10-mavzu. Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish. Reja


Download 35.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi35.5 Kb.
#218333
Bog'liq
10-mavzu


10-MAVZU. DASTLABKI ILMIY TADQIQOT YOZISH.

Reja:

1.Ilmiy tadqiqot metodologiyasi va metodlari.

2.Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari: kirish, asosiy qism, xulosa. 3. Adabiyotlar, perefraza (havola, iqtibos, sitata, abzats)

Tayanch tushunchalar: ilm, fan, metodologiya, fan metodologiya, ilmiy tadqiqot, ilmiy-tadqiqot metodologiyasi, ilmiy bilimiar, metodologik ta’minot.

Har qanday tadqiqotchi muayyan mavzuda ilmiy izlanish olib borar ekan, eng avvalo, ma’lum metodologiyaga tayanadi va o‘z maqsadini amalga oshirish uchun qo‘l keladigan ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Metodologiya va tadqiqot metodidan xoli birorta ilmiy asar mavjud bo‘lmaydi. Shunday ekan, fanda ilmiy tadqiqot metodologiyasi va metodi tushunchalari markaziy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun har bir tadqiqotchi tadqiqot metodologiyasi va metodlari haqida yaxshi bilimga, ulardan o‘rinli foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lmog‘i lozim.

Inson doimo ma’lum maqsad sari harakat qiladi. Mazkur harakatining natijasi harakat qiluvchi sub’yekt va harakat yo‘nalgan ob’yektning qanday bo‘lishidan tashqari, mazkur faoliyatda qanday usullar qo‘llanilishi bilan uzviy bog‘liqdir. Bu esa bilish jarayoni muayyan metodologiya va metodga tayanishi lozimligini ko‘rsatadi.

Metod (yun. methodos – bilish usuli) sub’yektning har qanday shakldagi faoliyat usuli sanaladi. Faoliyatning muayyan sohasida (fan, siyosat, san’at va boshq.) qo‘llaniladigan vosita va usullar sistemasi; metodning umumiy nazariyasi, metodlar sistemasi haqidagi ta’limot metodologiya sanaladi.

Mashhur tilshunos Yu.S.Stepanovning ta’kidlashicha, metod muammosi uchta markaziy tushunchani o‘z ichiga oladi: metodika – metod – metodologiya. Bu tushunchalar quyidagicha izohlanadi:

Metodika – kuzatish va eksperiment usullari majmuasi.

Metod – tajriba (eksperiment) orqali aniqlangan va kuzatilgan natijalarni nazariy umumlashtirish usullari.

Metodika – kuzatish va eksperiment usullari majmuasi.

Metod – tajriba (eksperiment) orqali aniqlangan va kuzatilgan natijalarni nazariy umumlashtirish usullari.

Ilmiy tadqiqot olib borish uchun zarur talab va imkoniyatlar Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanish — mashaqqatli va ayni vaqtda sharafli mehnat. Olim bo‘lishni havas qiluvchi yoshlar ko‘p bo‘ladi, shular orasida o‘z umrini ilm yo‘liga bag‘ishlaganlari ham uchraydi. Olim bo‘lishni orzu qilgan kishida ma’lum imkoniyatlar va bu imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lshni lozim. 1. Ilmiy tadqiqot olib borish uchun birlamchi shart — chuqur bilim sohibi bo‘lish. Bilim odatda o‘qish-o‘rganish orqali egallanadi. Talaba o‘rta maktabda olgan bilimini oliy ta’limda o‘zi tanlagan fanlar bo‘yicha chuqurlashtiradi. Yosh tadqiqotchining bilim poydevorini oliy o‘quv yurtida umumta’lim predmetlari bo‘yicha, maxsus kurslarda o‘zlashtirgan bilimlari tashkil qiladi. Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi ana shu bilim poydevorini o‘z mustaqil mehnati, o‘qib-o‘rganishi bilan boyitadi. Buning uchun o‘zi tan lagan soha, mavzu bo‘yicha mavjud ilmiy-metodik adabiyotni chuhur o‘rganishi zarur. Bilim har bir yosh tadqiqotchida bor, lekin bu bilimning miqyosi, chuqurlik darajasi har xil bo‘ladi.



ILMIY TADQIQOTGA KIRISHISH

Magistrantlarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati XXI asr fani muvaffaqiyatining garovidir. Qadimgi davrlardan to bugungi kungacha fan umuman jamiyatga va alohida har bir kishiga xizmat qiladi. Bugungi kunda bizni o‘rab turgan jamiki narsalar – bu inson ilmiy faoliyatining amaliy shakllari bo‘lib hisoblanadigan texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayoni orqali moddiy boyliklarda mujassam bo‘lgan aqliy ish mahsulidir.



ILMIY TADQIQOT: ASOSIY KATEGORIYALAR VA

TUSHUNCHALAR

Ilmiy ish boshqa har qanday ishdan o‘zining maqsadi — yangi ilmiy bilimni olishi bilan farq qiladi. Ayni shu ish jarayonida voqelik haqidagi ob’ektiv bilimlar ishlab chiqiladi va bir tizimga solinadi. Biroq fanda qandaydir bir yangi ilmiy faktni aniqlash kamlik qiladi, unga fan pozitsiyasidan turib izoh berish, uning umumiy bilishga oid, nazariy yoki amaliy ahamiyatini ko‘rsatish, shuningdek ilgari ma’lum bo‘lmagan yangi jarayonlar va hodisalarni oldindan ko‘ra bilish talab etiladi.



ILMIY TADQIQOTNI MUVAFFAQIYATLI BAJARISH

SHARTLARI

Mavzuning muhimligi, uni anglab olish zaruriyatini idrok etish, vujudga keladigan savollarga javob berishga intilish. Umumiy tayyorgarlik – tadqiqot uslublarini egallash darajasi. Tadqiqot dasturini ishlab chiqish mahorati, predmetni aniqlay bilish, «masalaga oid adabiyotlar» bilan ishlash, farazlarni ilgari surish, maqsadlarni qo‘yish va amalga oshirish va tadqiqotchilik hisobotini rasmiylashtirishgacha bo‘lgan hokazo ishlar.



MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI: UMUMIY TUSHUNCHA

Dissertatsiya (lotinchadan tarjimasi – tadqiqot, mulohaza) - muayyan ilmiy (akademik) malakani (darajani) olish maqsadida maxsus tayyorlangan, ommaviy muhokamaga va himoyaga qo‘yiladigan asar. Magistrlik dissertatsiyasi – magistrni tayyorlash bo‘yicha asosiy kasbiy ta’lim dasturiga o‘qitishning yakunlovchi bosqichida talaba-magistrant tomonidan ilmiy rahbar rahbarligida mustaqil bajariladigan ilmiy yo‘nalishdagi yakuniy malaka ishi.
Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling