10-mavzu: Nutqning usluban xoslanishi va madaniy nutqni shakllantirish hamda rivojlantirish usullari


Download 113.46 Kb.
bet26/27
Sana08.01.2022
Hajmi113.46 Kb.
#247202
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
10-mavzu Nutqning usluban xoslanishi va madaniy nutqni shakllantirish hamda rivojlantirish usullari. (Lotincha) — копия

NUTQNING SOFLIGI VA BADIIY NUTQ

Namunaviy nutq hozirgi o‘zbek adabiy tili talablariga mos holda shakllangan bo‘lishi, turli g‘ayriadabiy va g‘ayriaxloqiy til birliklaridan xoli bo‘lishi kerak. Bu masalaning til jihati bo‘lib, nutqiy soflikning tildan tashqari – paralingvistik jihatlari ham undan kam bo‘lmagan ahamiyatga ega. Chunki u boy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga ega bo‘lgan va bugun mustaqillik davrida yashab, dunyo hamjamiyati bilan teng mavqeda muloqotda bo‘layotgan o‘zbek xalqining madaniy darajasiga mos bo‘lishi lozim. Badiiy nutqda nutqning sofligi o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Nutqimizning sof bo‘lishiga xalaqit berayotgan lingvistik elementlar qaysilar? Bular, asosan, dialektizmlar va varvarizmlardir. To‘g‘ri, ular

tilimizda ishlatilishi kerak, busiz bo‘lmaydi. Chunki badiiy adabiyot ti li- da dialektizm va varvarizmlar ma’lum badiiy-estetik vazifani bajarishi, muallifning ma’lum g‘oyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat qilishi mumkin. Dialektal so‘zlarning badiiy adabiyotda o‘rni bilan ishlatilishi faqatgina maqsadga muvofiq bo‘lib qolmasdan, adabiy tilimizning boyib borishiga, umumxalq tilidagi ayrim elementlarning saqlanib qolishiga xizmat qilishi ham mumkin. Shuning uchun ham dialektizmlar va

adabiy til doirasida me’yorni belgilash tilimizdagi mas’uliyatli masalalardan biri sanaladi. Aytaylik, muallif milliy ruhni bermoqchi, asar qahramonining qayerlik ekanligiga ishora qilmoqchi yoki boshqa bir maqsadni ko‘zlagan bo‘lsin. Ana shunday paytlarda tilning bu unsurlariga murojaat qilish hatto zarur. Badiiy nutqda qahramonning muayyan hududga mansubligini ta’kidlash maqsadi bilan shevaga oid so‘z, ibora, grammatik shakllar, personajlarning milliy mansubligi, madaniy-ma’rifiy saviyasiga urg‘u berish uchun o‘zbek tiliga kirib o‘zlashmagan chet so‘z va so‘z birikmalari, qahramon ichki dunyosi, tarbiyalanganlik darajasini bo‘rttirib ifodalash niyatida dag‘al va haqorat so‘z-iboralar, shaxsning hissiy holati, nutqiy malakasining yetarli emasligini ko‘rsatish uchun haligi, masalan,

innaykeyin, уa’ni, aytaylik, bildingizmi, tushundingizmi, men sizga aytsam, gap shundaki, qarang kabi o‘z ma’nosidan begona qilingan, ya’ni

ishlamaydigan so‘z va iboralar ishlatilishi mumkin. Ta’kidlash joizki, rasmiy-idoraviy qoliplashgan so‘z va iboralar rasmiy uslubdagina qo‘llanadi, ularni boshqa uslublarga olib kirish maqsadga muvofiq emas. Hatto badiiy asarda ham ularning maqsadsiz ishlatilishi o‘rinli bo‘lmaydi. Ammo personajning madaniy-ma’naviy saviyasini



kinoyaviy ta’kidlash maqsadida, ya’ni estetik maqsad bilan rasmiy- idoraviy qoliplashgan iboralarning badiiy matnda qo‘llanishi kuzatiladi. Shuni yodda tutish muhimki, tilda kanselarizm, parazit so‘zlar va vulgarizm unsurlarini qo‘llashga ijobiy hodisa sifatida emas, balki me’yorning buzilishi deb qarash hamda ularni nutqda qo‘llamaslik lozim. Xullas, nutqimizning sofligi uchun kurash undan foydalanuvchi har bir kishining vazifasi bo‘lishi kerak. Ana shundagina umummilliy til madaniyati haqida gapirishimiz mumkin bo‘ladi. Nazariy bilimni mustahkamlash uchun darslikka murojaat qilinadi. 1-topshiriq. Gaplarni o‘qing va shevaga oid birliklarning nima maq sadda qo‘llanganligini izohlashga harakat qiling. 1. Juringlar! Qaytishda cho‘milamiz! – dedi Oqboy. (Sh. Xolmirzayev) 2. Shuytib kepqolganman-da men bu yoqlarga, bolam. (Erkin A’zam) 3. Mana, Salomxon aytvotti, xijolat bo‘ladigan hech gap o‘tmabdi-ku. (Murod Mansur) 4. Sharif akamgila xat berib yubordila, – dedi. (Tohir Malik) Yechim: badiiy nutqda qahramonning muayyan hududga mansubligini ta’kidlash maqsadi bilan shevaga oid so‘z, ibora, grammatik shakllardan foydalanilgan: 1-gapda juringlar – yuringlar; 2-gapda shuytib – shunday qilib; 3-gapda aytvotti – aytyapti; 4-gapda akamgila – akamlar, yubordila – yubordilar. 2-topshiriq. Parchada tagiga chizilgan so‘zlarning qanday badiiy maqsadga xizmat qilayotganini tushuntiring. Muxbir: – Xo‘sh, xo‘sh, endi tak... kechirasiz, kelinlaringiz orasida mayin kuladigani bormi? Farmon: – Ha, bor. Mana, Sotti juda mayin, juda chiroyli kuladi. (Said Ahmad) O‘g‘ilginamni yaxshi bilasan, qo‘ydek yuvosh bola. Kelinim, yashamagur, uni ham rasvo qildi. Bolaginamga ega chiqib, burnidan ip o‘tkazib oldi bu dog‘uli. (Said Ahmad) Yechim: birinchi matnda shaxsning hissiy holati, nutqiy malakasining yetarli emasligini ko‘rsatish uchun parazit so‘z (xo‘sh, xo‘sh) va varvarizm (tak), ikkinchi matnda esa qahramonning ichki dunyosi, tar- biyalanganlik darajasini ifodalash niyatida vulgarizm unsurlari – dag‘al va haqorat so‘zlar (yashamagur, dog‘uli) ishlatilgan.


Download 113.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling