10-мавзу. Корхона устав, қўшилган ва заҳира капиталлари ҳаракати билан бо


Ushbu vazifalarni bajarish uchun quyidagi ma’lumot manbalari tahlil qilinadi


Download 360.81 Kb.
bet2/9
Sana02.01.2023
Hajmi360.81 Kb.
#1074835
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
16 мавзу Корхона устав, қўшилган ва заҳира капиталлари ҳаракати

Ushbu vazifalarni bajarish uchun quyidagi ma’lumot manbalari tahlil qilinadi:
Korxonaning huquqiy maqomini, ustav kapitalini shakllantirish va hisobga olish masalalarini tartibga soladigan asosiy qonun hujjatlari va yo‘riqnomalari;
Ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha muomalalar hisobga olingan dastlabki hujjatlar, analitik va sintetik hisob registrlari;
Ta’sis hujjatlari (notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav va ta’sis shartnomasi);
Moliyaviy, statistik va boshqa tegishli hisobotlar;
Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari bo‘yicha litsenziyalar mavjudligi va ularning amal qilish muddatlari tekshiriladi. Chunki korxo-na bunday faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqiga litsenziya olingan yoki unda ko‘rsatilgan vaqtdan boshlab ega bo‘ladi va ushbu huquq lit-senziya amal qilish muddati o‘tishi bilan to‘xtatiladi. Tegishli litsenziya-larga ega bo‘lmasdan amalga oshirilgan faoliyat turlari noqonuniy hisobla-nadi.
Agar korxona bitta ta’sischi tomonidan tashkil etilgan bo‘lsa, bunda u mazkur ta’sischi tomonidan tasdiqlangan, tegishli hokimiyat organidan ro‘yxatdan o‘tgan va notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ta’sis hujjatlari bilan tanishish auditorga mulk egasi kim ekanligini va kimning manfaati uchun tekshiruv o‘tkazilayotganligini aniqlashga imkon beradi.
Auditor tegishli ta’sis hujjatlarining mavjudligini va ularni tasdiqlash hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga rioya qilinishini aniqlaydi. Korxona ta’sischilar tomonidan uni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab emas, balki davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan deb hisoblanadi. Shu bois-dan, davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning mavjud-ligini, agar ta’sis hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lsa, qayta ro‘y-xatdan o‘tkazilganligini tekshirish lozim.
Agar korxona bir necha ta’sischilar tomonidan tashkil etilgan bo‘lsa, u holda ta’sis shartnomasi tuzilishi lozim, ustav esa ta’sischilar tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) barcha ta’sischilar tomonidan imzolangan ta’sis shartnomasi va ustav asosida tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi.

Download 360.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling