10-mavzu: Nutqning usluban xoslanishi va madaniy nutqni shakllantirish hamda rivojlantirish usullari
MANTIQIYLIK VA GRAMMATIК VOSITALAR
Download 113.46 Kb.
|
10-mavzu Nutqning usluban xoslanishi va madaniy nutqni shakllantirish hamda rivojlantirish usullari. (Lotincha) — копия
MANTIQIYLIK VA GRAMMATIК VOSITALAR
Nutq mantiqiyligining asosiy lingvistik sharti leksik-semantik va sintaktik me’yorga amal qilishdir. So‘zlarni bir-biriga mazmunan bog‘lash, ular o‘rtasidagi grammatik aloqani to‘g‘ri shakllantirish sintaktik me’yorga amal qilishning asosiy sharti hisoblanadi. Mana bu misolda kuy va raqs so‘zlarining suxandon tomonidan uyg‘un tarzda qo‘llanib yuborilishi mantiqning buzi lishiga olib kelgan: Endi kuy va raqslar tinglab, dam oling. (Televideniyadan) Kuyni tinglash mumkin, ammo raqsni-chi? Ba’zan so‘zlarni tushirib qoldirishlar natijasida yuz beradigan metonimiya hodisasi hamma vaqt ham to‘g‘ri tushunilavermasligi mumkin: Oyposh xola gorchichnik qo‘yib bo‘lib, ketmoqchi edi, Davron uni qo‘yardaqo‘ymay choyga o‘tqazdi. (M.Jaloliddinova) Ko‘r-ko‘rona qilingan tarjimalar ham kulgili holatni yuzaga keltiradi: Erkak paypoqlar narxi 30 foizga arzonlashdi. („Mushtum“ jurnalidan) Tushuncha mantiqiyligi alohida olingan matnda fikriy ketma-ketlik, mantiqiy izchillik bo‘lishini taqozo qiladi. Ammo bu talabni nutqiy jarayonning hamma ko‘rinishlarida ham o‘rtaga qo‘yib bo‘lmaydi. Masalan, ilmiy va badiiy nutq uslublarida bu talabga qanday amal qilinishini olib ko‘raylik. Ilmiy uslubda yozilgan asarlar yaxlit bir qurilishga ega. Unda kirish, asosiy qism va xulosa mavjud bo‘lib, ular yagona bir halqaga birlashadi. Matnda fikrlar qat’iy izchillikda bayon qilinadi. Badiiy nutq qurilishi esa biroz boshqacha. Aytaylik, fikrlar bir maromda bayon etib kelinadi-yu, birdaniga uzilish yuz beradi va endi boshqa voqealar hikoya qilinib ketiladi. Bu narsa go‘yo mantiqiy izchillikka putur yetkazganday ko‘rinsa-da, aslida unday emas. Badiiy asarlarda, xususan, qissa, roman kabi janrlardagi keng ko‘lamlilik tas - vir kompozitsiyasini ana shunday tuzishni taqozo qiladi. Mantiqqa putur yet maganligi bunday asarlarning oxirida ma’lum bo‘ladi. Nutqning mantiqiy buzilishi, eng avvalo, so‘zlovchi va yozuvchi - ning tafakkur uquvi, qobiliyati bilan bog‘liq. Shuning uchun mantiqiylik faqatgina lisoniy hodisa sanalmasdan, balki tafakkur hodisasi ham sanaladi. Bunda mavzu bo‘yicha mavjud bilim asosida mulohaza yurgizish diqqatga sazovordir. So‘zlarning o‘zi ifodalayotgan narsa-hodisalarga mos ravishda fikrning aniq ifodalanishi narsa mantiqiyligi bo‘lsa, so‘z birikmalari, gaplar, hatto butun-butun matnlarning bir-biri ga mosligi, fikrni izchil davom ettirishga bo‘ysundirilishi tushuncha mantiqiyligidir. Xulosa qilganimizda, mantiqiy nutq deganda yaxlit bir tizim asosida shakllangan, fikrlar rivoji izchil bo‘lgan, har bir so‘z, ibora aniq, maqsadga muvofiq ravishda yuzaga keladigan nutqni tushunamiz. Darslikdagi topshiriqda qo‘yilgan muammo yechiladi. Berilgan gapni o‘qib, qaysi til vositasini noto‘g‘ri qo‘llash tufayli nutqning mantiqiyligi buzilgani izohlanadi. Sudning kimyoviy ekspertizasi T. Bo‘riyevning qo‘llari, kurtkasining chap cho‘ntagida maxsus kukun izlari mavjudligi, kukunlar tarkibi ham bir-biriga mosligi aniqlandi. (Gazetadan) Yechim: gap grammatik jihatdan noto‘g‘ri shakllantirilgan. Gapning egasi (sudning kimyoviy ekspertizasi) mavjud bo‘lsa-da, kesim maj hul nisbatda (aniqlandi) berilgan. Natijada, ega va kesimning shaxs-sonda moslashuvi buzilgan. Jumla qurilishini quyidagicha ikki xil tartibda berish mumkin: Sudning kimyoviy ekspertizasi tomonidanT. Bo‘riyevning qo‘llari, kurtkasining chap cho‘ntagida maxsus kukun izlari mavjudligi, kukunlar tarkibi ham birbiriga mosligi aniqlandi. Sudning kimyoviy ekspertizasi T. Bo‘riyevning qo‘llari, kurtkasining chap cho‘ntagida maxsus kukun izlari mavjudligini, kukunlar tarkibi ham birbiriga mosligini aniqladi. Download 113.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling