10-mavzu: Nutqning usluban xoslanishi va madaniy nutqni shakllantirish hamda rivojlantirish usullari
Texnika – ishlab chiqarishda qo‘llanadigan mexanizm, moslama kabi mehnat qurollari
Download 113.46 Kb.
|
10-mavzu Nutqning usluban xoslanishi va madaniy nutqni shakllantirish hamda rivojlantirish usullari. (Lotincha) — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Korxonaga yangi zamonaviy texnika o‘rnatildi. 2. Korxonaga yangi zamonaviy texnologiya joriy etildi.
Texnika – ishlab chiqarishda qo‘llanadigan mexanizm, moslama kabi mehnat qurollari.
Bu so‘zlar qo‘llanishi va ma’no ifodalashiga ko‘ra gaplar juftligida almashib qolgan. 1-gapda „texnika“ so‘zini, 2-gapda „texnologiya“ so‘zini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi: 1. Korxonaga yangi zamonaviy texnika o‘rnatildi. 2. Korxonaga yangi zamonaviy texnologiya joriy etildi. Nutqning mantiqiyligi Ta’rif: nutqning mantiqiyligi deganda, yaxlit bir tizim asosida tuzilgan, fikrlar rivoji izchil bo‘lgan, har bir so‘z (ibora) aniq maqsadda mos holda ishlatiladigan nutqni tushunamiz. Ta’rif darslikdagi topshiriq asosida mustahkamlanadi. Berilgan matn o‘qiladi va fikr mantig‘idagi buzilish haqida fikrlar o‘rtaga tashlanadi (o‘qish va gapirish). Husayn Boyqaroning nozik fahm-farosatiga o‘quvchilar baho beradilar. Yechim: nutqda til vositalarining mantiq qonuniyatlariga mos ravishda mazmuniy birikishi nutq mantiqiyligini yuzaga keltiradi. Yuqoridagi matn parchasida keltirilgan „U shu qadar goʻzal va nozikki, yogʻayotgan yomgʻir rishtasini ushlab, uning madadi bilan oʻzini oʻng lab oladi“ degan fikrda mantiqiylikning buzilish holati mavjud. Mazkur mantiqiy buzilish izohi sifatida matndagi „Yuqoridan pastga tushayotgan yogʻin rishtasi yiqilayotgan kishi uchun madad boʻla olmaydi“ degan jumlalarni keltirish mumkin. Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – to‘g‘rilik va aniqlik bilan chambarchas bog‘langandir, chunki grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifoda etish uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan leksik birlik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiy. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o‘quvchiga ifodalanayotgan fikrning to‘liq borib yetmasligiga, ba’zan umuman anglashilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Mantiqiylik shartlari: a) tushunchalar mantiqiyligiga rioya qilish; b) uslubiy me’yorga amal qilish; c) leksik-semantik va sintaktik me’yorga rioya qilish. Nutqni shakllantirishdagi e’tiborsizlik oqibatida ba’zan mantiqsizlik ham yuz beradi. Quyidagi misolga diqqat qilaylik: Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish rejalarini muddatidan oldin bajardilar. (Gazetadan) Gapda so‘zlarning tartibi to‘g‘ri bo‘lmaganligi, olti oylik birikmasining davlatga so‘zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur yetyapti (olti oylik davlat), fikrni bayon qilishda xatolik yuz beryapti. Nutqning mantiqiy bo‘lishi so‘zlovchi yoki yozuvchining tafakkur qobiliyati bilan bog‘liq. Shuning uchun mantiqiylik faqatgina til hodisasi sanalmasdan, tildan tashqarida bo‘lgan omil sifatida ham qaraladi. Ya’ni bunda notiqdan tilni yaxshi bilish bilan birga, o‘zi mulohaza yuritayot- gan mavzu atrofida keng bilimga ega bo‘lish ham talab qilinadi. Mavzuni mustahkamlash, o‘quvchilarning masalaning mohiyatini anglab yetishlari uchun 20 daqiqalik „Munozara daqiqalari“ tashkil et i- lishi maqsadga muvofiq. O‘quvchilar 2 guruhga – „Nazariyotchilar“ va „Amaliyotchilar“ga bo‘linadi. Yuqoridagi matn asosida bahs yuritadilar, har ikki tomon yakuniy xulosalarini bayon qiladi. (O‘qituvchi yo‘naltirib turadi, xolos 1. Yugurib charchamaydigan chayir mashinasi dam tepalikka, aylanma yo‘llar osha dam pastlikka, kishining nigohi tushsa yuragi shig‘illab ketadigan jarliklar yoqasidan o‘tib, yana ko‘tarilib qolardi. Yechim: 1) yugurib charchamaydigan – bu ifoda odamga nisbatan qo‘llanadi, texnikaning oyog‘i yo‘q va shu bois bu birikma noo‘rin qo‘llangan; 2) chayir so‘zi baquvvat, pishiq kabi ma’nolarda inson tabiati, jismoniy holatini ifodalashga xizmat qiladi. Lekin gapda mashina so‘ziga nisbatan o‘z ma’nosida ishlatish biroz mantiqsizlikni yuzaga keltiradi va ushbu birikmani faqat ko‘chma ma’nodagina badiiy mantiq bilan idrok etish mumkin; 3) 1- gapdagi mashinaning ko‘tarilib qolishi ifodasini ham parvoz ma’nosida tushunish mantiqsizlikni yuzaga kel tiradi. 2. Qiya, aylanma yo‘llarda ko‘p yurganiga qaramay, yigit juda ehtiyotkorlik bilan mashinani olib borardi. Yechim: olib borardi ifodasi aslida ko‘tarib yoki yetaklab bormoq kabi ma’noda tushuniladi. Shu bois ham jumladagi yigitning mashinani „olib borishi“ni o‘z ma’nosida emas, balki faqat obrazli ma’noda idrok etish joiz. Oddiy nutq uchun haydab borardi deyish mantiqan to‘g‘ri hi soblanadi. 3. Uning yoqimli qiliqlari, ovozi eshitilib ketganday bo‘ladi. (Mirmuhsin) Yechim: qiliq so‘zi „g‘ayritabiiy yoki nojo‘ya ish“ ma’nosida ishlatiladi. Shu bois „yoqimli qiliq“ bo‘lmaydi. Shuningdek, ovoz eshitiladi, lekin jumladagi „qiliqlari... eshitilib ketganday bo‘ladi“ ifodasida mantiqiy buzilish bor. Qiliqlari va ovozi so‘zlari eshitilib fe’liga bog‘langan. Aslida qiliqlar eshitilmaydi, ko‘zga ko‘rinadi. 4. Ko‘zim o‘ngidan hadsiz odamlar o‘tdi. Yechim: had so‘zi hudud, joyga nisbatan qo‘llanadi. Shu bois odmlarga nisbatan ishlatish mantiqan noto‘g‘ri. ma’nosini bildirib, hudud, joyga nisbatan qo‘llanadi. Shu bois odamlarga nisbatan ishlatilishi mantiqan noto‘g‘ri. 5. Qo‘llari, oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmay, o‘z-o‘zidan harakatlanar, uni qayoqqadir olg‘a eltardi. (M. Nasibullin) Yechim: olg‘a so‘zi oldinga ma’nosini bergani uchun qayoqqadir so‘zi ortiqcha. Eltardi fe’li ham bu yerda mantiqning buzilishini keltirib chiqargan.
Boyqush qarg‘ish olgan, qadimdan qolgan shunday gap bor. U qaysi xonadonga qo‘nib, ovoz chiqarsa, noxushlik alomatidan darak emish. (S. Ravshanov) Yechim: birinchi gapda qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘rni almashib qo‘llangan. Gapni boyqush qargʻish olganligi to‘g‘risida qadimdan qolgan shunday gap bor shaklida o‘qish jumlani tushunishni osonlashtiradi. Ikkinchi gapda ovoz chiqarsa fe’lining o‘rnida sayrasa fe’lini qo‘llagan ma’qul edi, shuningdek, ushbu gapdagi darak va alomat so‘zlari mantiqan bir xil ma’no ifodalagani uchun bittasi ortiqcha. 2. U nihoyatda ehtiyot bo‘lib harakat qilayotganini uyqu elitgan ko‘zlari bilan sezdi. (N. Jaloliddin) Yechim: ko‘z sezgi a’zosi emas, ko‘z bilan sezilmaydi, balki ko‘riladi. 3. Qish. Yanvar havosi juda sovuq. Laylakqor hadeb savalagani-savalagan. (S. Ravshanov) Yechim: savalamoq so‘zi, odatda, ko‘chma ma’noda yomg‘irga nisbatan ishlatiladi. Mazkur ifodani qorning yerga shiddat bilan tushishi manzarasini tasavvur etgan holda ko‘chma, obrazli ma’nodagina tushunishimiz mumkin. 4. Odamlar nochorlikdan, yegani narsasi yo‘qligidan ro‘za tutib yu rishibdi. (S. Ravshanov) Yechim: ro‘za tutmoq ko‘chma ma’noda qo‘llansa, mantiqiy buzilish bo‘lmaydi. Bu yerda mantiqning buzilishi shundaki, ro‘za nochorlikdan va yegani narsa yo‘qligidan tutilmaydi. Shu bois gapni odamlar nochorlik va yeyishga ovqatlari yo‘qligi sababli kunlarini ochnahor va roʻzador o‘tkazishardi tarzida o‘zgartirish orqali jumladagi ma’noni mantiqan to‘g‘rilash mumkin. Ilm-fanda faraz qilish yoki o‘ylab chiqarishga o‘rin yo‘q. Fanning rivojlanishi faqat kashfiyotga bog‘liq. Fanda fikr bildirish, ishonaman deyish – bilmagan bilan barobar. (Gazetadan) Yechim: ilm-fanda faraz qilish yangilikka olib boruvchi asosiy yo‘llardan biri sanaladi. Aynan faraz qilish bilan aksiomalar teoremaga aylanadi. Fikrlash tushunchasi esa bilish tushunchasiga juda yaqin. Bu yerda birinchi gap mazmunini keyingi gaplar inkor qilyapti. Hikoya va suhbatdan tashqari o‘zbek tilini yaxshi o‘rganish, unga qiziqishni uyg‘otish maqsadida til o‘rgatishga oid o‘yinlar, kichik- kichik she’rlar, badantarbiya va ashulalar berib boriladi. (S. Jo‘rayev) Yechim: badantarbiyaning til o‘rganishga mantiqan aloqasi yo‘q. Bundan tashqari, badantarbiya berib borilmaydi, balki bajariladi. Imzoga qo‘l qo‘yish mahalida gurs etib yerga quladi.(Gazetadan) Yechim: imzo qo‘ymoq va qo‘l qo‘ymoq aynan bitta narsa, shuning uchun imzo qo‘yish birikmasining o‘zi yetarlidir. Download 113.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling