10-mavzu: Nutqning usluban xoslanishi va madaniy nutqni shakllantirish hamda rivojlantirish usullari
Download 113.46 Kb.
|
10-mavzu Nutqning usluban xoslanishi va madaniy nutqni shakllantirish hamda rivojlantirish usullari. (Lotincha) — копия
Topshiriq. Sayfi Saroyining berilgan baytidagi so‘zning o‘rnini bilish haqidagi fikriga munosabat bildiriladi: Oqil o‘z so‘zin o‘rnida so‘zlagay Ham javobini munosib ko‘zlagay. (Oqil odam so‘zni o‘z o‘rnida aytadi va javobini ham oldindan ko‘ra biladi. Bu o‘rinda so‘zlovchining dili va tili bir bo‘lishi, aytgan so‘ziga amal qilishi zarurligi, so‘zi boshqayu ishi boshqa bo‘lgan kishi nutqining qadri bo‘lmasligi nazarda tutiladi, ya’ni o‘tkir aql sohibining shaxsiyati masalasiga e’tibor qaratiladi)
Adabiy me’yor til unsurlaridan til qonuniyatlariga uyg‘un, jamiyat taraqqiyotining muayyan davrida barqarorlashgan ijtimoiy-nutqiy amaliyot va an’anaga muvofiq holda foydalanish qoidalari bo‘lib, o‘zbek adabiy tilida quyidagi me’yorlar farqlanadi: 1) leksik (so‘z qo‘llash) me’yorlar; 2) talaffuz me’yorlari; 3) so‘z yasalishi me’yorlari; 4) morfologik me’yorlar; 5) sintaktik me’yorlar; 6) uslubiy me’yorlar. To‘g‘rilik sifati nutq tarkibi va qurilishining amaldagi adabiy til me’yorlariga to‘la mosligi asosida yuzaga keladi. Adabiy til me’yorlariga amal qilinmasdan tuzilgan nutq to‘g‘ri nutq bo‘lmaydi. Madaniy nutqning boshqa barcha kommunikativ sifatlari ayni shu to‘g‘rilik mavjud bo‘lgandagina yuzaga kela oladi. Zotan, to‘g‘ri bo‘lmagan nutqning aniqligi yoki mantiqiyligi, ifodaliligi yoki boyligi haqida gapirish mumkin emas. Ona tili xazinasidan kerakli grammatik shakllarni tanlash va ularni joy-joyida ishlatish, nutqni to‘g‘ri tuzishga erishish, har bir til birligini o‘rniga qo‘yib talaffuz qilish nutq madaniyatining asosiy talablaridan biri sanaladi. Aytish joizki, nutqning to‘g‘riligi boshqa barcha kommunikativ sifatlarning poydevori vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham nutqning to‘g‘riligi nutq madaniyatining birinchi bosqichi bo‘lib, maktab ona tili ta’limining asosiy maqsadi ham o‘quvchilarda aynan to‘g‘ri nutq tuzish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan. Ba’zan badiiy adabiyotda muayyan estetik maqsad bilan adabiy til me’yorlaridan chekinish holatlari ham kuzatiladi va ular badiiylik uchun xizmat qiladi. Nutqning to‘g‘riligi uning adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishidir. Darslikdagi nazariy ma’lumotda adabiy tilning yozma shaklida to‘g‘rilik sifatining ta’minlanishi uchun ikki me’yorga amal qilish lozimligi uqti rilgan. Bu me’yorlar quyidagilardan iborat: 1) imlo (orfografik) me’yorlari; 2) tinish belgilari (punktuatsion) me’yorlari. Quyida adabiy til me’yorlari yuzasidan to‘liq ma’lumotlar keltirilgan: Talaffuz me’yorlari. Unli va undosh talaffuzi, so‘z tarkibidagi qo‘sh va yondosh unlilar talaffuzi, tutuq belgili so‘zlar talaffuzi, kishilarning ism-familiyalari, qisqartma otlar, qo‘shma fe’llar, so‘z birikmalari, morfologik ko‘rsatkichlar, so‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalar talaffuzlari. Morfologik me’yorlar. Adabiy til dialekt va shevalardan o‘z morfologik me’yorlariga ko‘ra ham farqlanadi. Buni biz adabiy tilda so‘zlarning kelishiklarda turlanishi, fe’llarning tuslanishi, son-miqdor tushunchalarning ifodalanish usullarida, shuningdek, so‘z va so‘z shakllarining yasalish xususiyatlarida ko‘ramiz. Sintaktik me’yorlar. Ega-kesimning mosligi, ikkinchi darajali bo‘laklarning ularga bog‘lanish qonuniyatlari. Imloviy me’yorlar. Adabiy til yagona va umumxalq yozuv me’yorlariga tayanadi. Bu me’yorlar maxsus ishlangan va kelishilgan imlo qoidalarida o‘z ifodasini topadi. Adabiy til imlo qoidalari bu til yozuvi, yozma shaklida foydalanuvchi barcha uchun umummajburiydir. Orfografik me’yorlar va bunga doir imlo qoidalari adabiy til yozma shaklining takomilida belgilangan omildir. Lug‘aviy me’yorlar. Har bir xalq tili o‘sha millat a’zolarining erkin va bemalol fikrlasha olishi uchun yetarli bo‘lgan so‘z boyligiga ega. Bir tilga mansub bo‘lgan bir sheva bu tilning boshqa guruh shevalaridan, jonli so‘zlashuv tili esa adabiy tilda qo‘llanuvchi so‘zlar miqdori, xarakteri, shakli, hatto ma’nosiga ko‘ra farqlanib turadi. Mana shunday xususiyat adabiy til bilan shevalar, jonli so‘zlashuv tili bilan adabiy til doirasida ham mavjuddir. Demak, tildagi barcha so‘zlar adabiy tilda qo‘llanilavermaydi. Imlo me’yorlari mutaxassislar tomonidan til qonuniyatlari, shuningdek, tarixiy an’analarga suyangan holda aniq qoidalar shaklida tayyorlanadi va tegishli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi. Bu qoidalar ayni paytda imlo lug‘atlarida o‘z aksini topadi. Imlo qoidalari savodxon- likni ta’minlashning asosi hisoblanadi. Yozuv madaniyatini shakllantirishda tinish belgilarini qo‘llash qoidalarining alohida ahamiyati bor. Tinish belgilari yozuvning harflar, raqamlar kabi boshqa vositalari hamda so‘zlar, morfemalar kabi til birliklari bilan ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan turlicha fikriy munosabatlarni, psixologik va intonatsion holatlarni ifodalashda favqulodda muhim o‘rin tutadi. Bu belgilar tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini ta’minlashda benihoya zaruriy vositadir.
Download 113.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling