10-mavzu. Beton uchun yashlyatilyadigan toʼldiruvchilar reja


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/48
Sana13.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1355019
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48
Bog'liq
10 Мавзу

Savol: 
1. Beton to’ldirgichlarining yaroqliligini tekshirishda uning qanday asosiy 
xossalarini bilish zarur 
Keys N
o

Qurilishda beton uchun yaroqli to‘ldiruvchilar zaxirasi sifatida sanoat 
chiqindilarini aytish mumkin, lekin bu maxsulotlardan xali to‘liq foydalanilgan 
emas.
Tog‘ kon materiallarni qayta ishlash va ularni o‘zlashtirishda xamma vaqt 
“keraksiz deb hisoblanadigan” turli tosh jinslarni xam qayta ishlashga to‘g‘ri 
keladi. Bu tabiiy konlarni ochishda ikkilamchi tosh jinslari hajmi yuqori bo‘ladi. 
Ko‘pincha foydali kon materiallarining umumiy hajmi 10....15% ni tashkil etsa
ikkilamchi tosh jinslarning xajmi 90% ni tashkil etadi. SHu sababli ikkilamchi 
materiallar qurilishda yaroqli bo‘lishga qaramay chiqindilar tashlanadigan joylarda 
ko‘miladi.
Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, temir-ruda konidan chiqadigan 
ikkilamchi kvartsitlar asosidagi chaqiq tosh bevosita granit chaqiq toshi o‘rnini 
bosadi. SHu bilan birga uning tannarxi uzoqdan keltiriladigan granit chaqiq toshiga 
nisbatan 2....3 barobar arzon bo‘ladi. Kvartsit chaqiq toshining mustahkamlik 
chegarasi 30-35MPa ga teng betonlarda qo‘llash mumkin. 
Demak, bu sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar texnik talablar va 
shartlarga javob bera oladimi degan savol tug‘iladi. Birinchidan, beton 
to‘ldiruvchilari uchun texnik talablar u olinadigan xom ashyoni qamrab oladi va 
shu bilan birga bu talablar sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar uchun xam 
taaluqlidir. Davlat standartlari faqat maxsulotning texnik taraflarini emas, balki 
uning iqtisodiy jihatlarini xam qamrab oladi. 
Masalan, agar mavjud tabiiy xom ashyolarni qayta ishlashda olinadigan 
to‘ldiruvchilar uncha sifatli bo‘lmasa va ularni betonda qo‘llash qo‘shimcha 
mablag‘ni talab etsa, u xolda bunday tabiiy konni qayta ishlash maysadga muvofiq 
bo‘lmaydi. SHuning uchun sanoat chiqindilarini qurilishda qo‘llashda, ular 


301 
asosidagi to‘ldiruvchilardan samarali foydalanishga ruxsat beradigan yangi davlat 
standartlari yoki texnik shartlari tasdiqlanadi. 
Ko‘p hollarda tabiiy konlarni qayta ishlashda chiqadigan ikkilamchi 
materiallar beton uchun yaroqli to‘ldiruvchi emas, balki ular uchun xomashyo 
materiallar sifatida qo‘llaniladi. 
Masalan, Rossiyaning “Kursk magnit anomaliyasi” konidan chiqadigan 
ikkilamchi metamorfik gilli slanetslar keramzit olishda xomashyo sifatida 
ishlatiladi. 
Tabiiy konlarni o‘zlashtirishda dastlabki ochiladigan tog‘ jinslari hamma 
vaqt alohida qayta ishlanmay, bahzida asosiy materiallar bilan birgalikda olinadi. 
Asosiy materiallar bilan birga olinadigan bunday tog‘ jinslarini turli boyitish 
vositalarida ajratiladi. Natijada bo‘sh jinslar chaqiq tosh yoki qum-chaqiq tosh 
shaklida hosil bo‘ladi.
Masalan, tog‘-kon boyitish kombinatlarining chiqindilari o‘zida temir-
kvartsitlari asosidagi chaqiq tosh ko‘rinishida uchraydi. Uning tarkibida 70% 
gacha kremnezyom va 14-18% gacha temir uchraydi. SHu bilan bir qatorda mayda 
qum (yiriklik moduli 1,64gacha) ko‘rinishida olinadi. Izlanishlar shuni 
ko‘rsatadiki, bunday sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilardan yuqori 
mustahkamligi va chidamli betonlar olib bo‘lmaydi. 
Yurtimizdagi toshko‘mir konlaridan ko‘mir olish va boyitishda chiqindi 
omborlaridagi chiqindi terrikonlar yig‘ilib qolgan. Ular o‘zida bo‘sh jinslarni va 
ko‘mirni mujassamlashtiradi. Terrikonlarda ko‘mirning yonishidan yongan jinslar 
xosil bo‘ladi. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, bunday yongan jinslar 
asosidagi g‘ovak chaqiq tosh va qumlarning uyilma zichligi 800-1000 kg/m
3
ni 
tashkil etadi. Ulardan maxalliy arzon to‘ldiruvchi sifatida mustaxkamlik chegarasi 
10-20MPa ga teng yengil betonlar olish mumkin va bunda tsement sarfini keskin 
kamaytirish imkonini beradi. 
Ko‘mirni boyitish chiqindilari asosidagi xomashyo materiallar sun’iy 
g‘ovak to‘ldiruvchi agloporit shag‘ali olishda ishlatiladi. Agloporitni gilli 
jinslardan olish mumkin, lekin yoqilg‘i sarfi (toshko‘mir) keskin ortadi. SHu 
sababli ko‘mir boyitish chiqindilarini qo‘llashda yoqilg‘i iqtisod qilinadi. Natijada 
chiqindi tarkibidagi ko‘mir miqdori aglomeratsiya jarayoni uchun yetarli 
hisoblanadi. 
Metallurgiya sanoatida chiqindi omborlariga xar yili katta miqdorda domna 
Shlаklari tashlanadi. Yahni po‘lat etishda asosiy maxsulotdan tashqari 0,5-1 t 
Shlаk chiqadi. Bunda massa bo‘yicha emas balki hajm bo‘yicha 2-3 barobar ko‘p 
miqdorda Shlаk chiqadi. SHu sababli Shlаklarni shartli ravishda chiqindi deyiladi. 
Aslida bu qimmatli ikkilamchi mahsulot hisoblanadi.


302 
Metallurgiya Shlаklaridan noto‘g‘ri foydalanishda asosiy olinadigan 
maxsulot narxiga xam tasir etadi, yahni Shlаklarni olib kelish, chiqindi 
omborlariga ko‘mish ortiqcha harajatga olib keladi. Metallurgiya Shlаklarining 
kimyoviy tarkibi turlichadir. Domna Shlаklari asosan quyidagi oksidlardan iborat 
bo‘ladi: SaO - 3O-50%; SiO
2
- 30-40%; Al
2
O
3
- 10-30%; temir, magnit va 
marganets birikmalari. 
Sanoat chiqindilaridan qurilishda foydalanish yo‘llari: 
1. Domna Shlаki tsement sanoatida ishlatiladi. Uning bir qismi Shlаkli tola va quyma 
buyumlar olishda ishlatiladi.
2. Asosan Shlаkning ko‘p miqdori to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Eski
chiqindi omborlaridan olinadigan Shlаklarni maydalash va saralash natijasida 
beton uchun yaroqli shag‘al ishlab chiqariladi. CHiqindi omborlaridagi 
Shlаklarning tarkibi va fizik, mexanik xususiyatlari bo‘yicha bir jinsli emas. 
Ularning sovish darajasiga qarab kristallanishi turlicha kechadi. Mustahkamligi va 
g‘ovakligi xam turlicha bo‘ladi. SHu sababli tanlagan holda eski chiqindi 
omborlarini ochish va olingan shag‘alni boyitish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Hozirda xalq xo‘jaligi sohasida birinchi navbatda o‘zlashtirilgan tabiiy xom 
ashyoni qurilishda qo‘llash asosiy vazifa xisoblanadi. Bu tabiatni muhofaza 
qilishda xam samarali hisoblanadi. 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling