10-mavzu. Moliyaviy hisobotlar va moliyaviy


Likvidlik va kassa rejasini bajarish


Download 115.48 Kb.
bet9/9
Sana27.02.2023
Hajmi115.48 Kb.
#1234411
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu Moliyaвий ҳисоботлар ва пулнинг вақт қийм ати

Likvidlik va kassa rejasini bajarish


Milliarder Xovard Xyuzning (Howard Hughes) naqd pul va kredit kartochkalarisiz uni hech kim tanimaydigan shaharda qolib ketgani to‘g‘risida afsona bor. Ovqat, boshpana va yo‘lkiraga puli bo‘lmaganligidan uning sovuq va ochlikdan o‘lishiga biroz fursat qolgan, xolos. Har qanday korporatsiya xuddi shunday ahvolda tushib qolishi mumkin. Iqtisodiy ko‘rsatkichlari va obro‘si baland firmalar ham jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelishi va hatto bir kun kelib to‘satdan puli tugab qolsa yoki kreditni qaytaraolmasa, bankrotlikka (kasodga) uchrashi mumkin. Kamdan kam hollarda faqat qisqa muddatli daromad va xarajatlarni samarali boshqarish evazigagina katta muvaffaqiyatga erishish mumkin. Ammo ular noto‘g‘ri boshqarilsa, firma bankrotlikka yuz tutishi aniq.
Xovard Xyuzning muammosi shunda ediki, u nolikvidlik vaziyatiga tushib qolgan edi. Jismoniy yoki yuridik shaxs ma'lum xarid uchun zudlik bilan to‘lash yoki o‘z qarzini belgilangan muddatda to‘1ash uchun zarur mablag‘ga egaligi holati likvidlik (liquidity) deyiladi. Aks vaziyat nolikvidlikni anglatadi, ya'ni inson yoki firma ma'lum xarid uchun zudlik bilan to‘lash yoki o‘z qarzini belgilangan muddatda to‘lash uchun zarur mablag‘ga ega, ammo buni zudlik bilan amalga oshirolmaydi80.
Aktivlarining nolikvidligi oqibatida biror-bir muammo kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun firma bo‘1ajak daromad va xarajatlar bo‘yicha prognozlarni imkon qadar aniq tuzishi kerak. Ushbu barcha prognozlar aks ettiriladigan reja kassa rejasi (cash budget) deb ataladi.
Download 115.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling