10-mavzu: Dastlabki ilmiy tadqiqot yozish
Download 380.16 Kb. Pdf ko'rish
|
10- Мavzu ona tili
Havola shakllari. Kurs ishi mavzusiga qarab, havolaning turli shakllaridan
foydalanish mumkin. O‘qituvchi sizga yo‘nalish beradi, siz esa o‘qituvchi aytgan ma’lumotlarni kutubxona vebsaytidan topishingiz mumkin. Har qanday holatda me’yorga amal qilish juda muhim hisoblanadi. Quyida havolaning asosiy shakllari keltirib o‘tilgan: a) Garvardcha shakl, bu havola shakli odatda fan va biznesga doir mavzularda ko‘p qo‘llaniladi. b) Vankuvercha shakl, ilm-fan va tibbiyot mavzulari doirasida keng qo‘llaniladi. Sitatadan so‘ng biror son yozib qo‘yilgan holda, ish so‘ngida unga havola yozib qo‘yiladi. (Jasanoff zaharlanish (infeksiyalanish) xavfi ortib borayotganidan xavotirda ekanini aytmoqda). s)Kolontitul usuli, eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lib, bu usulda olingan manba bet so‘ngida keltirib o‘tiladi: Fransiya revolutsiyasi ta’siri butun Yevropa bo‘ylab sezildi. Karl Vildavsky, Eraning yakunlanishi: Ispaniya 1785-1815 (Dublin: Dublin Universititeti nashriyoti, 2006), 69-bet. Havola murakkab jarayon hisoblanib, bunda talaba yo‘riqnomaga ehtiyoj sezishi mumkin. Bunda sizga universitetingiz sayti ko‘makchi bo‘lishi mumkin. Sitatalardan foydalanish. Sitatalardan foydalanish deganda, biror bir shaxsning ma’lum mavzu doirasidagi fikrlarini aynan keltirish tushuniladi. Sitatalardan me’yorida foydalanish ishingiz qadrini oshiradi. Sitatalardan quyidagi hollarda foydalanish maqsadga muvofiqdir: • Sitata muallifining aynan gapi o‘zgacha ma’noni anglatsa; • Muallifning aynan gapi siznikiga qaraganda qisqa va lo‘nda bo‘lsa; • Muallifning aynan gapi barchaga ma’lum va mashhur bo‘lsa. Barcha sitatalar manbaga ishora qiluvchi qisqa frazachalar bilan berilishi va sizning fikringizga mos bo‘lishi kerak. Ishora qiluvchi Sitata muallifi Ishora fe’li Sitata Havola fraza Bu fikr ko‘pchilikka ayondir. Fridman aytganidek; “Inflatsiya - bu soliq solishni qonuniylashtirish talab qilinmaydigan shakli hisoblanadi” (1994:93) a) Qisqa sitatalar bittalik qo‘shtirnoq ichiga, sitata ichidagi sitatalar esa ikkitalik qo‘shtirnoq ichiga olib yoziladi: Jeyms aytib o‘tganidek: ‘Martinning “ichki makon” to‘g‘risidagi konsepsiyasi chuqur tahlilni talab qiladi.” b) Uzunroq sitatalar satr boshidan boshlanadi, yoki kichikroq qilib yoziladi. Bu holatda, hech qanday qo‘shtirnoq qo‘llanilmaydi.Sanadan so‘ng, bet raqamining berilishi zarurdir. s)Sitatalar asl manbadagiday bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Agar ma’lum bir qismlar keraksiz bo‘lsa, shu joyda (...) belgisidan foydalanishingiz mumkin: “Tarixda juda kam ixtirolar ... mobil telefoniday ahamiyatga ega bo‘lgan” d)Ba’zi bir so‘zlar izoh talab qilishi mumkin va bunday hollarda to‘rtburchak qavslardan foydalanish maqsadga muvofiqdir: “Yangi g‘oyalar [ozodlik haqidagi] qadimgi dunyo g‘oyalaridan butunlay farq qiladi.” Download 380.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling