10-mavzu. Moliyaviy hisobotlar va moliyaviy
O‘sib kelayotgan biznes: tashqi moliyalashtirishga bo‘1gan ehtiyoj
Download 115.48 Kb.
|
5-mavzu Moliyaвий ҳисоботлар ва пулнинг вақт қийм ати
- Bu sahifa navigatsiya:
- Firmaning barqaror o‘sishi koeffitsiyenti
- 14.1-rasm. Tashqi moliyalashtirishning sotish hajmining o‘sish suratlari bilan bog‘liqligi
O‘sib kelayotgan biznes: tashqi moliyalashtirishga bo‘1gan ehtiyojEndi bizga ma'lumki, agar 20x4 yilda “XYZ” korporatsiyasining sotuvlari hajmi 20%ga oshsa, kompaniya biror tashqi manbalardan yana 190,1 mln. so‘m miqdorida qo‘shimcha mablag‘ qidirishiga to‘g‘ri keladi. Amalda bu muammoni hal etishning quyidagi uchta yo‘li bor: Firmaning qisqa muddatli qarzlarini oshirish (14.3-jadvaldagi ma'lumotlarga asoslangan vaziyat); Firmaning uzoq muddatli qarzlarini oshirish; Yangi aksiyalar emissiyasi orqali. Endi tashqi manbalardan qo‘shimcha moliyalashtirish summasi sotuvlar hajmi oshishi sur'atiga qanchalik bog‘liq ekanligini ko‘rib chiqamiz. Bunday bog‘liq (sezuvchan, ta’sirchan)likni tahlil qilish usullaridan biri oldingi bo‘limda bayon etilgan tartib (jarayon) sotuv hajmlari o‘sishi sur'atlarining turli ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda takrorlani-shidir. Bu vazifani bajarish juda oson. Buning uchun maxsus kompyuter dasturida elektron jadval modeli tuziladi. Namunani “Prentice-Hall”7' nashriyotining ma'lumotlar Web-saytida topish mumkin. Bog‘liq (sezuvchan, ta’sirchan)likning tahlil qilish natijalarini l- rasmda ko‘rish mumkin. Firmaning barqaror o‘sishi koeffitsiyenti14.1-rasm mo‘ljal1angan sotish hajmiga erishish uchun tashqi moliyalashtirish summasi qanchalik ko‘payishi kerakligini yaqqol ifoda etadi. Biroq bizda qarama- qarshi savol ham vujudga kelishi mumkin: tashqi manbalardan faqatgina chegaralangan summani olishi mumkin bo‘lgan sharoitda firmaning sotish hajmi qanchalik tez o‘sishi mumkin?
14.1-rasm. Tashqi moliyalashtirishning sotish hajmining o‘sish sur'atlari bilan bog‘liqligiUshbu savolga javob berish uchun kompaniyaning tashqi moliyalashtirish imkoniyatlari quyidagilar bilan cheklanadi, deb faraz qilamiz: Firma yangi aksiyalarni muomalaga chiqarishni rejalashtirmayapti. Demak, firmaning aksiyadorlik kapitali taqsimlanmagan daromadni ko‘paytirish natijasidagina oshishi mumkin; Firma o‘z kapitali va qarz olingan kapital nisbati koeffitsiyentini oshirishni istamaydi. Demak, taqsimlanmagan daromad o‘sishi natijasida kompaniyaning o‘z kapitali qanday sur'atda oshsa, tashqi qarz summasi ham xuddi shu sur'atda oshadi. Bunday sharoitda firmaning o‘z kapitali qancha tez ko‘paysa, firmaning o‘zi 78 Qarang: www.prenhall.com/bodie ham shuncha tezlikda rivojlanadi. Firmaning rivojlanishi undan-da tezroq bo‘laolmaydi. O‘z kapitali o‘sishi koeffitsiyenti barqaror o‘sish koeffitsiyenti deb ataladi (sustainable growth rate). Barqaror o‘sish koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling