10-mavzu. Din madaniyat fenomeni (2-soat) Reja


Download 122.93 Kb.
bet4/6
Sana31.01.2024
Hajmi122.93 Kb.
#1829806
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu

Buddizm tarixi. An‘analarga ko’ra, buddizmning kelib chiqishi
shahzoda Siddxartxa Gautama nomi bilan bog’lanadi. Uning otasi
shahzodani —hayotga xos bo’lgan barcha yomon va qiyinchiliklardan yashirganl, u hashamatlarga ko’milgan holda yashagan, o’zi sevgan ayolga uylangan, va u shahzodaga o’g’il dunyoga keltirgan. Afsonalarga ko’ra, shahzodaning ma‘naviy inqiroziga uning hayotida sodir bo’lgan to’rt to’ntarilish sabab bo’lgan.
Dastlab u qariyaga duch keladi, keyin og’ir betoblikka chalingan kimsaga, undan keyin esa dafn marosimiga duch keladi. Ko’rganlaridan Gautama barcha insoniyatning boshiga tushgan kulfat - ularning oyoqlariga solingan kishanlar sifatida qarilik, kasallik va o’limni ko’radi. Keyin esa, u dunyoning tashvishlaridan voz kechgan, kambag’al daydiga duch keladi, va uning hayotdan hech nima talab qilmasligidan
hayratlanadi. Bularning barchasi shahzodani insonlar qismati haqida o’ylab ko’rishga majbur qiladi. U hech kimga bildirmasdan saroy va oilani tark etadi, 29 yoshda u darbadarga aylanadi va hayot ma‘nosini izlab yo’lga chiqadi. Chuqur va teran mushohadalar natijasida u 35 yoshida Budda - nurlangan va uyg’ongan maqomiga erishadi.
Siddxartxa Gautama asos solgan mazkur ta‘limot qadimgi hind falsafasi ta‘sirida shakllangan nazariya va amaliyotdan iborat diniy tizimdir. Budda ta‘limoti qirq besh yil davomida shakllangan va bu ta‘limotning asosini to’rt oliyjanob haqiqatlar tashkil qiladi.

  1. . Insonlardagi barcha azob-uqubatlari ularning o’zlari bog’liq

  2. insonlarning moddiy hayotga, moddiy ne‘matlarga qaramligi

  3. insonlarning jonning o’zgarmasligiga ishonishlari,

  4. insonlarning umumiy o’zgaruvchanlik va beqarorlik holatini

tushunish va qabul qilishni istamasliklaridir.
Azob-uqubatlarni to’xtatish va nirvanaga erishish (najot topish),
hayotning asl mohiyatini ko’rish uchun inson o’z ehtiyojlarini vayron qilishi, ularni yengib o’tishi kerak va u (besh qoidalarga asoslangan holda) o’zini cheklash va meditatsiya usullaridan foydalangan holda o’z ko’zlari oldidagi ro’yolarni bartaraf qilish imkoniga ega bo’ladi.1
Budda o’z ta‘limotini ilohiy ochilish va namoyon bo’lish natijasi
emasligini ta‘kidlaydi, bu ta‘limot faqatgina Buddaning o’z ongi, ruhiyati va narsalar mohiyati haqidagi chuqur mulohazalari natijasidir. Ta‘limot dogmatik xarakterga ega emas, uning qo’llanilishidan kelib chiquvchi oqibatlar har qaysi inson uchun o’zgacha ahamiyat kasb etishi mumkin. Buddaning o’zi o’z ta‘limotini qabul qilish uchun inson uni dastlab shaxsiy
tajribasidan o’tkazishlari kerak: —Mening ta‘limotimni shunchaki menga
bo’lgan ishonchingiz, yoki hurmatingiz tufayligina qabul qilmang. Xuddi savdogar bozorda sotib olgan oltinini qizdirib, eritib, kesib ko’rgani kabi

siz ham mening ta‘limotimni haqiqiyligini

tekshirib, o’zingiz uchun

salmoqlab ko’ring va uning chinligiga ishonch

hosil qilgandan keyingina

uni qabul
Buddaviylik xristianlik va islom dinlaridan

qiling.l1 farqli ravishda ilohiy

vahiy mahsuli emas, balki buddaning o’z ruhi

va barcha narsalarni o’ziga

xos meditatsion kuzatishlarining xulosasi sifatida

talqin qilinadi. Shu bois

uning ta‘limoti dogmatik xarakterga ega emas,

har bir insonni o’ziga xos

mushohadalariga asoslanadi. Budda o’z ta‘limotini qabul qiluvchilarga quyidagicha ko'rsatma beradi: —Mening ta'limotimni e'tiqod sifatida


bo’ysunish yoki menga hurmat nuqtai nazaridan qabul qilmanglar. Sizlar uni bozordagi haridor tillani haqiqiyligini bilish maqsadida qizdirib, eritib, kesib tekshirib olgani kabi mening ta‘limotimni ham rost ekanligia

ishonganingizdan so’ng

qabul qilingl2.

Uning mazkur

ko’rsatmasi tufayli

buddaviylik o’zining ikki yarim ming

yildan ortiq tarixi davomida turli

e‘tiqod va marosimlar

bilan boyitildi.

Shu sababli

buddaviylikka e‘tiqod

qiluvchilarning ba‘zilari

meditatsiya

orqali o’z-o’zini

anglashga e‘tibor

qaratsa, ayrimlari buddaga ibodat qilishni afzal ko’radi,

yana boshqalar esa

ezgu ishlarni

amalga oshirishni muhim hisoblaydi.

Buddaviylik diniy

dunyoqarashiga

ko’ra borliq

cheksiz aylanma

oqim mahsulidir. Buddaviylik mutafakkirlari bu jarayon o’limdan o’limga, qiynoqdan qiynoqqa, sinovdan sinovga solinuvchi inson uchun cheksiz darajada uqubatlidir, deb hisoblaganlar1.
Buddaviylikka ko’ra insonning ijtimoiy kelib chiqishi ahamiyatsiz bo’lib, barcha barkamol hisoblanadi. Buddaviylik vujudga kelishi bilan insonlarning teng ekanligini e‘lon qildi va tabaqaviy tuzum muxolifiga aylandi. Biroq shaxsning mutloq erkinligi buddaviylikning eng muhim tamoyili hisoblangani bois, u insonning dunyo bilan barcha aloqalariga, shu jumladan ijtimoiy-siyosiy aloqalariga ham yomonlik deb baholanmaydi. Shunday bo’lsada, dunyoviylikdan mutloq uzoqlashish ideali Buddaning keyingi mutaassib izdoshlarining mavjud ijtimoiy tartiblardan voz kechishga da‘vatlari tufayli yuzaga kelganligi eslatib o’tiladi2.
Buddaviylik insonni kosmologik nuqtai nazardan tahlil etadi ya‘ni, inson oliy kuchlarning ijodi emas, koinotning bir bo’lagi sifatida talqin qilinadi. T.Robert insonninng buddaviylikdagi o’rni haqida to’xtalib, uni quyidagicha asoslaydi: —Inson boshqa shakldagi dunyolar bilan uzviy bog’liq nisbiy qadriyat tarzida namoyon bo’ladi va o’zini umumiy tizimning zarrasi kabi his qilishi lozimll3. Ushbu konsepsiya hayot va insonni o’ziga xos ekologik jihatdan asoslashga, hayotning barcha turlarini teng darajada hurmat qilishga qaratilgan.
Umuman mazkur ta'limotning tarixi quyidagi to'rt davrdan iborat:

1. Muqaddas bitiklar asosidagi buddaviylik (mil.avv. 6 asrdan asr Ashoka Mauri davriga qadar)

milodiy 3

  1. Ana‘naviy buddaviylik (Ashoka Mauri davridan XIX asr oxirigacha bo’lgan davr)

  2. Modern buddaviylik (XIX asr oxiridan XX asr o’rtalariga qadar)

  3. Global buddaviylik

  4. An‘anaviy buddaviylik ruhoniylari, inson huquqlari va erkinliklari mavzusiga tez-tez murojaat qilsalar-da, ular masalaga din nomidan emas, balki jamoat yoki siyosat arbobi sifatida shaxsiy yondashuvlarini namoyon etadilar. T.Robert mazkur masalada quyidagi mulohazalarni bildiradi: —Mazkur din uchun asosiy masala - inson huquqlari g'oyasini o’z ichiga

olgan ijtimoiy tushunchalar emas, mutlaq haqiqat va

borliqdir.

Inson

boshqa shakldagi dunyolar bilan uzviy bog’liq nisbiy

qadriyat

tarzida

namoyon bo’ladi va o’zini umumiy tizimning zarrasi

kabi his

qilishi

loziml1. Ushbu konsepsiya hayot va insonni o’ziga xos

ekologik

jihatdan

asoslashga, hayotning barcha turlarini teng darajada

hurmat

qilishga

qaratilgan.
XIX asr oxirida buddaviylikda keskin burilish

davri

bo’ldi.

Mustamlakachilik harakatlari faol olib borilgan mazkur

davrda

G’arb

sharqshunoslari va islohatchi buddaviylar tomonidan buddaviylik
ta‘limotida modernizatsiyalashga bo’lgan intilish kuzatildi. Natijada
—Modern buddaviylikll yoki —Neo-buddaviylikll deb nomlangan va
dunyoviylik tamoyillari asosida transformatsiyalashgan yangi yo’nalish
paydo bo’ldi2. Modern buddaviylik tarafdorlari o’zlarini yangi shakldagi e‘tiqodlari Buddaning asl ta‘limotiga to’la muvofiq hisoblaydilar3.
Ularning fikricha, buddaviylik tarkibidagi txeravada, maxayana va
vadjrayana yo’nalishlarning aqidalari va an‘anaviy amaliyotlari Buddaning vafotidan keyin uning ta‘limotini izohlash asosida yuzaga kelgan begona e‘tiqod va marosimlardir. Aynan mazkur turdagi buddaviylik G’arbda keng tarqaldi1.
Modern buddaviylik an'analari - bu ratsionallik, meditatsiya asosida buddaviylikni rekonstruksiyalash va qayta shakllantirish bo’lib, jism va ong haqidagi zamonaviy ilm-fanga xulosalariga muvofiq faoliyat olib borish nazarda tutiladi. Shu jihatdan u uzoq davr mobaynida Osiyo shakllangan an‘anaviy buddaviylik yo’nalishlaridan farqlanadi.
Ikkinchi Jahon urishidan so’ng Xitoy, Yaponiya va boshqa JanubiySharqiy Osiyo mamlakatlari aholisining AQSh hamda Lotin Amerikasiga
migratsiyasi natijasida buddaviylik madaniyatini dunyo bo’ylab keng tarqaldi. Aynan mazkur davrdan boshlab buddaviylik keskin
differensiatsiyani boshdan kechirib, qo’p qirrali ta‘limotga aylandi va dunyo —ma‘naviy bozorigal meditatsiya, Tibet tabobati, mantra, yoga, mandala geometrik ramzlari kabi o’z qadriyatlarini taklif etdi. Shu bois u dunyoning turli nuqtalarida faqatgina diniy ta‘limot sifatida emas, psixologik tarbiya amaliyotlari majmuasi bo’lib tanildi. J.Ayakovaning ta‘kidlashicha, AQShda buddaviylik va G’arb psixologiyasining o’zaro
hamkorligi ilmiy va tibbiy hamjamiyatlar doirasida keng yo’lga qo’yilgan. Xususan medetatsiya amaliyoti olim, psixolog, psixoterapevtlar tomonidan turli tibbiyot va relaksatsiya markazlarida amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Shuningdek mazkur mamlakatda 14-15 million aholi muntazam sekulyar xarakterdagi meditatsiya bilan shug’ulanmoqda2. Shu jihatdan buddaviylik
o’zining ta‘sir doirasani kengaytirdi va dunyoning turli hududlarida o’z tarafdorlariga ega bo’lib —global buddaviylikl bosqichiga o’tdi.

Download 122.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling