10-Mavzu: Internet xizmatlari va uning dasturiy ta’minoti Reja


Internetning dasturiy ta`minoti


Download 156.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana01.11.2023
Hajmi156.5 Kb.
#1738073
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-m1

 
2. Internetning dasturiy ta`minoti 
Internet axborotni etkazib berishda klient -server (client-server yoki mijoz-
xodim) modeli asosida ishlaydi. Bu model’ yana mehmon-mezbon (guest-host) deb
ham ataladi. Klient-server modelida klient komp’yuteri axborot saqlanadigan 
server komp’yuteriga ulanadi, klient axborotni olish uchun server unga xizmat
ko`rsatishini kutadi. Buning uchun klient serverga unga xizmat ko`rsatishlari 
haqida talab jo`natadi. Bu xizmatlar axborotni qidirib topish va uni jo`natish
bo`lishi mumkin. Bu narsa tarmoqda ma`lumotlar ombori bilan ishlashga 
o`xshab ketadi. elektron pochta xabarlarini etkazib berish, kirib kelgan va
jo`natilgan xabarlarni saqlash xizmatlarning boshqa turlariga misol bo`la oladi.
Har gal internetga kirganingizda siz server komp’yuterlariga ulanasiz va 
uning resurslaridan foydalanasiz. Odatda, klient sifatida mahalliy tarmoqqa
ulangan komp’yuterlar va ularning dasturiy ta`minotidan foydalaniladi. Server
komp’yuterlar, ko`pincha, ancha kuchli komp’yuterlar bo`lib, ularda
ma`lumotlar va xizmat ko`rsatuvchi dasturlar joylashgan bo`ladi. Klient -server 
modeli yordamida juda ko`p ishlarni qilish mumkin va shu sababli ishlab
chiqaruvchilar bu modelni qo`llab- quvvatlovchi bir qator operatsion tizimlarni 
ishlab chiqarganlar.
Serverga ulanish turli usullarda bo`lishi mumkin. Bitta serverga ko`plab klient 
komp’yuterlari bir vaqtda ulana oladilar. Bu klientlarning komp’yuterlari turli 
rusumda bo`lishi mumkinligini alohida ta`kidlab o`tish kerak.
Butun olam axborot to`ri – WWWda brauzerlar (veb sahifalarni ko`rish 
darchasi) klient dasturi, qaerdadir Internet tarmog’ida veb sahifalar saqlanadigan 
komp’yuter esa server bo`ladi.Brauzer kerakli veb sahifani yuklash haqida 
serverga talab yuboradi, server bu talabni ko`rib chiqib, so`ralayotga n sahifani 
klientga jo`natadi. Klient va server o`rtasidagi aloqa faqat ma`lumotlarni 
almashish paytida vujudga keladi. Veb sahifa klient komp’yuteriga kelib 
tushgach, ular orasida http (Hypertext Transfer Protocol –gipermatnni uzatish 
protokoli WWW da keng ishlatiladi) bog’lanish ham uziladi. http bog’lanish 
uzilsa ham, internetga, to`g’rirog’i, internet servis provayderga TCP/IP 
bog’lanish davom etadi.
Butun olam to`rida klient-server modelining ko`plab funktsiyalari
umumiy shlyuz interfeysi (Common Gateway Interface yoki qisqacha CGI) orqali 
amalga oshiriladi. Bu texnologiya bilan keyinroq bir qadar batafsil tanishib 
chiqamiz.



Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling