10-mavzu. Din madaniyat fenomeni (2-soat) Reja


Download 122.93 Kb.
bet5/6
Sana31.01.2024
Hajmi122.93 Kb.
#1829806
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu

Buddaviylikka xos diskursda —bag’rikenglik\ va —kuch ishlatmaslik
tamoyillarining mavjud ekanligi uning G’arb liberalizimiga muvofiq
birinchi umumiy belgisidir. Undagi individual o’z-o’zini anglash va shaxs erkinligi tushunchalari esa zamonaviy —inson huqulari\ masalasiga
bevosita uyg’un ikkinchi mushtarak belgidir.
XX asrda budda sangxalarini siyosiy faollashuvi va ayrim hollarda txeravada yo’nalishi tarqalgan hududlarda radikal sektalari faoliyati ham
kuzatilsa-da, XXI asrga kelib buddaviylik demokratik jarayonlar va fuqarolik jamiyati tamoyillariga to’liq moslashishga e‘tibor qaratdi. Xususan Yaponiyada tashkil etilgan buddaviy komeyto partiyasining
barqaror ta‘siri misolida zamonaviy buddaviylikni demokratik
jarayonlardagi o’rni yaqqol namoyon bo’ladi. Shuningdek Tiva
Respublikasi buddaviylarining yetakchisi Kambi-Lama Agankx Kxertek demokratiya tarafdori ekani va ma‘rifiy, xayriya hamda boshqa ijtimoiy faoliyatlar bilan shug’ullanishini ta‘kidladi1.Har ikki misolda buddaviylik
sekulyar tamoyillarga to’liq muvofiq holda yangi mazmunda rivojlanib borganidan darak beradi.
Buddaviy dini vakillari inson huquqlari, dinlararo muloqot, diniy bag’rikenglik masalalaridagi turli kengash va konferensiyalarda faol ishtirok etmoqda. Xususan, 2003 yildan boshlab har uch yilda o’tkaziladigan jahon va an‘anaviy dinlar yetakchilarining Astana shahrida o’tkaziladigan qurultoyida muntazam qatnashib kelmoqda. Jumladan, 2018 yil VI qurultoy —diniy yetakchilar xavfsiz dunyo uchun shiori ostida
o’tkazildi va unda buddaviylik dini yetakchisi sifatida lama Choyjilvavin Dambajav qatnashdi. Mazkur quriltoy yakunida insoniyat taraqqiyoti yo’lida o’zaro birodarlik tinchlik va hamkorlikni ta‘minlash maqsadida 23 banddan iborat deklaratsiya qabul qilindi1.
Qayd etish joizki, buddaviylik o’z ta‘limoti doirasida inson huquqlari masalalarini bayon qilishda xristianlik va islom dinlari kabi faollik mavjud emas. Ayni paytda unda savob va gunoh kabi keskin ontologik dualizm tamoyili kuzatilmagani bois, haqiqatni monopoliyalashtirishga urinish,
dunyoni —tinchlik hududill va —kurash hududillga bo'lish, insonlarni imonli va e‘tiqodsizga ajratish g’oyalari ham kuzatilmagan. Shu jihatdan inson huquqlari va erkinliklari masalasi bevosita yetakchi ruhoniylarining mulohazari asosida talqin etilishi ziddiyatsiz kechdi.
XXI asrda esa buddaviylik doirasida ratsional-axloqiy va irratsionalmillenaristik yo’nalish vujudga keldi. Unga ko’ra, —ratsional-axloqiy
yo’nalish davlatning tartib va barqarorlik mafkurasi bo’lib hisoblanadi.
Irratsional-millenaristik yo’nalish muayyan vaziyatlarda ishlab chiqarilgan qarshi mafkura sifatida namoyon bo’ladil2. Ratsional-axloqiy yo’nalish
an‘anaviy maktablar qarashlari asosida shakllanidi va dunyoviy mezonlar asosida o’zining yangi davrini boshladi. U xristian va islom fundametalizm kabi zamonaviy standartlarni inkor qilmadi va jangari missionerlik g’oyalarini ilgari surmadi. Irratsional-millenaristik yo’nalish vakillari esa zamonaviy davlat va jamiyat boshqaruvi me‘yorlariga amal qilmaslikka urinish barobarida destruktiv faoliyat yuritdi. Misol tariqasida
buddaviylikning vadjrayana yo’nalishi asosida Yaponiyada paydo bo’lgan
—Aum sinrikyol sektasining faoliyatini keltirish mumkin. Mazkur
oqimning asoschisi Syoko Asaxara ezgulik va yovuzlik o’rtasida kurashda —gunohkorlarlni yo’q qilish haqida o’zining radikal g’oyalarini ilgari surdi
va sekta a‘zolarining qator terroristik harakatlari oqibatida 6600 kishi zarar ko’rgani qayd etilgan1. Bu holat buddaviylik ham muayyan din sifatida
ekstremistik harakatlardan holi emasligini bildiradi.
Buddaviylik amal qilayotgan ba‘zi mamlakatlarda zamonaviy liberal huquq va erkinliklar, xususan, vijdon erkinligiga to’liq rioya qilinmaslik holatlari ham kuzatilmoqda.
O’tgan ikki yarim ming yil davomida tarqalgan buddizm ko’plab
e‘tiqod shakllari va marosimlar ta‘siriga duchor bo’lgan. Buddizmga
e‘tiqod qiluvchilarning ba‘zilari meditatsiya orqali o’z-o’zini anglashga xarakat qiladi, boshqalar esa ezgu amallarga, yana boshqalar esa Buddaga sig’inishga e‘tibor qaratadi. Turli buddaviylik maktablarining g’oyalari va qonun-qoidalari orasidagi farqlar unda an‘ana sifatida qabul qilingan har
qanday ta‘limotni qabul qilishga majbur qiladi.2 Lekin, shunday bo’lsada, E. A. Torchinov fikricha ular quyidagi ta‘limotlarga asoslanadi:3 - Dukkxa (—barcha narsa dukkxa 4) - azoblanish mavjud. Uni
qoniqmaslik, xavotir, ogohlik, qayg’urish, g’amxo’rlik, qo’rquv, chuqur norizolik, to’liqsizlik hissi sifatida tarjima qilish mumkin. U norozilik hissida o’z aksini topadi.5 - Dukkxa uchun sabab bor (trishna, yoki ilinj, hissiy lazzatlar ilinji, istagi,
xoh u moddiy bo'lsin xoh nomoddiy,1 insonning —Menillmng barqarorligi to’g’risidagi xato va noto’g’ri tasavvuriga asoslanadi) 2
-Hissiy lazzatlarga bo’lgan istak eshitish, tam bilish, ko’rish, sezish, tana va aql uchun bo’lgan lazzatlarni o’z ichiga oladi, va ularni Budda ulardan yetkaziladigan zarar miqdoriga ko’ra tartibga soladi;3
Umuman olganda mavjudlik uchun intilish —insonning o’z holicha, o’zining empirik mavjudligini davom ettirishga bo’lgan istagida namoyon bo’libl buni insonning abadiy mavjud bo’lishdan iborat istagi sifatida tushunish ham mumkin. Mavjud bo’lmaslik istagi insonning o’z atmanini yo’qotish imkoniyatiga ega bo’lish uchun o’zining moddiy tanasini yo’qotishni istashi, shunga intilishi sifatida tushunilishi mumkin. Yoki, uni kelajakda mavjud bo’lishga intilish, —hozirdagi mavjudlik shaklini to’xtatib, boshqa kishi bo’lish uchun o’z tanasidan voz kechishga intilishl sifatida ham tushunish mumkin. Dukkxadan ozod bo’lish imkoniyati mavjud (uning sabablarining ta‘sirini to’xtatish imkoniyati). Dukkxadan ozod bo’lish yo’li mavjud (nirvanaga olib boruvchi sakkiz yo’l).
•Sabab oqibat kelib chiqishi va karma to’g’risidagi ta‘limot;
•Anatmavada ta‘limoti (jonsizlik, mohiyatsizlik tamoyili);
•Ko’plik to’g’risidagi ta‘limot;
•Buddistik kosmologiya.

  • Shakyamunining hayoti tarixi;

  • Karma va qayta dunyoga kelish (sansara)ni tan olish;

  • To’rt oliyjanob haqiqat va Sakkiz yo’l;

  • Anatmavada va kelib chiqishning sabab-oqibat xususiyatiga ega

ekanligi.
Biroq hozirgi davrda buddaviylik mamlakatning rasmiy dini
hisoblangan davlatlarning huquqiy tizimi so’nggi o’n yillikda vijdon erkinligini kafolatlash, diniy bag’rikenglik masalalariga u yoki bu darajada e‘tibor qaratish va umume‘tirof etilgan xalqaro me‘yoriy hujjatlarni inobatga olish orqali jamiyatni modernizatsiyalashning zamonaviy
modelini qabul qilishga kirishdi. Shu bilan birga, davlat va muayyan diniy birlashmalarning faoliyati tufayli yuzaga kelgan diniy vaziyat mamlakatda an‘anaviy o’ziga xoslikni saqlab qolish omili sifatida baholanayotganini ham ta‘kidlash joiz.

Download 122.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling