10-mavzu. Gilam va savat to‘qish san’ati Reja


Gilam to‘qish va kigiz bosish san’ati


Download 1.68 Mb.
bet4/10
Sana08.01.2022
Hajmi1.68 Mb.
#236891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-mavzu. Gilamchilik va savatchilik

10.4. Gilam to‘qish va kigiz bosish san’ati.

Gilam to’qish san’ati halq amaliy bezak san’atining keng tarqalgan turi bo’lib, ko`p asrlik milliy an’ana va uzoq tarixga ega. Gilam to’qish badiiy to’qish hunariga kiradi. U qadimdan ayollar orasida keng tarqalgan hunar sifatida mashhurdir. Gilam to’qish san’ati ayniqsa chorvachilik bilan shug`ullanadigan ko`chmanchi halqlar orasida tarqalgan. Gilam qadim zamondan beri xona ichini bezatish, issiq saqlash, tovushni kamaytirish uchun xizmat qiladi. Gilam asosan polga yoki buyra ustiga to`shaladi, xonani bezatish uchun devorga osiladi va o`tov ichiga o`raladi.

Bu san’at juda qadim zamonlardan beri rivojlanganligini yozma tarixiy manbalar va arxeologik topilmalar isbotlab berdi. Arxeologik topilmalar natijasida Xorazmda miloddan avvalgi ming yillikka mansub gilamlar topilganligi tasdiqlandi. Qadimda Ussuri, Bobil, Midiyada keyinroq esa Eron, Hindiston, Turkiyada to`qilgan rangli gilamlar mashhur bo`lgan. VII asr qo`lyozmalari gilam to’qish san’ati o`sha davrlarda Markaziy Osiyoda ham rivojlanganligini tasdiqladi. V—VII asrlarda Markaziy Osiyodagi ko`pgina shaharlardan Xitoyga har xil gilamlar olib borib sotilgan. Markaziy Osiyo va Afg`oniston adabiyotlarida ko`rsatilishicha VII—XI asrlarda Xorazm hamda Samarqand bilan Buxoro o`rtasidagi ba’zi shaharlardan kichik-kichik joynamoz gilamchalar to`qilib chet mamlakatlarga sotilgan.

XI—XII asrlarda Markaziy Osiyoda shu jumladan O`zbekistonda gilam to’qish san’ati juda rivojlangan, XIV asrda esa O`zbekistonda gilam to’qish san’ati rivojlanmay qoldi, chunki mongol bosqinchilari Markaziy Osiyoni egallab olgan edi.

XIV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoning Amir Temur qo`liga o`tishi bilan bu soha yana rivojlanib ketdi. Har xil xorijiy mamlakatlardan olib kelingan ustalar gilam to’qish ustaxonalarida ishlaganlar.

XVIII—XIX asr boshlarida ayniqsa, Buxoro va Farg`ona xonliklarida gilam to’qish san’ati tez sur’atlar bilan rivojlandi. Bunda gilam tayyorlash o`zining naqshi, yuqori sifatli to`qililishi, bo`yalish texnikasi bilan ajralib turdi.

XIX aysrning oxirigacha gilam to’qishda o`simliklardan tayyorlanadigan bo`yoqlar ishlatilgan. Keyin esa anilin bo`yoqlaridan foydalanila boshlandi. Pat gilam to’qish ancha murakkab bo’lib, unda arqoqdan tashqari nax degan ip ham ishlatiladi. Keyinchalik pat gilamlar maxsus dastgohli korxonalarda to`qiladigan bo`ldi. Pat gilamlar naqsh yoki gulni sanama iroqiga o`xshatib rangli iplarni nusxasiga qarab terish asosida to`qiladi.



Gilamduzlik ayollar hunari sifatida mashhur bo’lib, erkaklar bu hunar bilan shug`ullanmaganlar. Gilam to’qish juda murakkab ish. Tajribali gilamdo`z usta gilam to’qishni yoshlik paytlaridan o`rgana boshlab 16-17 yilda xaqiqiy usta bo’lib yetishgan. 7-9 yoshdagi qizlar charxda ip yigirishni o`rganib, 11-14 yoshida esa gilam to’qishda ustaga shogird bo`lgan. Bu yoshda ular bo`yoqlash ishlariga qatnashmaydilar. 20-25 yoshda to’qishni yaxshi o`rganadilar, 30-35 yoshlarda esa tajribali, har xil gilamlarni mustaqil to`qiy oladigan bo`ladilar.

Keyingi vaqtlarda gilam sun’iy tolalardan ham to`qilmoqda. Gilamlar ko`pincha geometrik nakshli bo`ladi. Gilam naqshi maxsus rassomlarni eskizi yordamida solinadi. Badiiy gilamlar to’qishda buyuk kishilar, mehnatkashlar, yozuvchilarning mashhur asarlari chizilgan rasmi va boshqalar ishlanmoqda.

O`zbekiston gilamlariga keyinchalik zamonaviy naqsh elementlari masalan, bolta, paxta, paxta chanog`i va boshqalar kirib keldi (10.5 -rasm).



Xulosa qilib aytganda, o`zbek gilamdo`zligi o`zining milliy an’analarini saklagan holda yangi tajribalar bilan boyitildi. Xiva, Andijon, Samarqandning patli, Shahrisabzning taqir gilamlariga extiyoj katta. Hozir har bir xonadonga kirar ekansiz o`zbek va turkman gilamlarini albatta uchratasiz. O`zbekistonning tasviriy san’at, o`zbek halq amaliy san’ati muzeylarida bizning gilamlarimiz doimiy ekspozisiyaga aylanib qolganligini ko`rasiz (10.6, 10.7, 10.8-rasmlar).

10.6-rasm. Gilam. Xidirsha.



10.7-rasm. Qo’lda to’qilgan gilam. Xiva.



10.8-rasm. Julxurs gilam.

XX-asr boshlari.



Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling