10-mavzu: kartoshka va meva-sabzavot hosilini yig‘ib olish mashinalari reja


Download 0.49 Mb.
bet1/4
Sana18.02.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1209419
  1   2   3   4
Bog'liq
10-maruza. Taqdimot 1-bosqich (2)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

QIShLOq Xo’JALIGINI mexanizaTsiyalashtirish VA AVTOMATLAShTIRISh

fanidan ma’ruza darsi.

10-mavzu: KARTOSHKA VA MEVA-SABZAVOT HOSILINI YIG‘IB OLISH MASHINALARI

Reja:


.
1. Meva va uzumlar yig‘ishning o‘ziga xos xususiyatlari va usullari;
2. Yig‘ishtirish mashinalarining turlari, tuzilishi va ish jarayonlari.
3. Kartoshka yig‘ishning o‘ziga xos xususiyatlari va usullari;
4. Kartoshka yig‘ish mashinalarining turlari, tuzilishi va ish jarayonlari.
 
Tayanch iboralar: meva va uzumni yig’ishtirish usullari, agrotexnik talablar, texnologik jarayonlar va mashinalar turi, mashinaning ishchi qismlari, ilg’or texnologiyalar, Kartoshkani yig’ishtirish usullari, agrotexnik talablar, texnologik jarayonlar va mashinalar turi, mashinaning ishchi qismlari, ilg’or texnologiyalar.
1. Meva va uzumlar yig‘ishning o‘ziga xos
xususiyatlari va usullari
Meva va uzumlar asosan ikki usulda: 1) uzoq muddatga saqlanadigan mevalar qo‘lda maxsus jihozlar yoki meva yig‘adigan platformalardan foydalanilgan holda; 2) texnik qayta ishlov berishga mo‘ljallangan yoki tezda iste’mol qilinadigan mevalar esa maxsus yig‘ish kombaynlari bilan yig‘ib olinadi.
Qo‘lda ishlatiladigan bog‘ jihozlariga meva yig‘ish sumkalari, shotilar, pnevmatik kesgich yoki tebranuvchi qurilmalar kiradi.
Erga to‘kilgan mevalar pnevmatik, mexanik va kombinatsiyalashgan mashinalar bilan terib olinadi.
Pnevmatik terib olgichlar mevalarni havo oqimi yoki vakuum so‘rg‘ichlar yordamida surib oladi. Bunday mashinalar ko‘p energiya talab etadi va mevalarni turli xildagi chiqindilar bilan birga terib oladi.
Mexanik terib olgichlar ninali barabanlar, barmoqli transporterlar va boshqa kurilmalar bilan jihozlangan bo‘lib, ular kam energiya sarflaydi, lekin mevalarni zaxalaydi va ko‘plab chiqindilar bilan terib oladi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling