10-mavzu. Din madaniyat fenomeni (2-soat) Reja


Download 122.93 Kb.
bet3/6
Sana31.01.2024
Hajmi122.93 Kb.
#1829806
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu

Ilohiyot yoki teologiya tushunchasi - ilohiy birlikning va diniy e‘tiqodning tabiatini tizimli tadqiq etuvchi sohasidir. Ilohiyot, yoki teologiya asosan universitet va seminariylarda akademik fan sifatida o’qitiladi. Bu sohada g’ayritabiiy hodisalar tadqiq etiladi, shuningdek, unda diniy epistemologiya ham muhim o’rin tutgan bo’lib, unga ko’ra
ilohiy ayon bo’lish va ayon bo’lish hodisalari ham tadqiq etiladi. Garchi
bugungi kunda teologiya dunyoviy tadqiqot sohasiga aylangan bo’lsada diniy e‘tiqodga ega insonlar haligacha uni hayotdan mazmun topishga, hayot va muhabbat kabi tushunchalarning mohiyatini anglashga, o’zlari e‘tiqod qiladigan ilohiy birliklar yo’riqnomalaridan chiqmagan holda umr kechirishga yordam beradigan soha deb hisoblashadi.
Yunon stoik manbalariga tayangan holda Lotin mutafakkiri Varro bunday muhokamalarning uch shaklini ajratib ko’rsatadi:

  1. Mifologik, yunon xudolari haqidagi miflar bilan bog’liq;

  2. Ratsional, xudolar va kosmologiya ustidagi falsafiy

mushohadalar,
Yunoncha —teologiya tushunchasi Platonning —Respublika asarida
—Xudo to'g'risida muhokamall ma'nosida miloddan avvalgi 380-yil
atrofida qo’llangan.3 Aristotel nazariy falsafani matematika, fizika va
teologiyaga bo’lgan va uning fikricha ilohiyot taxminan metafizikaga to’g’ri kelgan va Aristotel uchun metafizika o’z ichiga ilohiy birlikning tabiati to’g’risidagi muhokama ma‘nosini ham oladi.4
Ilohiyotdan biror diniy qarash sohasini targ’ib qilish, isloh qilish, yoki
himoya qilishda foydalanilishi mumkin. Yoki, undan boshqa diniy qarash shaklini o’ziniki bilan taqqoslash5, unga qarshi chiqish 6 yoki uni inkor
qilishda foydalanilishi mumkin.
Teosofiya Amerika Qo’shma Shtatlarida XIX asr oxirlarida tashkil etilgan diniy ta‘limot yo’nalishidir. (Mazkur diniy oqimning asoschisi
asosan Rossiya Imperisiyasidan Amerikaga ko’chib o’tgan immigrant Yelena Blavatskaya bo’lib, unda asosan Blavatskayaning asarlariga asoslanadi.) Xususan, Teosofiyaga 1875-yilda Nyu Yorkda Teosofiya jamiyatining tuzilishi bilan asos solingan, uning asoschilari Yelena Blavatskaya va amerikaliklar Genri Olkott va Uilyam Kvan Jadjdir. 1880- yillar boshida Blavatskaya va Olkott Hindistonga ko’chib o’tgan va
Jamiyatning shtab-kvartirasini Hindistonning Tamil-Nadu shtatidagi Adyar shahriga ko’chirishgan. Blavatskaya o’z g’oyalarini asosan, —Isida oshkor bo’ldil va —Sirli ta‘limotl kitoblarida ochib bergan. Blavatskaya Ustozlarning mavjudligini isbotlash uchun g’ayritabiiy hodisalarni asoslashga harakat qilgan, lekin uning ko’p marotaba o’z mo’jizalarini ko’rsatishda ko’zbo’yamachilikdan foydalanganligi dalillari ham borligini e‘tirof etish lozim. 1891-yilda Blavatskayaning o’limidan keyin Jamiyatda bo’linish sodir bo’lgan va
bunga Jadjning tashkilotning Amerika Qo’shma Shtatlaridagi shaxobchasini ajratib olib chiqishi sabab bo’ldi. Blavatskayaning fikricha, tesofiyada Ustozlar deb nomlanuvchi qadimgi va sirli bilimlardan xabardor bo’lgan birodarlik mavjud bo’lib, garchi ular butun dunyo bo’ylab topilsada, asosan Tibetda markazlashgan. Mazkur Ustozlar Blavatskaya fikricha ulkan donishmandlikka va g’ayritabiiy kuch-qudratga egadirlar. Teosoflar zamonaviy teosofik bilimlarga asos solgan va Blavatskayaning tashabbusi bilan keng rivojlagan degan qarashlar ham bor. Teosoflarning fikricha Ustozlar qadimgi dindan qolgan bilimlarni butun dunyo bo’ylab qaytadan tiriltirishga intilishmoqda va bir kun kelib ular mavjud dinlarning barchasini o’z soyasida qoldiradi. Biroq, teosofik guruhlar o’z qarashlar tizimini —din deb atamaydilar. Teosofiyada yagona va ilohiy Absolyutning mavjudligi targ’ib qilinadi. Mazkur dinda emanatsion kosmologiya mavjud bo’lib, unga ko’ra olam mazkur Absolyutning in‘ikosi natijasida paydo bo’lgan. Teosofiya ta‘limotiga ko’ra inson
hayotining maqsadi erkinlikdir, va unga ko’ra inson tanasi o’limdan keyin karma jarayoni tamoyillariga ko’ra reinkarnatsiyani boshdan kechiradi. Mazkur dinda universal birodarlik va ijtimoiy taraqqiyot g’oyalari ilgari suriladi, lekin unda muayyan axloqiy normalarni uchratish qiyin.
Teosofiyada insonlar ongidagi, ularning tafakkuridagi olam ro’yodan iborat yoki, mayadir.1 Bu g’oya Teosofiyaga Osiyo dinlaridan kirib kelgan, deyish mumkin.2 Shunday ekan, Blavatskayaning fikricha shunday ro’yodan iborat dunyonigina idrok etib yashashdan iborat hayot nodon va
adashgan umrdir. Blavatskayaning fikricha olamdagi har bir Quyosh tizimi —Logosll yoki —Quyosh xudosill deb ataluvchi birlikning namoyon bo'lishidir. Mazkur Quyosh xudosidan bir pog’ona pastda yetti vazirlar yoki planetar birliklar bo’lib, ularning har biri o’zlari tegishli bo’lgan sayyoralar uchun, ularning rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun javob
beradi.Teosofiya dinshunoslar tomonidan ham yangi diniy yo’nalish, ham G’arb ezoterizmining okkultistik tarmog’i sifatida ta‘riflanadi va neoplatonizm kabi Yevropa falsafiy yo’nalishlari, ham Hinduizm va Buddizm kabi Osiyo diniy yo’nalishlari kabi oqimlarga asoslanadi. Teosofiya Janubiy Osiyo mintaqasi dinlarini G’arbga olib kirishda, shuningdek, Janubiy Osiyo mamlakatlari aholisining milliy g’ururini oshirishda muhim rol o’ynagan. Blavatskayaning ta‘limotiga ko’ra,
dunyoning ko’plab dinlarining kelib chiqishi universal qadimiy din hisoblanmish —Sirli ta‘limotlga borib taqaladi va bu din asoslari Platon hamda ba‘zi qadimgi hindu avliyolariga ma‘lum bo’lib, ular bugungi kunda ham har bir dinning asosini tashkil qilib kelmoqda.4 Uning fikricha, qadimgi sivilizatsiyalar ilm fan va dinga e‘tiqod qilish bo’yicha yagona qarashlarga ega bo’lishgan, keyin esa insoniyat buni qo’ldan boy bergan va qadimgi ta‘limotlarning ahamiyati ularga nisbatan bugungi kun olimlarining berayotgan baholaridan anchagina yuqoridir. Shuningdek, Blavatskayaning ta‘kidlashicha —maxfiy birodarlik a‘zolari mazkur
qadimgi din asoslarini necha necha asrlardan beri saqlab kelishmoqda va bu bilimlar bilan ular turli mo’jizalarni tushuntirish, umrboqiylik, ruhiy hodisalar tilsimlarini tushunish qobiliyatlariga, shuningdek, g’ayriinsoniy imkoniyatlarga egadirlar.Shuningdek, Blavatskaya mazkur qadimgi din kelajakda butun insoniyat bo’ylab tarqaladi va bugungi kunning yetakchi dinlari,
Xristianlik, Buddizm, Islom va Induizm kabilarni almashtiradi.2 Teosofiyada hech qanday rasmiy axloqiy ta‘limot ilgari surilmaydi va bu esa umumiy mavhumlik va tushunmovchiliklarga sabab bo’lishi mumkin. Lekin, unda birodarlik va ijtimoiy taraqqiyot kabi g’oyalarga guvoh bo’lish
mumki Dastlabki yillarida Teosofiyada jisniy mayllarga nisbatan cheklovchi munosabat hukm surgan bo’lib, hatto nikoh ichida ham jinsiy mayllardan tiyilish targ’ib qilingan. Dindorlik insonning qandaydir din bilan aloqasini, uning mazkur din bilan bog’liqligi va ma‘naviy tegishlilik darajasidir. Din sotsiologlarining fikricha individning tajribasi, e‘tiqodlari,
tegishlilik hissi va xulq-atvori uning diniy qarashlari bilan odatda mos tushmaydi, zero insonning dindor yoki dindor emasligini belgilovchi ko’plab mezonlar mavjud. Dindorlikni o’lchashda ham ko’plab muammolarga duch kelish mumkin. Buddaviylik dinining paydo bo„lishi tarixi, asosiy ta"limotlari, oqimlari va manbalari Buddaviylik turfa an'analarga ega turli xalqlarning tarixi, madaniyati va qadriyatlari bilan uzviy bog’langan, murakkab va ko'pqirrali jahon dinlaridan biridir. Buddizm (Sanskrit —Uyg'ongan ta'limotlll) eramizdan avvalgi I ming yillikda Hindiston yarim orolida paydo bo’lgan ma‘naviy-ruhiy uyg’onish (bodxa) haqidagi diniy-falsafiy ta‘limotdir. Mazkur ta‘limot asoschisi Siddxartxa Gautama bo’lib, u keyinchalik Budda Shakyamuni nomini olgan. Ko’pchilik zamonaviy tadqiqotchilar fikricha Budda miloddan avvalgi 486-yilda vafot etgan. Shuningdek, bu holatga tushish orqali budda umrining uzayishi to’g’risida ham fikrlar bildirilgan, unga ko’ra uning vafoti miloddan avvalgi 430-350-yillarga bog’lanadi.Buddaviylik dining g'oyaviy asoslari: Ataman (Braxma)- dunyoning asosida turuvchi va individual inson ruxining manbaida yotuvchi yagona dunyoviy rux; O'limdan keying hayot borligida ishonch; Krama - xatti xarakatlar uchun u dunyo va bu dunyodagi javob, keyingi hayotda taqdir, maromning o‘zgarshi, yani ruxning xayvon, o‘simlik va boshqa jismlarga o‘tishi Sansara - dunyoviy xayotda ruxning bir tanadan ikkinchi tanaga o‘tishi va aylanishi; Nirvana - braxmandan so‘ng ruxning oliy barkamollik, ruxning forig‘lanishi va uning Ataman bilan birlashishi. Mazkur ta‘limot —Dxarmal (Qonun, ta‘limot) yoki —Buddadxarma (Budda ta‘limoti) deb ham atalgan. —Buddizml atamasi XIX asrda yevropaliklar tomonidan muomalaga kiritilgan. Turli tadqiqotchilar buddizmga din, falsafa, axloqiy ta‘limot, madaniy an‘ana, sivilizatsiya, ta‘lim shakli sifatida ta‘riflagan. Shuningdek, —ong haqidagi ta‘limotl sifatida ham ta‘riflanadi. Hozirgi davrda Buddizm - jahon dinlaridan biri bo’lib, unga
dunyoning ko’plab millat va elatlari e‘tiqod qiladi. E. A. Torchinov fikricha, —Buddizmni tushunmasdan turib Sharqning buyuk madaniyatlari - hind, xitoy, qolaversa Tibet va Mo’g’uliston kabi xalqlar madaniyatlarini tushunishning imkoni yo’q, zero ularning madaniyati boshdan oxirigacha buddizm madaniyati bilan sug’orilgan va buddizm an‘analariga asoslanadi.
1956-yilda Buddizm paydo bo’lganining 2500 yilligining nishonlash haqida qaror qabul qilgan. UNESCO qaroriga ko’ra Buddizmning rasman asos solingan sana miloddan avvalgi 543-yil, ya‘ni Buddaning parinirvana holatiga tushgan sanasi deb belgilangan.1 1956 yilda YuNESKO qaroriga
muvofiq 2500 yilligi nishonlangan2 mazkur din Osiyo qit‘asida Tuva va
Buryatiyadan Shri-Lankagacha, Qalmog’istondan Yaponiyagacha bo’lgan
ulkan hududlarga tarqalgan. XIX asrda mazkur din Yevropa va Amerika qit‘alarida ham ma‘lum bo’la boshladi. Hozirda buddaviylik dini Butan,
Kambodja, Tailandning rasmiy davlat dini hisoblanadi. Shuningdek
mazkur din Shri-Lankaning rasmiy dini hisoblanmasa-da, mamlakat
konstitutsiyasining 9-moddasida mamlakat buddaviylikning —Sasanal
yo’nalishiga g’amxo’rlik qilishi belgilangan1.
Britaniya ensiklopediyasi ma‘lumotlariga ko’ra dunyo miqyosida
buddaviylarning soni 463 million deb belgilangan2 bo’lsa, J.Melton —Jahon dinlaril ensiklopediyasida ularning soni 469 millionga yetganini qayd etigan3. AQSh ilmiy tadqiqot markazi Pew Research Center
buddaviylarning umumiy soni 488 millionga yetib, Yer yuzi aholisining 7.1% tashkil qilganini, mazkur ko’rsatkich 2020 yilga kelib 506 milliondan ortishi taxmin qilingan4.

Download 122.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling