10-mavzu: Nutqning usluban xoslanishi va madaniy nutqni shakllantirish hamda rivojlantirish usullari


Download 113.46 Kb.
bet20/27
Sana08.01.2022
Hajmi113.46 Kb.
#247202
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
10-mavzu Nutqning usluban xoslanishi va madaniy nutqni shakllantirish hamda rivojlantirish usullari. (Lotincha) — копия

NUTQNING ANIQLIGI


Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifatlaridan biridir. Agar to‘g‘rilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili, zaruriy belgisi sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga xizmat qiladigan, tildan tashqarida bo‘lgan omillarni ham nazarda tutish lozim bo‘ladi. Nutqning aniqligi tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar bilan ularning nutqdagi atamasi bo‘lgan materiali o‘rtasidagi mutanosiblikni taqozo qiladi:

a) sinonimlardan o‘rinli foydalanish;

b) antonimlardan to‘g‘ri foydalanish;

c) ko‘chma ma’noli so‘zlarni o‘rinli qo‘llash;

d) so‘z birikmalarini to‘g‘ri qo‘llash;

e) iboralarni to‘g‘ri qo‘llash.

Nutq oldiga u aniq bo‘lishi kerak, deb talab qo‘yilganda til birligi hamda u ifodalayotgan tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi muvofiqlik tushuniladi. Masalaga shu talablardan kelib chiqib yondashiladigan bo‘lsa, nutq aniqligi nutq madaniyati va mas’uliyatining g‘oyat zarur sharti bo‘lib qoladi. Demak, nutqning aniqligi so‘zning tildagi ma’nosiga tamomila muvofiq tarzda qo‘llanishi, so‘zning voqelikdagi o‘zi ifodalayotgan narsa-hodisa bilan qat’iy mosligi asosida yuzaga keladigan kommunikativ sifatdir. Aniq nutq yaratish so‘zlovchidan quyidagilarni o‘rganish va ularga amal qilishni talab qiladi:

a) tilning sinonimik imkoniyatlarini bilish va sinonimik qatorlardan kerakli variantni ajratib nutqda qo‘llash;

b) nutqda ishlatiladigan so‘zning otlashgan ma’nolarini har tomonlama bilish; nojiddiy, taxminiy qo‘llashlardan qochish;

c) so‘zning ko‘p ma’noliligiga jiddiy e’tibor berish, ko‘p ma’noli so‘z nutqda qo‘llanganda o‘zining qaysi ma’noda ishlatilayotganligini aniq tasavvur qilish, fikr yuzaga chiqishida bu so‘zning boshqa ma’no qirralari monelik qilish-qilmasligini ko‘z oldiga keltirish; omonimlarning xususiyatlarini adabiy me’yoriy ifodalar bilan yetkazish. Tavsiflanayotgan voqelikni yaxshi bilish, tildagi so‘z ma’nolarini yetarli anglash, nutq mazmuniga e’tibor bilan qarash aniq nutq tuzish malakasining shakllanishi uchun imkon beradi. So‘z ma’nosi, uning nozikliklarini yaxshi o‘zlashtirmasdan turib, aniq nutq tuzib bo‘lmaydi. Ayni paytda aniq nutq tuzishda shakldosh, ma’nodosh, ko‘p ma’noli so‘zlar, paronimlar, so‘zlarning uslubiy bo‘yog‘i kabilardagi ma’no o‘ziga xosliklarini yaxshi tasavvur qilmoq zarur.



1-topshiriq. Surat – sur’at, toblanmoq – tovlanmoq, azm – azim,

asr – asir juftliklaridagi so‘zlarning ma’nolariga izoh bering. „O‘zbek tilining izohli lug‘ati“ yordamida ushbu paronim juftliklarning lug‘aviy ma’nosini aniqlaymiz: 1) surat – qo‘lda chizilgan rasm, tasvir yoki fotosurat; sur’at – ishharakat, voqea­hodisaning jadallik darajasi; 2) toblanmoq – taftida, alangasida isitmoq, qizdirmoq; tovlanmoq – rang-barang tuslanmoq, jilvalanmoq; 3) azm – qat’iy qaror, jazm; azim – g‘oyat katta, ulkan, zo‘r; 4) asr – yuz yillik davr; asir – ozodlikdan mahrum etilgan kishi. 2-topshiriq. Berilgan gaplarda qaysi so‘zlarni noto‘g‘ri qo‘llash bilan nutq aniqligiga putur yetganligini aniqlang.

1. Korxonaga yangi zamonaviy texnologiya o‘rnatildi.

2. Korxonaga yangi zamonaviy texnika joriy etildi.



Yechim: ushbu gaplarda qo‘llangan texnologiya va texnika so‘zlarining lug‘aviy ma’nosini „O‘zbek tilining izohli lug‘ati“ yordamida aniqlashga harakat qilamiz. Texnologiya – ishlab chiqarish jarayoni, usul va vositalari haqidagi bilimlar majmuyi.


Download 113.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling