’lishi ichki 
zo’riqishlarni keltirib chiqaradi. Kichik ëriqlar ko’zga ko’rinmaydi, lekin ular 
tsement toshini mustaxkamligini va chidamliligini keskin pasaytiradi. To’ldiruvchi 
betonda qattiq karkas xosil qiladi, u esa cho’kish deformatsiyalarini qabul qilib, 
cho’kishini kamaytiradi, (bu taxminan 10 baravar kam, tsement toshiga nisbatan). 
3. Yuqori mustaxkamlikdagi to’ldiruvchilardan iborat qattiq karkas 
mustaxkamlik va qayishqoqlik modulini oshiradi (yag’ni konstruktsiyaning yuk 
tahsiridagi deformatsiyasini kamaytiradi). 
4. Yengil g‘ovak to’ldiruvchilar betonning zichligini va uni issiqlik 
o’tkazuvchanligini kammaytiradi, bunday betonlar to’siq konstruktsiyalar va 
issiqlik izolyatsiyalari uchun ishlatiladi. 
5. Aloxida og‘ir va gidrat to’ldiruvchilar betonning radiatsiyadan yaxshi 
saqlaydi (atom elektrostantsiyalarda). 
Yuqoridagi sanab o‘tilgan bandlar to’ldiruvchilarni ishlatish joylarini 
belgilaydi, qaysiki bular beton uchun juda axamiyatga ega, ular uning 
xususiyatlariga va texnik iqtisodiy samaradorligini belgilaydi. 
Respublikamizda beton uchun yaroqli to‘ldiruvchi ishlab chiqarish quyidagi 
asosiy manbaalarni bilish bilan belgilanadi: 
1) To‘ldiruvchilarni kelib chiqishi bo’yicha guruxlarga bo’lish;
2) Zarrachalar yirikligi bo’yicha to’ldiruvchilarni turlarga bo’lish; 
3) Zarrachalar shakli bo’yicha to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish;
4) To‘ldiruvchilar zarrachalar zichligi bo‘yicha turlarga bo‘lish;
5)Uyilgan zichligi bo‘yicha to‘ldiruvchilarni sinflarga ajratish;.
6) To‘ldiruvchining ko‘rinishi tuzilmasi bo‘yicha betonlarni sinflash.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling