10-mavzu: Nutqning usluban xoslanishi va madaniy nutqni shakllantirish hamda rivojlantirish usullari


Publitsistik uslubning sintaktik xususiyatlari


Download 113.46 Kb.
bet11/27
Sana08.01.2022
Hajmi113.46 Kb.
#247202
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
10-mavzu Nutqning usluban xoslanishi va madaniy nutqni shakllantirish hamda rivojlantirish usullari. (Lotincha) — копия

Publitsistik uslubning sintaktik xususiyatlari:

1. So‘roq gaplar ko‘p ishlatiladi;

2. Uyushiq bo‘lakli gaplar keng qo‘llaniladi;

3. Undov gaplar ko‘p ishlatiladi;

4. Kirish bo‘lakli, kirish qurilmali gaplar keng qo‘llaniladi;

5. Shaxsi umumlashgan gaplar ko‘p ishlatiladi.

4-§. Ilmiy uslub

Ilmiy uslubda fan va texnikaning turli tarmoqlariga oid ilmiy asarlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari yoziladi. Bu uslub aniq, daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo‘lishi bilan boshqa uslublardan farqlanadi. Ilmiy uslub ham adabiy tilning ko‘rinishi bo‘lib, bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega: monologik belgilari bilan boshqa uslublardan ajralib turadi; obrazli tasvirlar bilan emas, balki aniq ma’lumotlarning xolis, umumlashgan xususiyatlarini ta’riflash, tushunchalarga muvofiq keladigan terminlar bilan ish ko‘radi. Kitobxonning his-tuyg‘usiga emas, ongiga ta’sir etadi.

Ilmiy uslubda har bir fanning o‘ziga xos terminlaridan foydalaniladi. Masalan, jinoyat, jazo, afv, hukm, ozodlikdan mahrum etish, davlat tili, davlat chegarasi, unitar davlat, tergov, alibi, kodeks yurisprudensiya tarmoqlarida; jamiyat, ong, tafakkur, mushohada falsafada va h.k. Ilmiy uslubda so‘zlar asosan o‘z ma’nosida qo‘llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo‘laklar, kirish so‘z va birikmalar, shuningdek, qo‘shma gaplardan ko‘proq foydalaniladi.

Ilmiy uslubda qo‘shma gaplardan shu sababli, shunday bo‘lsa, bunday vaqtda, shunga qaramasdan kabi vositalar yordamida bog‘lanuvchi ergash gapli qo‘shma gaplar ko‘proq ishlatiladi. Chunki bunday gaplar sabab va natija hamda boshqa munosabatlarni aniq ifodalay oladi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar bu uslubda kamroq ishlatiladi.

Ilmiy matn qurilishining mantiqiy izchil bo‘lishi unda boshlanmalar, gap qismlarini bog‘lash uchun shunday qilib, shu sababli, bundan keyin, ko‘rinadiki, shunga ko‘ra, shu bilan birga, aytilganlarga ko‘ra kabi so‘z va so‘z birikmalari qo‘llaniladi. Ko‘p qo‘llaniladigan birinchidan, bir tomondan, ikkinchi tomondan, xullas, demak shaklidagi kirish so‘z va birikmalar ham yuqoridagi maqsadlarga xizmat qiladi.

Ilmiy uslubda fikrning aniq bir shaxs tomondan bayon qilinayotgani sezilmaydi. Unda ko‘proq fe’lning majhul nisbatidan foydalaniladi: dalillar keltirilgan, tajriba o‘tkaziladi, foydalaniladi. YUqorida ko‘rib o‘tilgan xususiyatlar ilmiy uslubning lisoniy belgilaridir. Bu belgilar mazkur uslubning boshqa uslublardan farqini ko‘rsatuvchi asosiy xususiyatlar hisoblanadi.




Download 113.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling