10-mavzu. Gilam va savat to‘qish san’ati Reja


Gilam mahsulotlari turlari va uni tayyorlashda


Download 1.68 Mb.
bet3/10
Sana08.01.2022
Hajmi1.68 Mb.
#236891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-mavzu. Gilamchilik va savatchilik

10.3. Gilam mahsulotlari turlari va uni tayyorlashda

ishlatiladigan hom-ashyo, jihoz va moslamalar.

Gilamdo‘zlik va sholchado‘zlik O‘zbekistonda to‘qimachilikning eng qadimgi turlaridan biridir. Ular uch turga: qisqa patli gilam, uzun patli gilam — julxirs va taqir gilam (sholcha)ga bo‘linadi. To‘qimachilikning bu turida yigirilgan jun, paxta ip va ipak ishlatiladi. Qisqa patli gilam Farg‘ona vodiysida, Qashqadaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘istonda to‘qiladi. Bunday gilamda qizil-jigarrang o‘zaro uyg‘unlikda beriladi, handasaviy va islimiy shakldagi rangdor detallar bilan bezatiladi. Bu gilamlar oddiyligi hamda ranglar tiniqligi bilan ajralib turadi. Julxirs gilamlar ko‘proq Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida tarqalgan. Ular naqshiga ko‘ra juda sodda, ranglar uyg‘unligiga ko‘ra ko‘zga tashlanuvchandir. Ayollar gilam to‘qishni tugallar ekanlar, ishni oxiriga etkazmay, uning qayerinidir chala qoldiradilar. Bu ko‘hna an‘ana bizning kunlargacha yetib kelgan bo‘lib, aytishlaricha, gilamdo‘z ayollar keyingi ish avvalgisidan yaxshiroq chiqsin, degan niyatda shunday qilar ekanlar. O‘zbekistonda to‘qiladigan taqir gilam turi va ijro texnikasiga ko‘ra rang-barang. Taqir gilamning ko‘xma, terma, gajari, arabi, beshkashta va boshqa turlari mavjud.



Gilamlar asosan o‘simlik (paxta, zig‘ir, jut) tolasi va jundan (qo‘y, tuya) va ipakdan tayyorlangan. Gilam to‘qima, tikma va bosma usullarda tayyorlanadi. Gilam to‘qish uchun qirqilgan junlar yuvilib tozalanadi, temir taroqlarda taralib, undan ip yigiriladi. Iplar turli tabiiy bo‘yoqlarga bo‘yalgan bo’ladi. Bo‘yoqlar o‘simliklardan tayyorlangan. Shuning uchun gilamlar rangi o‘zgarmaydi va o‘zining sifatini yo‘qotmaydi. Dastlab gilamlar qo‘lda, keyinchalik maxsus dastgohlarda to‘qilgan.

10.1-rasm. Jun ipdan to`qilgan gilam.

Gilam (10.1-rasm) yer bagʻirlab yotiq (gorizontal) va tik (vertikal) oʻrnatilgan dastgohlarda toʻqiladi. Gilam rivojlangan joylarda toʻquv dastgoqlari ancha mukammallashtirilgan va bir necha toʻquvchi yonma-yon oʻtirib birdaniga toʻqiyveradigan keng oʻq (gʻaltak)li xillari yaratilgan. Gilamdoʻz usta naqsh mujassamotini xotira yoki nusxa asosida toʻqiydi. Toʻqilish usuliga koʻra patli va patsiz gilam turlariga farqlanadi.

Qoʻlda gilam toʻqish Markaziy Osiyoda, ayniqsa O’zbekistonda keng rivojlangan. Qoʻlda gilam toʻqish nihoyatda sermashaqqat ish, toʻquvchidan q`unt, did va mahorat talab qiladi. Patli gilamlarni toʻqish ayniqsa murakkab ish hisoblanadi. Qoʻlda toʻqilgan gilam pati, naqsh mujassamoti asos ipiga rangli iplardan tugib bandlar hosil qilib yaratiladi, tugun uchi matoning yuza tomoniga chiqarib tekis qirqiladi, har bir qatordan soʻng arqoq ipi oʻtkazib maxsus temir taroqqa urib avvalgisiga mahkamlanadi. Tayyor gilam maxsus kimyoviy moddalar yordamida yuviladi. Gilamlar turli hajmlarda tayyorlanadi. 20-asrning 30-yillaridan keyingina pat bogʻlaydigan maxsus dastgohli korxonalar paydo boʻldi (jumladan, Andijondagi “Mehnat guli” arteli). Sharq gilamchiligida ishlab chiqarilgan joyi, naqsh mujassamoti, sifati (qalinligi, patining uzun-qisqaligi), rang yechimi bilan bir-biridan farqlanadigan eron, turk, turkman va ozarbayjon gilamlari qadimdan mashhur.



Qo‘lda gilam to‘qish ancha sermashaqqat ish. 1 kv.m patli gilam to‘qish uchun 20-25 kun vaqt ketadi. Patli gilamlar (10.2-rasm) kalta patli (3-7 mm) va uzun patli (8-17 mm) bo‘ladi. Gilam to‘quvchi 1 kv.m yuzada 600-1030 tacha bog‘ bog‘lashi lozim bo‘ladi. Gilamlar hajmi jihatdan uch xil bo‘ladi: kichik (3 kv.m gacha), o‘rtacha (3 kv.m dan 6 kv.m gacha) va katta (6 kv.m dan katta).

10.2-rasm. Zamonaviy uslubda to‘qilgan patli gilam.


“Ichanqal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida joylashgan Yoqubboy xo‘ja madrasasida eski uslubda ipak gilam to‘qish ustaxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda (10.3-rasm).

10.3-rasm. “Ichanqal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi hududidagi gilam to‘qish ustaxonasi.



Xiva, Andijon, Urgut, Qarshi va boshqa joylarda to’qima gilamlar tayyorlanadi. Ular o’zining o’simliksimon, geometric naqshi, bejirimligi, tabiiyligi va sifati bilan mashhurdir. Gilam maxsus to’qish dastgohida to’qiladi. Gilamdo’zlikda ishlatiladigan jihozlarga tarashlash tarog’i arqoqni tushirish moslamasi, ilgak, yog’och to’qmoq, urchuq, maxsus qaychilar kiradi (10.4-rasm).

10.4-rasm. Gilam to’qish dastgohi va ish qurollari.




Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling