10-mavzu. Din madaniyat fenomeni (2-soat) Reja


Download 122.93 Kb.
bet2/6
Sana31.01.2024
Hajmi122.93 Kb.
#1829806
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu

Diniy mafkura dunyodagi murakkab jarayonlarni yaxshi va yomongaajratadi va ularning faqat bir jihatini umumijtimoiy qadriyatlar axloqiy me‘yorlarni inkor etgani holda mutlaqlashtiradi muayyan diniy g’oyani mavjud madaniy an‘analardan ustun qo’yadi, har qanday ijtimoiy, huquqiy me‘yorlarga zid g’oyalarni ilgari suradi. Shuningdek yagona haqiqiy deb e‘lon qilingan diniy ta‘limotning hayotga tadbiq etishga yo’nalgan faoliyat va diniy ta‘limotni targ’ib etishga yo’nalgan diniy ekstremistik tashkilot hamdir.
Dinshunoslik din haqidagi fan. Dinshunoslik fan sifatida XIX asrda din va fan orasidagi ko’p yillik ziddiyatlar va XVIII asrda tarixchi, antropolog, tilshunos etnograflarning ilmiy kashfiyotlari natijasida paydo bo’lgan. Bu ilmiy kashfiyotlar dunyo xalqlari madaniyati, sivilizatsiyalar almashinuvi haqidagi ilmiy g’oyalarni dunyo dinlari bilan qiyosiy o’rganish, dinnnig madaniy taraqqiyotdagi rolini, inson ma‘naviy qiyofasiga ta‘sirini asoslshada muhim ahamiyatk asb etgan. Dinshunoslikning ildizlari qadimgi davrlardan shakllangan, bunda asosan dinning dunyoviylik nuqtai nazardan baho berishda namoyon bo’lgan. Dinshunoslik fan sifatida tafakkurning insonparvarlashuviga ta‘sir etadi, gumanitar fanlar sotsiologiya, psixologiya, tarix, madaniyatshunoslik fanlarining mazmunida konkretlashadi. Dinshunoslik fanining predmeti din va din haqidagi ilmiy ma‘lumotlarni o’rganishdan iborat, shu bois dinshunoslkining predmeti ikkiyoqlama xarakter kasb etadi, chunki unda bir tomondan tom ma‘nodagi din va ilohiyotshunoslikning tushunchalari o’rganiladi, ikkinchi tomondan fan sifatida unga ilmiy izoh beriladi. Din falsafasining asosiy predmeti diniy an‘analarda keltirilgan mavzular va konsepsiyalar ustida falsafiy mushohada yuritish, maqsadiga dinning tabiati, Xudo va abadiy mavjudlikning mohiyati va olamning umumiy xususiyatlarining (misol uchun, tabiat qonunlari, ongning kelib
chiqishi) va tarixiy voqea-hodisalarning diniy ahamiyatini yoritishdir. Din falsafasida diniy dunyoqarashga qarshi yoki uning muqobillari hisoblangan (misol uchun, sekulyar naturalizm kabi) dunyoqarash shakllari ham o’rganiladi. Din falsafasi an‘anaviy falsafada mavjud barcha sohalarni o’z ichiga oladi, metafizika, gnoseologiya, qadriyatlar nazariyasi (jumladan axloq nazariyasi va amaliy etika), til falsafasi, fan, tarix, siyosat, san‘at va boshqalar kabilar shular jumlasidandir.
Din falsafasi falsafa tarixining eng dastlabki ko’rinishlaridan biridir. Tafakkur rivojlanishining dastlabki bosqichlaridan Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq, Shimoliy Afrika va Yevropa faylasuflari xudolar yoki Xudo, insonlarning ilohiy birlik oldidagi burchlari, kosmosning tabiati va kelib chiqishi, o’limdan keyingi hayot, baxt va mas‘uliyatning tabiati, oddiy insonlardagi biror oila yoki hukmdorlarga nisbatan burchlar mavjud yoki mavjud emasligi to’g’risida mushohada yuritishgan. Xuddi bugungi kunda fan falsafasi, san‘at falsafasi deb ataluvchi falsafaning tarmoqlari bilan
bo’lgani kabi o’sha davr faylasuflari ham diniy ahamiyatga ega mavzularning o’z falsafiy tizimlariga taaluqli qismlariga murojaat qilishgan. Garchi ba‘zan O’rta asrlarda ba‘zi Yahudiy, Xristian va Musulmon faylasuflari falsafani din va ilohiyotdan ajratishga harakat qilgan bo’lishsada, falsafaning tarmog’i sifatidagi din falsafasi sohasi yigirmanchi asr o’rtalarigacha aniq ajralmagan. Biroq, ba‘zilar XVII asr o’rtalarida Angliyada mavjud bo’lgan Kembrij Platonizmi deb nomlanuvchi yo’nalishni din falsafasining dastlabki ko’rinishlaridan biri
sifatida talqin qiladi. Ralf Kadvort (1617-1688) va Genri Mor (1614-1687) mazkur oqim vakillaridan biri bo’lgan, va bir paytning o’zida ular kelib chiqishiga ko’ra faylasuf bo’lgan.
Garchi Kembrij yo’nalishi vakillari dastlabki din faylasuflari bo’lishgan bo’lsada, ularning zamondoshlari va davomchilari dinni shunchaki o’zlarining umumiy tadqiqotlarining bir qismi sifatida ko’rishgan va shu nuqtai-nazardan dinga murojaat qilishgan. Aynan shu din falsafasining alohida falsafa tarmog’i sifatida XX asr o’rtalaridagina ajralib chiqqan degan fikrga asos bo’ladi.
Bugungi kunda din falsafasi falsafaning shiddat bilan rivojlanib borayotgan sohalaridan biri hisoblanadi. Din falsafasi sohasidagi maqolalar deyarli barcha falsafiy jurnallarda nashr etilsada, ba‘zi jurnallar (masalan, Islomovedenie, Religiya i gosudarstvo, Psixologiya religii) faqatgina din falsafasi sohasiga bag’ishlangan va aynan shu sohada maqolalar qabul qilinadi.

Download 122.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling