NUTQNING SOFLIGI
Mazkur mavzu nihoyatda dolzarb sanaladi. Dars avvalida tinglovchilar orasida „Qanday nutqni toza, sof deb ataymiz?“ degan savol asosida debat tashkil qilish tavsiya etiladi. Tinglovchilar o‘z fikrlarini imkon boricha misollar yordamida asoslab berishlariga alohida ahamiyat qaratish zarur. Debat yakunida o‘qituvchi tomonidan quyidagi ma’lumot yozilgan slayd ko‘rsatiladi: Nutqning sofligi deganda unda til birliklarining ishlatilishida adabiy til me’yorlariga amal qilishqilmaslik tushuniladi.
Nutqimizning sof, toza bo‘lishiga xalaqit beradigan lingvistik birliklar jadvali
|
Dialektizm
|
shevaga xos so‘z, ibora, grammatik shakllar, urg‘u va talaffuz
|
San, manglayi qara badkirdor, na sababdan mundoq yomon so‘zlarni elga tarqatding? (Mirmuhsin
|
|
|
Varvarizm
|
o‘rinsiz qo‘llangan chet so‘z va so‘z birikmalari
|
– Pozdravlyayu s baranom, aka Javlun, – dedi hayratda qolgan Mullaqand. – E malades. Ibi, bo bu eshok bachchaning dumiga nima bo‘ldi? (S.Ahmad)
|
|
|
Kanselarizm
|
rasmiy-idoraviy uslubga xos bo‘lgan so‘z va iboralar
|
O‘rtoq rafiqam! Ijozat berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy burchimizni namunali bajarib kelayotganimizga bir yil to‘lgan kunda sizni bevosita tabrik qilishga! (A.Qahhor)
|
|
|
Parazit so‘zlar
|
Nutqda odat tusiga kirib qolib, ko‘p qaytariladigan so‘z va birikmalar
|
Xo‘sh, bu gapni, shu... opang bilmasin-a, xo‘sh, tushundingmi?
|
|
|
Vulgar so‘zlar
|
dag‘al, haqorat so‘z va iboralar
|
– Betingni murdasho‘y ko‘rgurlar! Qari-qartang bir momoni gunohga botirgan senlarni Xudo ko‘tarsin! (T. Murod)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |