10-Mavzu: Internet xizmatlari va uning dasturiy ta’minoti Reja


Klient-server arxitekturasi


Download 156.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana01.11.2023
Hajmi156.5 Kb.
#1738073
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-m1

3. Klient-server arxitekturasi 
1. SHaxsiy komp’yuterda ishlash uchun mo`ljallangan ilovalardan farqli 
ravishda, veb ilovalar, ya`ni tarmoqda ishlash uchun mo`ljallangan ilovalar bir 
necha komp’yuterlarda ishlaydi. Bunday ilovalar klient/server (mijoz/xodim) 
arxitekturasi asosida yaratiladi. Klient dasturlari foydalanuvchi komp’yuterida 
tarmoqdagi resurslardan foydalanish imkoniyatini beradi. Serverlar esa mijoz 
komp’yuterlarining talabiga ko`ra o`zidagi resurslardan foydalanishni 
ta`minlaydi. Uning yordamida serverga talablar va so`rovlar jo`natiladi, olingan 
ma`lumotlar ekranga chiqariladi. Klient komp’yuterida brauzer deb ataladigan 
dasturlar odatda bu vazifalarni bajaradi. Bundan tashqari turli xizmat turlari 
uchun turli dasturlar yaratilgan.
2. Mezbon (host) komp’yuterlarda esa mijoz (klient) komp’ yuterlarga
xizmat ko`rsatiladi. Server (xodim) dasturlari kelayotgan p aketlardan talablarni 
ajratib oladi va talab qilinayotgan xizmatlarni ko`rsatadi. Masalan, talab
qilinayotgan veb sahifa mijoz komp’yuteriga jo`natiladi. YAna bir misol, 
serverda qilingan so`rovga ko`ra ma`lumotlar omboridan kerakli yozuvlar qidirib 
topiladi va ular asosida veb-sahifa yaratilib, mijoz komp’yuteriga jo`natiladi.
3. Mezbon komp’yuter – serverlarda veb saytlar joylashgan bo`ladi. Veb
sahifalar joylashgan serverlar veb serverlar deb ataladi. Keyinchalik 
serverlarning boshqa turlari bilan tanishib chiqamiz. Veb serverlarning dasturiy
ta`minoti talab qilingan veb sahifani ajratib oladi va mijoz komp’yuteriga 
jo`natadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
4. Ma`lumotlar ombori va unga o`xshash ilovalarni bo shqarish uchun
maxsus interfeys: CGI (Common Gateway Interface – umumiy shlyuz
interfeysi) yaratilgan. Serverdagi ma`lumotlar omboriga tarmoqdan so`rov
kelganda bu so`rov bevosita ma`lumotlar ombori serveriga jo`natiladi. Server
esa ma`lumotlar omborining qasddan yoki bexosdan buzilishining oldini olish 
uchun ombordagi ma`lumotlarga CGI orqali murojaat qiladi.
5. Internet manzillari va nomlari Internet ishining negizini domen (soha)
nomlari tizimi (Domain Name System yoki qisqacha DNS) tashkil etadi.
DNS orqali komp’yuterlar bir-birlariga murojaat qila oladilar. Internetdagi biror 
saytga kirish uchun manzili, masalan, www.zn.uz kiritiladi. Resurslarning
internetda joylashuvini aniqlash uchun yana URL (Uniform Resource Locator – 
resurslarning yagona lokatori) dan foydalaniladi. DNS yordamida yozilgan va
insonlarga tushunarli bo`lgan manzillar komp’yuterlarga tushunarli bo`lishi
uchun IP manzillarga o`tkaziladi. IP manzillar internetda kerakli komp’yuterni
topish uchun xizmat qiladi (buni odamlarning pochta manziliga qiyoslash
mumkin). IP manzillar 8 bitli to`rtta sondan iborat, masalan, 221.25.169.7.


Yuqoridagi misolda www.zn.uz domen (soha) nomi deb ataladi. eng katta va
umumiy domenlar nomning oxirida, o`ng tomonda ko`rsatiladi. Bizning misolda u 
.uz dir. Bu nom bilan Internetning O`zbekiston Respublikasiga tegishli sohasi
(segmenti) belgilangan. SHunga o`xshash, Internetning kaznet segmentiga .kz,
Rossiyaga tegishli runet segmentiga .ru deb nom berilgan. Har bir davlatga 
tegishli internet domeni o`z nomiga ega. Ulardan tashqari yana bir necha
umumiy domenlar bo`lib, ular o`zlarining faoliyat turlari bilan farqlanadi.
Masalan, .com (commercial yoki tijorat tashkilotlari), .edu (education – ta`lim 
muassasalari), .gov (government – davlat organlari), .mil (military – harbiy
tashkilotlar), .net (networks companies – tarmoq va Internetga tegishli
tashkilotlar), and .org (organization – boshqa tashkilotlar).
Domenlar, ya`ni internet sohalari ichma-ich joylashgan. Bunday 
joylashuvda katta domenlar kichiklarini o`z ichiga oladi va ularning nomlari bir -
biridan “.” orqali ajratib ko`rsatiladi. Yuqoridagi misol www.zn.uz da Ziyonet 
tashkilotiga tegishli zn domeni uz domeni ichida joylashgan. zn domeni ham o`z 
navbatida bir necha domenlarga bo`lingan, masalan uning informatia va axborot 
texnologiyalariga bag’ishlangan domeni ivat deb nomlanishi mumkin. U holda bu
domenga www.ivat.zn.uz deb murojaat qilinadi. Bu domen ham o`z navbatida
turli domenlardan tashkil topgan bo`lishi mumkin. Misol uchun, bu domenda 
joylashgan informatika o`qituvchisi Ali Valievning veb saytiga kirish uchun bu
sayt nomi www.ali_valiyev.ivat.zn.uz dan foydalaniladi. Bu jarayon yana 
davom etishi mumkin.
DNS serverlari deb ataluvchi komp’yuterlar domenlar va ular nomlarida 
bo`layotgan o`zgarishlar uchun javob beradilar, paydo bo`lgan yangi 
domenlarning nomlarini o`z ro`yxatlariga kiritib qo`yadilar. Bundan tashqari, bu 
serverlar domen nomlarini IP manzillarga o`tkazish uchun ham xizmat qiladilar.
Sizning komp’yuteringiz internetga ulanganda boshqa komp’yuterlarga ulana 
olish uchun unga ham IP manzil beriladi. Bu manzil statik yoki dinamik manzil 
bo`lishi mumkin. Statik manzil hech qachon o`zgarmaydi va statik manzilga ega 
foydalanuvchilar har gal internetga ulanganlarida shu nomga ega bo`ladilar. 
Lekin internetda IP manzillar soni cheklangan va st atik manzillar hammaga 
etmaydi. SHu sababli provayderlar foydalanuvchini internetga ulash uchun 
dinamik manzillardan foydalanadilar. Bu manzil internetda ishlashn ing bir 
seansi uchun beriladi va keyingi safar bu manzil boshqa bo`lishi mumkin.

Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling