10-mavzu. Din madaniyat fenomeni (2-soat) Reja


Download 122.93 Kb.
bet1/6
Sana31.01.2024
Hajmi122.93 Kb.
#1829806
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu


10-mavzu. Din madaniyat fenomeni (2-soat)
Reja:


  1. .Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo‘ylik tushunchalarining ma’nosi va ularning o‘zaro aloqasi. Din paydo bo‘lishining psixologik omillari, ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlari. Qadimgi Misr dinlarining axloq tarbiyasidagi roli.

  2. .Milliy dinlar: zaroastrizim, induizm, jaynizm, sikxizm, parsizm,

konfutsiychilik, daosizm, sindo, iudaizm. Milliy dinlarning zamonaviy ko‘rinishlari. Din, din falsafasi va dinshunoslik tushunchalarining ma’nosi. Dinshunoslikning kategoriyalari. Dinning strukturasi: diniy ong, faoliyat, diniy munosabat. Diniy e’tiqod va ratsionallik.
Kuronda vijdon erkinligi haqidagi dastlabki g‘oyalar tasnifi. Dunyo mamlakatlari va O‘zbekistonda Vijdon erkinligi xaqidagi qonun qabul qilinishining ijtimoiy madaniy ahamiyati. Dinning siyosiylashtirish oqibatlari. Diniy amaliyotning o‘ziga xos xususiyatlari.

  1. .Buddaviylik dinining paydo bo‘lishi tarixi, asosiy ta’limotlari. Buddaviylik oqimlari: janubiy buddizm (xinayana), maxayana, Vadjrayana.

Buddizimda rohiblik. Buddizm manbalari. O‘rta asrlarda Dzen buddizm ta’limoti. Xozirgi davrda buddaviylikning rivojlanishi.

  1. .Xristianlikning paydo bo‘lishi va asosiy yo‘nalishlari: pravoslav dini, katolitsizm, protestansizm. Xristian dini konfessiyalari, ta’limotlari.

Xristian dini manbalari. Xristian dinining asosiy jihatlari. Xozirgi davrda xristian dinining rivojlaniShi va dunyo davlatlaridagi o‘rni.
Din - insoniyatningkelib chiqishini, uningmavjudligini ilohiy va ma'naviy elementlar bilan bog’lovchi xulq-atvor ko’rinishlari, amaliyot shakllari, axloq ko’rinishlari, e‘tiqodlar, dunyoqarashlar, matnlar, muqaddas qadamjolar, payg’ambarlik amaliyotlari, va boshqa tashkilotlarning ijtimoiy-madaniy tizimidir. Biroq, hozirgacha din o’zida nimani aks ettirishi bo’yicha olimlar orasida murosaga kelingan emas.
Dinlarda ko’pchilik mutafakkirlar ilohiy birlik, muqaddas jismlar, e‘tiqod, g'ayritabiiy kuchlar, yoki —umrning oxirida turli normalar va qudrat bilan ta'minlovchi qandaydir transtendentlikll kabi elementlarning mavjud bo'lishi ta'kidlanadi, lekin bugungi kunga kelib bunday tarkibiy qismlar dinlarda mavjud bo’lmasligi ham mumkin, degan fikrlar ham
bildirilmoqda.
Diniy amaliyotlar turli marosimlar, bazmlar, raqslar, ibodat shakllari, taqdirlash va yodga olish ko’rinishlarini, dafn marosimlarini, musiqalarini, san‘at ko’rinishlarini va insoniy madaniyatning boshqa shakllarini o’zidamujassamlashtiradi. Dinlar muqaddas matnlar, timsollarda, muqaddas qadamjolarda ifodalangan muqaddas tarixlar va narrativlarga ega bo’lib,
ular asosan inson umriga mazmun bag’ishlaydi. Dinlarda ularning ergashuvchilari tomonidan mutlaqo to’g’ri deb hisoblanadigan, lekin obektiv voqelik qonuniyatlariga mos tushmaydigan turli simvolik hikoyalar va afsonalar ham mavjud bo’lishi mumkin, va ularda hayotning, olamning va boshqa hodisalarning kelib chiqishi tushuntirilishi mumkin. An‘analarga ko’ra, diniy e‘tiqodlarning manbasi insondagi nimagadir ishonish ehtiyoji hamdir.1 Dinning asosiy elementlari : 1.Insonga xos bo'lmagan g’ayritabiy qudratdga ega bo'lgan aqilli, abadiy — Xudoga ishonch; 2. Xudoga emotsional ishonch; 3. — Muqaddas manbalarni o’rganishga etiqod; 4.Diniy madaniyat — xudoga shaxsiy murojaat (ibodat, jamoviy ibodat, ananalar, tug’ilishni nishonlash, nikox, o’lim, bayram) 5. Dindorlarni yig'ish — masjd , cherkov, senagoga. Dinning asosiy funksiyalari

  • Qalbni asrash; (insonga nisbatan)

  • Ma‘naviyat; (madaniyatga nisbatan)

  • dyHeBuu (jamiyatga nisbatan)

Bugungi kunda dunyo bo’ylab 10 mingdan ortiq diniy e‘tiqod shakllari mavjud.2 Dunyo aholisining taxminan 84 foizi Xristianlik, Islom, Hinduizm, Buddizm va boshqa mahallik din shakllariga e‘tiqod qiladi.1 Diniy e‘tiqod doirasidan tashqaridagi insonlar qatoriga hech qanday dinga e‘tiqod qilmaydigan insonlarni, ateistlarni va agnostiklarni kiritish
mumkin. Garchi dunyo bo’ylab hech qanday dinga e‘tiqod qilmaydiganlar sohi o’sgan bo’lsada, hech qanday dinga e‘tiqod qilmaydiganlarning ko’pchiligida hali ham qandaydir diniy qarashlar mavjuddir.

Download 122.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling