Reja: Fonetika haqida umumiy ma’lumot. Tilning fonetik vositalari. Nutq apparati, uning tuzilishi Nutq tovushlari. Tayanch tushunchalar


Download 25.49 Kb.
bet2/6
Sana20.12.2022
Hajmi25.49 Kb.
#1036577
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Fonetika

Fonetik akustika
Fonetik akustika nutq tovushlarining fizik xususiyatlarini tekshiradigan sohadir. Akustik jihatdan har qanday tovush havo
oqimining tebranishi va bu tebranishning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari esa o`pkadan kelayotgan havo oqimining un paychalari tebranishidan hosil bo`ladigan ovoz va nutq organlarida hosil bo`ladigan shovqinning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari akustikasida ko`yidagilar farqlanadi:
1. Nutq tovushlarining balandligi yoki pastligi ma’lum vaqt ichida un paychalarining tebranish miqdoriga ko`ra har xil chiqishidir: un paychalari ko`p tebransa, tovush baland bo`ladi, aksincha, un paychalari kam tebransa, tovush past chiqadi. 
2. Nutq tovushlarining kuchi ma’lum kenglikdagi maydondan ma’lum vaqtda o`tadigan energiya miqdoridir. Bu haqda tilshunos olim H.Jamolxonov shunday yozadi: “Tovushning kuchi (intensivligi) - 1 sm2 maydondan 1 sekundda o`tadigan energiya miqdoridir”[2] Demak, nutq tovushlarining kuchi un paychalari tebranishi kengligiga bog`liq: tebranish kengligi katta bo`lsa, tovush kuchli chiqadi, bu kenglik kichik bo`lsa, tovush ham kuchsiz chiqadi.
3. Nutq tovushlarining tembri (sifati) – asosiy ton bilan hosil bo`ladi. Tovushlarning tembri og`iz bo`shlig`i va burun bo`shlig`ining hajmi, shakliga, tovush paychalarida shovqinning qanday hosil bo`lishiga bog`liq.
4. Tovushning cho`ziqlik darajasi un paychalarining tebranishi davom etgan vaqt bilan o`lchanadi. Tebranish uzoq davom etsa, tovush cho`ziq; tebranish qisqa davom etsa tovush qisqa bo`ladi.
Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi
Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan organlar nutq a’zolari deb yuritiladi. Artikulyatsiya deganda esa nutq a’zolarining nutq tovushlarini hosil qilishdagi faoliyati anglashiladi.
Nutq a’zolariga quyidagilar kiradi:
1. Nafas apparati: o`pka, bronxlar (bir juft), nafas yo`li (traxeya).

Download 25.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling