Topshiriq. Berilgan gaplardagi imlo me’yorlariga amal qilinmagan oʻrinlarni aniqlang. 1. Fuqarolar yigʻinlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishda jamoatchilik komissiyalarining oʻrni sezilarli boʻlayapti. 2. „Barakalla, ota oʻgʻil, bopladingiz!“ Oʻgʻli Hasanboyni bagʻriga mahkam bosib, shunday deyishni diliga tukkan Ma’rufjon Hayitboyevni suhbatga tortamiz. (Gazetadan)
Yechim: 1- gap kesimi xato yozilgan. -yap shakli undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilib, -ayap holida talaffuz qilinsa ham, -yap yoziladi: bo‘lyapti. Ikkinchi gapdagi -gan o‘tgan zamon sifatdoshi k, q undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilgandagina talaffuzda va imloda -kan, -qan shakliga aylanadi, lekin tugmoq so‘zining asosi tug so‘zi bo‘lgani uchun tuggan tarzida yoziladi
1. Gaplar bilan tanishiladi (o‘qish).
2. Gaplardagi bugungi adabiy me’yorlarga zid holda qoʻllangan soʻzlar aniqlanadi (gapirish).
3. Ular muvofiq muqobili bilan almashtirib yoziladi (yozish).
Yechim:
T.r.
|
Gapda berilgan birlik
|
Muqobili
|
|
Ilmgoh
|
ilm maskani, oliygoh, institut, universitet, oliy o‘quv dargo
|
|
Bilimgoh
|
|
Nomini tutib
|
nomini aytib
|
|
Nohiya ro‘znomasi
|
tuman gazetasi
|
|
Ro‘znomasida
|
gazetasiga
|
|
Jarida
|
jurnal, to‘plam
|
Do'stlaringiz bilan baham: |