10-mavzu: Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish


Xulosalash va perefrazalash


Download 380.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi380.16 Kb.
#1496493
1   2   3   4   5
Bog'liq
10- Мavzu ona tili

Xulosalash va perefrazalash (ma’noni boshqa so‘zlar yordamida ifodalash) 
Odatda esseda xulosalash va perefrazalash birgalikda ishlatiladi. Xulosalashning 
maqsadi ma’lumotlar hajmini yetarli darajagacha qisqartirish va uzundan uzoq 
ma’lumotlarni qisqa hajmga keltirishdan iborat bo‘lsa, perefrazalashning maqsadi esa 
umumiy ma’noni saqlagan holda ma’lumotni asl manbadagidan farqli qilib, o‘zgartirib 
yozishdan iboratdir. 
Bularning ikkalasi ham 
ko‘chirmachilikning oldini olish uchun qo‘llaniladi Xulosalashning bosqichlari Siz 
xulosalashda mavzuga doir eng muhim ma’lumotlarni berishingiz yoki mavzuga 
to‘liqroq to‘xtalib o‘tishingiz mumkin. Odatda, xulosada asosiy fikrlarni qo‘shimcha 
qismdan(keltirilgan misollar va ularning isbotlaridan) xoli tarzda yozishga e’tibor 
qaratiladi.Quyidagi xulosalash bosqichlariga e’tibor bering va ularni to‘g‘ri (ketma-ket) 
tartibda joylashtiring. 
Perefrazalash va xulosalash odatda birga ishlatiladi. Xulosalashning maqsadi 
ma’lumotni mutanosib hajmga keltirish bo‘lsa, perefrazalash esa muhim ma’lumotlarni 
boshqacha shaklda berib o‘tishdan iborat. Misol uchun, quyidagi gaplarga e’tibor 
bering: 
XVIII-asrda, Fransiya va Germaniyadan oldin, Britaniyada sodir bo‘lgan industrial 
inqilob to‘g‘risida ko‘plab munozaralar davom etib kelmoqda.Ushbu gapni quyidagicha 
perefrazalash mumkin: 
Industrial inqilobning nima sababdan boshqa joyda emas, balki aynan Britaniyada 
sodir bo‘lgani hozirgi kunga qadar tortishuvli savollardan biri bo‘lib kelmoqda. 
Odatda ta’sirchan perefraza: 
• 
asl manbadan o‘z shakliga ko‘ra farqlanadi 
• 
asl manbadagi so‘zlarning sinonimlaridan iborat bo‘ladi 
• 
asosiy ma’noni saqlagan bo‘ladi 
• 
asl manbadagi ba’zi bir qismlarni o‘zida mujassamlashtiradi (misol uchun 
“Industrial inqilob”, “XVIII-asr”) 


Perefrazalash va uning yo‘llari (usullari): 
• 
a) so‘zlarning sinonimlarini qo‘llash orqali: 
• 
Aytadi > keltirib o‘tadi; 18-asr > 1700-yillar; tejamoq > kam xarajat qilmoq 
• 
b) so‘z turkumlarini o‘zgartirish orqali: 
• 
Izoh (ot) > izohlamoq (fe’l); foyda keltiradigan, foydali (sifat) > foyda (ot) 
• 
c) so‘zlar ketma-ketligini o‘zgartirish orqali: 
• 
Britaniya industrial inqilobining asosiy sabablari talabni tahlil qilish orqali o‘z 
yechimini topishi mumkin. 
• 
Talabni tahlil qilish orqali Britaniyadagi industrial inqilobning sabablarini topish 
mumkin. 
• 
Amaliyot mashqlarida 3ta usul ham bir vaqtning o‘zida ishlatiladi. Barcha 
so‘zlar o‘z sinonimlariga ega emasligini hisobga olgan holda, ularning hammasini 
perefrazalash maqsadga muvofiq emas. 

Download 380.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling