10-mavzu. Din madaniyat fenomeni (2-soat) Reja


Xristianlikning paydo bo’lishi, asosiy yo’nalishlari


Download 122.93 Kb.
bet6/6
Sana31.01.2024
Hajmi122.93 Kb.
#1829806
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu

Xristianlikning paydo bo’lishi, asosiy yo’nalishlari,
ta’limotlari va manbalari.
Xristianlik (yunoncha XpioTog - —Najotkorl, —Messiyal) Yangi
Ahdda keltirishicha Falastinda Isus Xristning hayoti va faoliyati atrofida milodiy 33-yilda paydo bo’lgan jahon dinidir.1 Xristianlik ta‘limoti bo’yicha Nazaretlik Iso Messiya, Xudoning o’g’li va Insoniyatning Xaloskoridir.2 Xristianlar buning tarixiy voqealigiga shubha qilmaydilar. Xristianlikda Qadimgi Ahdda tilga olingan, Ibrohim e‘tiqod qilishni boshlagan yagona Xudoga e‘tiqod (monoteizm) asosiy o’rinni egallaydi va bu Xudo Olam va insonning yaratuvchisi hisoblanadi. Shuningdek, Xristianlikning asosiy yo’nalishlarida monoteizmga Uchlik (Troitsa)
g’oyasi olib kiriladi (Ota Xudo, O’g’il Xudo, Muqaddas Ruh). Mazkur uch gipostaz (qadimgi yunoncha vno-oTamq - —asos\, —voqelik\, —mohiyat\)
o’zlarining ilohiy tabiatlariga ko’ra yagona hisoblanadi.3
Xristian dinining asosiy xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Yakka Xudolik. Yagona mavjud Xudoning uch xil qiyofada ekanligi to’g’risidagi Uchlik (Troitsa, Trinity) g’oyasi bilan

mustahkamlangan. Mazkur ta‘limot o’zining chuqur mohiyati va yangi qirralari bilan asrlar davomida falsafiy mushohadalar mavzusi bo’lgan va bo’lib kelmoqda.

  1. Xudoning mutlaq mukammal mohiyat sifatida tan olinishi - u nafaqat mutlaq Aql va Qudrat, balki cheksiz Muruvvat va Muhabbatga ham ega.

  2. Xudo-inson to’g’risidagi ta‘limot - insonlarni gunohdan, la‘natdan va o’limdan Xudoning O’g’li tomonidan qutqarilishi imkoniyatida aks

etadi. —Inson ilohiylashishi uchun Xudo insomylashganll - Avliyo Buyuk
Afanasiy.

  1. Insonning Xudo tomonidan o’z qiyofasi va obrazida yaratilgan abadiy, erkin mavjudotligi, har bir insonning Xudoga nisbatan

munosabatda teng va bir maqomda ekanligi to’g’risidagi ta‘limot: barcha
Xudo tomonidan teng ko’riladi, va barcha Uning o’g’li hisoblanadi, barcha Xudo bilan birlashish va abadiy muruvvatga erishishga loyiq, barchaga buning uchun teng imkoniyat berilgan - va bu imkoniyat ixtiyor erkinligi va ilohiy ezgulik uchqunidir.

  1. Cheksiz, ko’p tomonlama ma‘naviy barkamollikda o’z aksini topuvchi insonning ideal maqsadi va manzili borligi to’g’risidagi ta‘limot. —Osmondagi Otangiz barkamol bo’lgani kabi, sizlar ham barkamol bo’linglar.l (Matto, 5:48).

  2. Xristian dunyoqarashining asosi sifatidagi kamtarlik.

  3. Ruhiy ibtidoning moddiy ibtidodan to’la ustunligi to’g’risida ta‘limot: Xudo moddiyat ustidan, uning yaratuvchisi sifatida to’la ustunlik

qiladi, moddiyat olamida moddiy tana orqali u o’zining ruhiy-ma‘naviy vazifasini bajaradi. Metafizikada dualistik tabiatga ega bo’lgan (chunki unda ikki bir biri bilan to’la ziddiyatda mavjud bo’lgan asos - ruh va materiyaning mavjudligi ta‘kidlanadi), din sifatida monistik tabiatga ega bo’lgan Xristianlikda moddiyat ruhiyatga bog’liq sifatida ko’riladi va u
ruhning namoyon bo’lishi va uning faoliyat yuritish sohasi sifatida ko’riladi.

  1. Moddiyatga haddan ortiq berilib ketishning ham, undan yiroqlashib, unga nafrat bildirishning ham qoralanishi. Yovuzlik moddiyatda emas, balki ruhiy mavjudotlarning buzuq ixtiyor erkinligida deb hisoblanadi va ulardan yovuzlik moddiyatga ko’chib o’tadi. Bunga Odam atoning qilmishi

tufayli yer ham Xudoning nafratiga uchrashini misol qilish mumkin. Bibliya (yunoncha ^i^c/a, birlikda [h[>/jov - —kitob\) ludaizm va
Xristianlikning muqaddas matnlarini o’z ichiga oluvchi va bu dinlarning muqaddas manbasi hisoblanuvchi matnlar to’plamidir.
Iudaizmda Muqaddas matn sifatida Yahudiy Bibliyasi deb ham nomlanuvchi Tanax hisoblanadi.1 Xristianlikda Tanax va qo’shimcha matnlardan iborat bo’lgan Qadimgi Ahd va Yangi Ahd Muqaddas matn hisoblanadi.2 Tanax va Yangi Ahd kitoblari barcha xristian
konfessiyalarida asosiy matn hisoblanadi. Qadimgi Ahd qadimgi yahudiy tilida (ivrit) yozilgan bo’lib, uning tarkibiga kiruvchi ba‘zi matnlar qadimgi
Download 122.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling