10-mavzu: Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish
Download 380.16 Kb. Pdf ko'rish
|
10- Мavzu ona tili
Xulosa va perefraza: Oliy o‘quv muassasalaridagi talabalar uchun elektron
ta’limning tajribasini baholash. Bu terminning bir qator talqinlari mavjud, ammo bu maqolada “elektron ta’lim” internet orqali ma’lumot almashiladigan ixtiyoriy turdagi ta’limga tegishlidir. O‘rganish bilimlarga asoslangan zamonaviy iqtisodiyotning muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Hisoblash mashinalari va texnologiyaning taraqqiyoti natijasida, internet bilimlar almashishning muhim vositasiga aylandi. Ko‘plab tadqiqodchilar (Veb va Kirstin, 2003; Honiga va boshqalar, 2006) sog‘liqni saqlash va biznesda elektron ta’limni baholashgan, ammo hozirgacha oliy ta’lim muassasalari talabalarining bunday ta’lim tizimiga yetarlicha e’tibor berilmagan. Bu tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalaridagi elektron ta’lim tizimi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarning tajribalarini o‘rganish edi. Avvalo, bir necha tadqiqotlar olib borildi, keyin esa 200 ta talabalarning elektron ta’lim tizimidagi tajribalarini o‘rganish uchun so‘rov o‘tkazildi. Shu narsa aniqki, bu tadqiqot ma’lum bir chegaralar bilan cheklandi, asosan, talabalarni tanlash, bu asosan farmasevtika va qishloq xo‘jaligidagi talabalar bilan cheklangan. Ish quyidagicha shakllangan. Birinchi bo‘lim, asosan, talabalarning tajribasi borasida chegaralarga e’tibor qaratilgan tadqiqotlarning tahlilini o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi esa so‘rovning metodologiyasi bilan natijalarning tahlilini o‘zida mujassamlashtiradi va oxirgisi elektron ta’lim dasturlarini olib borishning oqibatlarini qamrab oladi. Xulosa, odatda, kirishga qaraganda qisqaroq va turlicha bo ‘lishi lozim. Kopchilik maqolalar “sharhlar” yoki “xulosalovchi izoh”dan iborat bo ‘lishi mumkin. Ammo talabalar ishida yakinlovchi bo‘lim argumentlarni umumiylashtirishi va asosiy savolga javob topilganligini kitobxonga tushuntirishi lozim. Yaxshi xulosalashning siri nimada? Xulosalash jarayoniga oddiy hayotda ko‘p marta duch kelamiz. U biror narsa haqidagi asosiy(umumiy) fikrni ifodalaydi. Download 380.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling