10-mavzu. Moliyaviy hisobotlar va moliyaviy


Barqaror o‘sish tenglamasi qiymati ahamiyati


Download 115.48 Kb.
bet6/9
Sana27.02.2023
Hajmi115.48 Kb.
#1234411
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu Moliyaвий ҳисоботлар ва пулнинг вақт қийм ати

Barqaror o‘sish tenglamasi qiymati ahamiyati


Firmaning barqaror o‘sish maksimal koeffitsiyenti uning kapitali daromadliligi koeffitsiyentiga (ROE) teng, va faqat dividendlar to‘1ash koeffitsiyenti “0”ga teng bo‘1ganda, ya'ni kompaniyaning sof foydasi to‘liq1igicha ushlab qolinib, biznesga reinvestitsiya qilingandagina bunday ko‘rsatkichga erishish mumkin. Agar firma o‘z o‘sish sur'ati o‘zining barqaror o‘sish koeffitsiyentidan yuqori bo‘lishini istasa, yangi aksiyalarni emissiya qilishi yoki kreditorlar oldidagi qarz koeffitsiyentini oshirishi kerak bo‘ladi.

Barqaror o‘sishga misol:


“A” kompaniyasi quyidagi belgilangan koeffıtsiyentlarga ega deylik: Aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyenti = bir yilda 0,5 marta;
Qarz olingan kapitalning o‘z kapitaliga nisbati koeffitsiyenti =1,0; Dividendlar to‘lash koeffitsiyenti = 0,4;
Kapital daromadliligi koeffitsiyenti (ROE) = 20%.
So‘nggi yilda kompaniyaning sotuvlari hajmi 1,0 mln. so‘mni tashkil etdi. Demak, aktivlar summasi 2,0 min. so‘mga, qarz olingan va aksiyadorlik kapitali qiymatlarining har biri esa 1,0 mln. so‘mga teng. Kapital daromadliligi (ROE) 20,0%ni tashkil etgan, shunga muvofıq ravishda sof foyda 200 000 so‘m bo‘lishi kerak. Shundan 80 000 so‘m dividend sifatida to‘langan, 120 000 so‘m esa yangi aksiyadorlik kapitali sifatida reinvestitsiya qilingan. Kompaniya qarz kapitalining o‘z kapitaliga nisbati koeffitsiyenti 1,0 ga teng bo‘1ganligi uchun “A” o‘z aktivlarini 240 000 so‘mga va sotuv hajmini esa 120 000 so‘mga oshirish imkoniyatiga ega bo‘1adi.
Shunday qilib, sotuvlar hajmi barqaror o‘sishi koeffitsiyenti quyidagicha bo‘ladi:

120000
g
= 0,12 = 12%

Agar hisob-kitob uchun quyidagi formuladan foydalansak, xuddi shu natijani olamiz:

g = ROE X (1 — Dividendlarni to‘lash koeffitsiyenti) =


= 20% (1 — 0,4) = 12%

“A” kompaniyasining uch yillik barqaror o‘sish davridagi moliyaviy hisobotlari 14.4-jadvalda aks ettirilgan:



14.4-jadval

A” kompaniyasining 20x1—20x3 yillardagi moliyaviy hisoboti


(mln. so‘mda)


Download 115.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling