Reja: Fonetika haqida umumiy ma’lumot. Tilning fonetik vositalari. Nutq apparati, uning tuzilishi Nutq tovushlari. Tayanch tushunchalar


Download 25.49 Kb.
bet1/6
Sana20.12.2022
Hajmi25.49 Kb.
#1036577
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Fonetika


Reja:
1. Fonetika haqida umumiy ma’lumot.
2. Tilning fonetik vositalari.
3. Nutq apparati, uning tuzilishi
4. Nutq tovushlari.
Tayanch tushunchalar:
1. Fonetika.
2. Nutq tovushlari.
3. Fonema.
4. Nutq azolari.
5. Nutq apparati.


FONETIKA

Fikr gap orqali ifoda qilinadi. Gap, odatda so`zlardan tashkil topadi. Gap tarkibida so`zlar va shu so`zlarning o`zaro bog`lanishini ta’minlovchi grammatik vositalar (qo`shimchalar, yordamchi so`zlar) ma’lum nutq tovushlari orqali shakllanadi. Masalan: Biz ulug` ayyomni mana shu cho`lda kutib olyapmiz (Y. Shamsharov). Bu gapni tuzishda biz, ulug`, ayyom, mana, shu, cho`l, kutib, olmoq so`zlari, ularning o`zaro bog`lanishini ta’minlovchi –ni (tushim kelishigi qo`shimchasi), -yap (zamon ma’nosini ifodalovchi qo`shimcha), -miz (shaxs-son qo`shimchasi) qo`shimchalari qatnashgan; har bir so`z va qo`shimcha esa nutq tovushlari vositasida (masalan, biz - b, i, z; ulug` - u, l, u, g`; -ni - n, i; -da - d, a kabi) shakllandi.


Ko`rinadiki, nutq tovushlari so`z va gaplarni tuzishda moddiy baza hisoblanadi, chunki inson tili tovush tilidir.
Fonetika tilshunoslikning bir bo`limi bo`lib, unda nutq tovushlari, ularning hosil bo`lishi, turlari, o`zgarishi, urg`u, bo`g`in, ohang kabilar o`rganiladi. Fonetika grekcha phone so`zidan olingan bo`lib lug`aviy ma’nosi tovush demakdir.
Fonologiya so`zi tarjima qilinganda “tovush haqidagi ta’limot” degan ma’noni bildiradi (phone – tovush, logos - ta’limot). Bu bo`limda tovushlarning so`z va morfemalar ma’nolarini farqlashdagi roli bayon qilinadi. Agar fonetika bo`limida tovushlarning fiziologik-akustik xususiyatlari tekshirilsa, fonologiyada, ta’bir joiz bo`lsa, tovushning ijtimoiy mohiyati o`rganiladi.
Tovush va fonema
Tovush bilan fonemani o`zaro farqlash zarur. Tovush nutqning fonetik jihatdan bo`linmaydigan eng kichik birligidir, u ma’no ifodalamaydi, lekin har qanday so`z tovushlar vositasida shakllanadi. Masalan, a, d, m, o tovushlarini ma’lum bir tartibda talaffuz qilish orqali odam, omad, moda singari boshqa-boshqa ma’nodagi so`zlar hosil qilinadi. So`zlar tovush tarkibiga ko`ra turlicha bo`ladi.
1. Bir tovush bilan farq qiladigan so`zlar: ot – ol, ol – oq, oq - osh, osh – ov, ov – oz, oz – on, on – or, or – os, os – och, och – og`, og` - ox; o`z – oz, oz – iz, iz – uz, uz – ez, davlat – savlat, adip – adib kabi.
2. Tovushlarning joylashish tartibiga ko`ra farq qiladigan so`zlar. Masalan: qo`y – yo`q (birinchi so`z tarkibidagi birinchi tovush ikkinchi so`zning oxirida qo`llanadi.)
3. Biror tovushning ortiqligi bilan farq qiladigan so`zlar: o`lka – yo`lka, et-bet,   sava – savat, tana – tashna, taxt – taxta, o`roq - so`roq kabi.
Demak, so`zlar tovushlardan tuziladi, ular bir, ikki, uch, to`rt va hokazo miqdordagi tovushlarning tartiblashishidan hosil bo`ladi.
Fonema so`z ma’nosini farqlash uchun  xizmat qiladigan tovush turidir. Masalan: bal - bel –bil –bol – bo`l so`zlari tarkibidagi a, e(e), i, o, o` tovushlari so`z ma’nolarini belgilash (ajratish) ga xizmat qiluvchi fonemalardir:  bor, dor, zor, kor, nor, tor, xor, chor, qor so`zlari tarkibidagi birinchi tovushlar ( b, d, z, k, n, t, x, ch, q ) ham  shunday vazifa bajargan.  
Fonemalarning uch belgisi bor: 1. Akustikasi (eshitilishi). 2. Artikulyatsiyasi (aytilishi yoki talaffuzi). 3. Ma’no farqlashi (ba’zi darsliklarda “lingvistik tomoni” deyiladi)[1].
Bular ichida fonemaning ma’no ajratish belgisi muhim hisoblanadi. Aks holda tovush fonema sanalmaydi.

Download 25.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling