10-мавзу. Корхона устав, қўшилган ва заҳира капиталлари ҳаракати билан бо


Fermer xo‘jaliklari ustav kapitalini shakllantirish tahlili


Download 360.81 Kb.
bet6/9
Sana02.01.2023
Hajmi360.81 Kb.
#1074835
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
16 мавзу Корхона устав, қўшилган ва заҳира капиталлари ҳаракати

Fermer xo‘jaliklari ustav kapitalini shakllantirish tahlili
(ming. s)

Fermer xo‘jaliklari

4610-schyot

8330-schyot

«Asad» fermer xo‘jaligi 1 yildan kam faoliyat ko‘rsatgan

500, 0

500, 0

«Bobur» fermer xo‘jaligi 1 yildan kam faoliyat ko‘rsatgan

200, 0

400, 0

«Samad» fermer xo‘jaligi 1 yildan ko‘p faoliyat ko‘rsatgan

150, 0

300, 0

«Do‘st» fermer xo‘jaligi 1 yildan ko‘p faoliyat ko‘rsatgan

-

400, 0

«Asad» fermer xo‘jaligida 4610–schyot debet qoldig‘i va 8310 schyotlar kredit qoldig‘ining tengligi ta’sischilar xo‘jalik ustav kapitaliga o‘z ulushlari bo‘yicha mablag‘larni umuman topshirmaganlagini va qo-nunchilikda belgilangan muddatga rioya qilinmaganligini bildiradi.
«Bobur» fermer xo‘jaligi 4610–schyotning debet qoldig‘i 8310-schyot kredit qoldig‘ining 50 %ni tashkil etadi, ya’ni ta’sischilar ustav kapitaliga ulushlarining yarmini qo‘shganlar. Fermer xo‘jaligi faoliyat boshlaganiga bir yil to‘lmagan, ustav kapitalining qolgan qismi (50%) bir yil ichida qo‘-shilishi lozim.
Demak, «Bobur» fermer xo‘jaligida ustav kapitalini shakllantirish qo-nunchilik talablariga mos «Samad» fermer xo‘jaligi ham «Bobur» fermer xo‘jaligidagi kabi ta’-sischilar ustav kapitaliga ulushlarining yarmini qo‘shganlar, ammo kor-xona faoliyat boshlaganiga bir yildan oshgan, demak ustav kapitaliga ulushlarni topshirish muddatiga rioya qilinmagan. Bunday holatda korxona yoxud o‘z ustav kapitalini kamaytirib, ustav va ta’sis shartnomasini qayta davlat ro‘yxatdan o‘tkazishi yoxud tugatish yo‘li bilan o‘z faoliyatini to‘x-tatish lozim.
«Do‘st» fermer xo‘jaligida 4610-Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari» schyoti bo‘yicha debet qoldiq yo‘qligi va 8310–»Paylar va ulushlar» schyoti bo‘yicha kredit qoldiq summasining (400, 0 m. s) ta’sis hujjatlari (ustavi va ta’sis shartnomasi)ga mosligi ta’sischilar-ning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzdor emasliklarini va ulushlar to‘liq to‘langanligini bildiradi.
Har bir ta’sischi tomonidan ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan qo‘shilganligini tasdiqlovchi buxgalteriya hujjatlarining mavjudligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish orqali aniqlanadi. Natura shakli-dagi ulushlar (asosiy vositalar, materiallar va h. k) tegishli shakldagi dalo-latnomalar, pul mablag‘lari esa kassa va bank hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Tasdiqlovchi hujjatlarda tegishli mablag‘larning aynan ustav kapitaliga ulush sifatida ta’sis hujjatlariga muvofiq topshirilganligi haqida ma’lumot-lar bo‘lishi lozim. Bu nafaqat ustav kapitaliga qo‘shiladigan ulushlarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri rasmiylashtirish uchun, balki soliqqa tortish masalalari uchun ham zarurdir.
Shuningdek, tekshiruv chog‘ida ushbu hujjatlar shakl va mazmun-larining O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»ga Qonun 9-moddasi talablariga muvofiqligi ham aniqlanadi.
Ustav kapitaliga chet el valutasida qo‘shiladigan ulushlarning to‘g‘ri aks ettirilganligini aniqlash «Chet el valutasida amalga oshiriladigan muomalalarni buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarda aks ettirish TARTIBI» (O‘z. R. Adliya vazirligida 2000-yil 3 iyunda 931-tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan) talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Chet el valutasidagi ustav kapitali va ta’sischilarning ustav kapi-taliga ulushlar bo‘yicha qarzlarini shakllantirish ta’sis hujjatlari imzolan-gan sanada amalda bo‘lgan O‘z. R. MB kursi bo‘yicha so‘mga hisoblab o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda auditor chet el valutasi kursi va so‘mga hisoblab o‘tkazishning to‘g‘riligini hamda schyotlarda aks et-tirilishini tekshirishi zarur.
Ustav kapitaliga ulushlarning ta’sischilar tomonidan haqiqatda qo‘-shilganligi tegishli dastlabki hujjatlar va 4610-«Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari», 6620-«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ularning ulushlari bo‘yicha to‘lanadigan qarzlar» schyotlari bo‘yicha hisob registrlaridagi yozuvlar asosida tekshiriladi. 4610-schyotning debet qol-dig‘i ta’sischilarning ustav kapitaliga qo‘shadigan ulushlari bo‘yicha qarz-larini, 6620- schyotning kredit qoldig‘i korxonaning chiqib ketayotgan ta’-sischilardan ustav kapitalidagi ulushlari bo‘yicha qarzlarni bildiradi. Audi-tor ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzlarning o‘z vaqtida to‘lanishi va 4610 va 6620 schyotlar bo‘yicha qoldiqlarning haqqoniyligini aniqlashi lozim.
Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitalining to‘g‘ri shakllantirilishini tekshirishda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:
Ustav kapitali aksiyadorlar tomonidan sotib olingan aksiyadorlik ja-miyati aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topganligi
Barcha aksiyalar egasi yozilgan aksiya ekanligi va ta’sis etishda ta’-sischilar o‘rtasida joylashtirilgan bo‘lishi lozim;
Aksiyadorlik jamiyati aksiyalari uni ta’sis etish chog‘ida ustavda ko‘rsatilgan muddat davomida to‘liq to‘lanishi lozim. Ammo ustav kapi-talining kamida 50% bir oy ichida, qolgan qismi esa jamiyat ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab bir yil ichida to‘lanishi lozim;
To‘lov shakllari (pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, pulda baho-langan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar) aksiyadorlik jamiyatining ustavi va ta’sis shartnomasiga mos kelishi lozim;
Ochiq va yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining chiqarilgan ak-siyalari reestrda ro‘yxatga olingan bo‘lishi shart;
Aksiyalarning analitik hisobi ta’sischilar, ustav kapitalining shakl-lanish bosqichlari va aksiyalarning turlari bo‘yicha batafsil ma’lumot olishni ta’minlashi lozim.
Ustav kapitaliga ulushlarning haqqoniy qo‘shilganligini auditor ta’sis-chilar bilan hisob-kitoblarni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi va to‘g‘-ri rasmiylashtirilganligini tekshirish orqali aniqlaydi. Tasdiqlovchi huj-jatlarda ustav kapitalini shakllantirish to‘g‘risida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Bu nafaqat muomalani buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘g‘ri aks ettirish uchun, balki soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashning to‘g‘rili-gini asoslash uchun ham muhimdir.
Dastlabki hujjatlar (asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, yuk xatlari, schyotlar, kassa hisobotlari, bank ko‘-chirmalari, to‘lov topshiriqnomalari va b) bo‘yicha ustav kapi-taliga qo‘shil-gan ulushlarning tegishli schyotlarda to‘g‘ri aks ettirilganligi tekshiriladi.
Tekshiruv chog‘ida ustav kapitalini ko‘paytirish manbalari aniqlana-di. Ular asosan quyidagilar hisobiga bo‘lishi mumkin:
– emitent-aksiyadorlik jamiyatining o‘z aksiyalarini ularning nominal qiymatidan yuqori bahoda sotishdan olingan mablag‘lar, ya’ni emission daromad (Kt 8320-schyot);
– jamg‘arma, iste’mol va boshqa fondlar hamda ishlatilmagan zaxiralar mablag‘lari;
-oldingi yil yakuni bo‘yicha taqsimlanmagan foyda;
– grantlar, subsidiyalar va qaytarib berilmaydigan yordamlar hisobiga (Kt 8810, 8820, 8890-schyotlar);
– aktivlarni qayta baholashdan hosil bo‘lgan manba hisobiga (Kt 8510-schyot);
-devidentlar hisobiga
Faqat quyidagi hollardagina aksiyalar ularning bozor qiymatidan arzonroq narxda joylashtirilishi mumkin:
– jamiyatning qo‘shimcha oddiy aksiyalari oddiy aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlarga joylashtirilib, ular oddiy aksiyalarni bozor qiymati-ning to‘qson foizidan past bo‘lmagan narxda sotib olishdan iborat o‘z imtiyozli huquqlarini ro‘yobga chiqargan hollarda;
– qo‘shimcha aksiyalar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning bahosi bozor bahosidan ko‘pi bilan bunday aksiyalarni joylashtirish baho-siga nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon bo‘lganida.
Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning yakunlovchi bosqichida uning eng kam miqdori to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi ham aniqlanadi.
Ustav kapitalining sintetik va analitik hisobini yuritishning to‘g‘riligi mazkur korxonada qo‘llanilayotgan hisob shaklining registrlari (memorial-orderlar, daftarlar, jurnal-orderlar, mashinagrammalar va h. k) ma’lumot-larini tekshirish bilan aniqlanadi.
Ustav kapitalining analitik hisobini tekshirishda nafaqat uning sintetik hisob ma’lumotlariga tengligi, balki aksiyalarning turlari, ularning egalari, aksiyalar uchun hisob-kitoblarning ahvoli va boshqalar bo‘yicha axborot olish imkoniyatlari ham aniqlanadi.
Shuningdek, auditor «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyalarning hu-quqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 47-50 moddalariga muvofiq aksiyadorlar reestrini yuritish qoidalariga rioya qilinishini ham tekshiradi.
Barcha bajarilgan tekshiruv amallari va aniqlangan nomuvofiqliklar auditorning ishchi hujjatlarida aks ettiriladi.
Tekshiruv yakunida auditor ustav kapitalini hisobga olish va hisobotda aks ettirish bo‘yicha aniqlangan tafovutlarning qanchalik jiddiyligi(katta-kichikligi)ni me’yoriy hujjatlar talablariga nisbatan aniqlaydi. Agar auditor aniqlangan tafovut ustav kapitaliga doir hisobot ko‘rsatkichlariga unchalik ta’sir qilmaydi deb hisoblasa, u ushbu ko‘rsatkichlarning ishonchliligi to‘g‘risida ijobiy auditorlik xulosasi tuzishi mumkin. Agar ahvol bunga teskari bo‘lsa, ya’ni aniqlangan tafovutlar ustav kapitaliga doir hisobot ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada buzib ko‘rsatilganligi aniqlansa, u holda auditor ushbu kamchiliklarni aks ettirib salbiy auditorlik xulosasi tuzadi.

Download 360.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling