10-мавзу. Корхона устав, қўшилган ва заҳира капиталлари ҳаракати билан бо


Buxgalteriya balansida (OKUD bo‘yicha 1-shakl)


Download 360.81 Kb.
bet5/9
Sana02.01.2023
Hajmi360.81 Kb.
#1074835
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
16 мавзу Корхона устав, қўшилган ва заҳира капиталлари ҳаракати

Buxgalteriya balansida (OKUD bo‘yicha 1-shakl):
Ta’sislarning ustav kapitaliga qo‘shadigan ulushlari bo‘yicha qarzlari – aktivdagi II-«Aylanma aktivlar» bo‘limining «Ta’sischilar bilan hisobla-shishilar» moddasi (4610-schyot) (280-satr);
Passivdagi I»O‘z mablag‘lari manbalari» bo‘limida ustav kapitali (320 satr), qo‘shilgan kapitali (330 satr), zaxira kapitali (340 satr), taqsimlan-magan foyda (350 satr);
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot (5-shakl) da
Xususiy kapitalning tarkibi bo‘yicha : yil boshiga qoldig‘i (010 satr 3, 4, 5, 6, 7, 8, -ustunlar), yil davomidagi o‘zgarishi (020-070 satrlar) va yil oxiriga qoldig‘i (080-satr).
10.2. Устав капитали шаклланиши қонунийлигини текшириш.
Ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga qo‘shilganligini tasdiqlov-chi hujjatlarga dalolatnomalar, nakladnoylar, bank ko‘chirmalari, to‘lov-topshiriqnomalari nusxalari, kassa kirim orderlarining kvitantsiyalari va boshqa dastlabki hujjatlar misol bo‘la oladi. Ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘shiladigan mulklarga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ko‘chmas mulk, yer uchastkalari, transport vositalari, intellektual mulk va shunga o‘xshashlarga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi guvohnomalar kiradi.

Tashkiliy hujjatlar:

– davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risida guvohnoma; – buyruqlar va farmoyishlar;

– aksiyadorlar va ta’sischilar bilan yozishmalar;

– aksiyalarga obuna bo‘lish natijalari to‘g‘risidagi, savdo natijalari to‘g‘risidagi, ta’sischilar yoki aksiyadorlar majlisining bayonnomalari;

– soliq inspeksiyada hisobga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma, davlat statistika organlari, tegishli sug‘urta tashkilotlari va boshqa byud-jetdan tashqari tashkilotlarda ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida guvohnoma;

– amaldagi qonunchilikka muvofiq litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari uchun berilgan litsenziyalar;

– yuritilayotgan hisob shaklidan qat’i nazar ochiq turdagi aksiya-dorlik jamiyatlari aksiyadorlar reestrini ham tekshiruvga taqdim qiladi.

Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlarni qo‘shish mud-datlariga rioya qilinishini va to‘liqligini tekshirishda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim:
ustav kapitalining to‘liq shakllanganligi;
ta’sischilar haqiqatda qo‘shgan ulushlarining ta’sis hujjatlarida bel-gilangan shartlarga mosligi;
ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulushlarni qo‘shishda qonun-chilik va ta’sis hujjatlarida belgilangan muddatlarga rioya qilinishi.
Ustav kapitalining shakllanishini tekshirish chog‘ida tekshirilayotgan korxonaning tashkiliy-huquqiyshaklini ham e’tiborga olish zarur. Chu-nonchi, aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali aksiyadorlar tomonidan sotib olinadigan, jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda esa uning ishtirokchilari tomonidan qo‘shiladigan ulushlar qiymatidan tashkil topadi. Qishoq xo‘jalik kooperativlari (shir-kat xo‘jaliklari)da pay jamg‘armasi – shirkat xo‘jaligi a’zolarining pay badallaridan, fermer va dehqon xo‘jaliklarida esa o‘ziga qarashli uy-joy-lar, xo‘jalik imoratlari, qishloq xo‘jalik ekinzorlari va daraxtzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, parrandalar, qishloq xo‘jalik texni-kasi, asbob-uskuna va ashyo-anjomlari, transport vositalari, pul mablag‘-lari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek, boshqa mol-mulklardan tashkil topadi. Davlat korxonalarida esa davlat mulki hisoblangan ustav fondi shakl-lantiriladi.
Auditor tekshiruv chog‘ida barcha ta’sischilar qonunchilikka muvofiq o‘z ulushlarini ustav kapitaliga o‘z vaqtida va to‘g‘ri hamda to‘liq qo‘sh-ganliklarini aniqlashi kerak.
Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ustav kapitaliga ja-miyatni ro‘yxatga olish paytida har bir ishtirokchi kamida 30 % ulushini qo‘shgan bo‘lishi kerak.
Korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlar qo‘shilma-gan yoki to‘liq qo‘shilmagan holatlarning aniqlanishi, tegishli boshqaruv organlari uchun korxona ta’sis etilmagan va tugatilishi kerak deb topilishi-ga asos bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulush sifati-da qo‘shiladigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasida amaldagi qonun-chilikka muvofiq QQS ga tortilmaydi. Shuningdek, korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil etish chog‘ida pay (ulush) ko‘rinishida natura yoki pul shaklida olingan mablag‘lar ham, ularning ustav fondidan hamda yuridik shaxslar pay (ulushi)dan oshib ketmagan miqdorda, QQS ga tortilmaydi.
Ustav kapitaliga ulushlar pul, qimmatli qog‘ozlar, boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar hamda pulda baholanadigan boshqa huquqlar shakli-da qo‘shilishi mumkin. Shu boisdan auditor ta’sischilar ulushlarini pulda baholashning to‘g‘riligini tekshirishi muhimdir. Xo‘jalik jamiyati ta’-sischisining ulushini pulda baholash jamiyat ta’sischilar o‘rtasidagi keli-shuvga muvofiq amalga oshiriladi. Qonunda ko‘zda tutilgan ayrim holler-da esa mustaqil ekspert tomonidan baholanishi kerak.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli qo‘llaniladigan korxona-larda amaldagi qoidalarga muvofiq 8310-8330 schyotlar bo‘yicha №13- jurnal-order va analitik hisob vedomostlari qo‘llaniladi. Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan korxonalarda 8300-ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar (8310-8330), 4610- “Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sislarning qarzlari” va 6620- Chiqib ketayotgan ta’sislarning ulushlari bo‘yicha qarzlar» schyotlari bo‘yicha sintetik va analitik hisob yuritiladi-gan kompyuter dasturlari qo‘llaniladi.
Shuningdek, Bosh daftar yoki oborot-saldo vedomostlari ham tekshi-riladi.
Qoidaga ko‘ra, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga qo‘shiladigan hissalar hisobda va balansda ularning haqiqatda kirim qilinish me’yoriga qarab aks ettiriladi: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qiy-matliklar uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasining tuzilgan sanasi, pul mablag‘lari uchun mablag‘larining korxona schyotiga kelib tushgani (bank ko‘chirmasi va unga ilova qilingan tegishli hujjat). Bunda ushbu hissalarning analitik hisobi har bir ishtirokchi bo‘yicha yuritiladi.
Hissalarning belgilangan miqdori kirim qilinganidan so‘ng ustav kapi-talining tashkil etilishi hisobda aks ettiriladi.
Ustav kapitalining miqdori ta’sis hujjatlarida belgilanganidan oshib ketmasligini ta’kidlab o‘tish zarur.
Korxona ta’sischilari ulushlarining yig‘indisi (ulushlar, aksiyalar, pay badallari) ta’sis hujjatlarida qayd qilingan ustav kapitalining miqdori va summalari tegishli dastlabki hujjatlarga (dalolatnomalar, bank ko‘chirma-lari, bank kassasiga naqd pul topshirilganligi to‘g‘risida kvitantsiya va h. k) asosan schyotlar aloqasi tuzilib, dastlabki buxgalteriya balansida aks ettiriladi.
Ustav kapitali summasi ta’sis hujjatlari, hisob registrlari va hisobot-dagi ma’lumotlarga teng bo‘lishi lozim.
№21 –BHMS ga muvofiq ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar (8310-«Oddiy aksiyalar», 8320-«Imtiyozli aksiyalar», 8330-«Pay va ulush-lar») krediti va 4610 –«Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining debeti bo‘yicha yozuvlar korxona davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Ustav kapitali to‘liq va to‘g‘ri shakllanishi 4610–«Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari» schyoti ma’lumotlari bilan 8310–«Oddiy aksiyalar», 8320–«Imtiyozli aksiyalar» schyotlari yoki 8330–«Paylar va ulushlar» schyoti (xo‘jalik yurituvchi subyekt tashkiliy-huquqiy shakliga qarab tegishli schyot) ma’lumotlarini solishtirish asosida tekshiriladi.
Masalan, tekshiruvdan o‘tkazilgan fermer xo‘jaliklari bo‘yicha schyotlar qoldiqlar quyidagicha:

Download 360.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling