10-mavzu: O'qituvchining umumiy va kasbiy madaniyati


Download 31.78 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi31.78 Kb.
#1764634
Bog'liq
10-mavzu O\'qituvchining umumiy va kasbiy madaniyati-fayllar.org


10-mavzu: O'qituvchining umumiy va kasbiy madaniyati




10-mavzu: O'qituvchining umumiy va kasbiy madaniyati. 
1.Madaniyat tushunchasi.
2.Pedagogik madaniyatning tuzilishi.
3.Professional madaniyat.
4.Kasbiy pedagogik madaniyat.
5.Ijtimoiy madaniyati. 11.O‗qituvchining kasbiy va shaxsiy sifatlarini rivojlantirish.
Professional va shaxsiy o'zini o'zi belgilash, shakllanishida o'z-o'zini takomillashtirish
va o'z-o'zini rivojlantirish. Professional va shaxsiy sifat komponentlari.
Madaniyat tushunchasi va uning mazmun mohiyati
Madaniyat - jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan
darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular
yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi. «Madaniyat» tushunchasi
muayyan tarixiy davr (antik Madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (oʻzbek
Madaniyati), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining oʻziga xos sohalari (mas,
mehnat M. i, badiiy Madaniyat, turmush Madaniyati)ni izoxlash uchun qoʻllaniladi. Tor
maʼnoda «Madaniyat» atamasi kishilarning faqat maʼnaviy hayoti sohasiga nisbatan
ishlatiladi.
"Falsafa" qomusiy lug'ati bo'yicha "Madaniyat" so'zi (arabcha- madinalik, yaniy
shaharlik ta'lim-tarbiya ko'rganlik) degan ma'nolarni anglatadi va tabiat hamda o'zaro
muosabatlarda aks etadigan inson faoliyatining o'ziga hos usuli ekanligini takidlanadi.
Madaniyat alohida individning hayot faoliyati (shahsiy madaniyat)ni hamda ijtimoiy
guruhning
yoki
jamiyatning
hayot
faoliyati
usulini
aks
ettiradi.
Dastlabki madaniyat tishunchasi insonning tabiatiga maqsadiga muvofiq ta'siri (yerni
ishlash va hakozolar) hamda insonninhg o'zini tarbiyalash va o'qitish ma]nolarini
ifodalagan. keyinchalik madaniyat tushunchasi orqali sivilizatsiya bilan bog'lik mazmun
tushinila
boshlandi.
Madaniyat mohiyatiga ko'ra moddiy va ma'naviy madaniyatlarga bo'linadi. Kishilik
tarixining uzoq davrlarida yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratish jarayoni
quyidan yuqoriga, oddiylikdan murakkablikka, alohidan umumiylikka ega, o'ziga hos
uzluksiz jarayon hisoblanadi. takidlash joizki madaniy boyliklarning yaratilishi
jarayonidagi
barcha
bosqichlar
doimo
bir
-
birini
yo'ldirib
borgan.
Ibtidoiy davrda insoniyat tomonidan yaratilgan eng oddiy tosh qurollari bilan hozirgi
zamonaviy mehnat qurollari o'rtasida o'ziga xos bog'liqlik mavjud. Chunki birinchidan
agar ibtidoyi tosh qurollari mavjud bo'lmaganda edi, hozirgi zamon qurollari ham
vujudga kelmagan bo'lardi. Ikkinchidan ibtidoyi qurollarning, zamonaviy qurollarning



ham bajaradigan vazifasi bir hil.


«Madaniyat» arabcha madina (shahar) soʻzidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini
ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb
ataganlar. Badaviylik — koʻchmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga,
madaniylik — shaharda oʻtroq holda yashab, oʻziga xos turmush tarziga ega boʻlgan
xalqlarga nisbatan ishlatilgan. Oʻrta asr madaniyatining buyuk namoyandalari Abu Ali
ibn Sino, Beruniy va b. shahar turmush tarzini jamoaning yetuklik shakli sifatida talqin
qilganlar. Mac, Forobiy fikricha, har bir inson oʻz tabiatiga koʻra, «oliy darajadagi
yetuklikka erishish uchun intiladi», bunday yetuklikka faqat shahar jamoasi orqaligina
erishiladi. Uning taʼkidlashicha, «madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat)
shunday boʻladiki, bu mamlakatda har bir odam kasb-xunarda ozod, hamma
babbaravardir, kishilar oʻrtasida farq boʻlmaydi, har kim oʻzi istagan yoki tanlagan kasb-
hunar b-n shugʻullanadi. Odamlar chin maʼnosi bilan ozod yashaydilar». Alisher Navoiy
yetuk axloq, maʼrifatli va adolatli jamiyat, jamoa masalasini qayd etish bilan birga,
maʼnaviy yuksaklikka erishishning asosiy mezoni deb insonparvarlik gʻoyalariga
muvofiqlikni
tushundi.
19-asrning
ikkinchi
yarmida
maydonga
kelgan
demokratikmaʼrifatparvarlik harakatining namoyandalari Muqimiy, Furqat, Zavqiy,
Ahmad Donish, Avaz Oʻtar, Komil Xorazmiy va b. xalqni Madaniyat li qilishning omili
ilmmaʼrifatni egallashda deb bildilar. Ular oʻrta asr jaholatiga qarshi xalq oʻrtasida
ilmmaorif va Madaniyatni zoʻr ehtiros bilan targʻib qildilar. Mas, Furqat fikricha, ilmfan
bir mashʼ-al boʻlib, insoniyatning baxt-saodat yoʻlini yoritib turishi kerak. 19-a. ning
oxiri va 20-a. ning boshida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakati
namoyandalari, Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla
Avloniy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy va b. oʻzlarining maʼrifatparvarlik ishlari b-n
M. rivojiga muhim hissa qoʻshdilar. Ular turli gaz. va jur. lar chiqardilar, nashriyot va
bosmaxonalar tashkil etdilar, kutubxonalar, teatrlar, yangicha maktablar ochdilar,
oʻtmish madaniyatimizni, tariximizni targʻib qildilar, dunyoviy bilimlarni chuqur
egallashga daʼvat etdilar. Maʼrifatchilikning keng quloch yoyishi samarasi oʻlaroq,
xalqning umummadaniyati yuksala bordi. Yevropada «Madaniyat» deyilganda dastlab
insonning tabiatga koʻrsatadigan maqsadga muvofiq taʼsiri, shuningdek, insonga
taʼlimtarbiya berish tushunilgan (lot. cultura — yerni ishlash, parvarishlash; ruschadagi
«kultura» soʻzi ham shundan olingan). Madaniyat faqat mavjud norma va urf-odatlarga
rioya qilish qobiliyatini rivojlantirishni emas, balki ularga rioya qilish istagini
ragʻbatlantirishni ham oʻz ichiga olgan. Madaniyatga bunday ikki yoqlama yondashuv



har qanday jamiyatga xos (mas, Qad. Xitoyda jen, Hindistonda dxarma). Ellinlar


«madaniyatsiz»
varvarlardan
oʻzlarining
asosiy
farqini
«paydey»,
yaʼni
«tarbiyalanganlik»da deb bilganlar. Qad. Rimning soʻnggi davrlarida «Madaniyat»
tushunchasi ijtimoiy hayotning shahar turmush tarzini ifodalovchi mazmunlar bilan ham
boyigan va oʻrta asrlarga kelib keng tarqalgan. Bu tushuncha keyinchalik kelib chiqqan
sivilizatsiya tushunchasiga yaqin turadi. Yevropada Maʼrifatchilik davrida Madaniyat va
sivilizatsiyaning «tanqidi» vujudga keldi (J. J. Russo). Bunda «madaniy» millatlarning
buzilganligi va axloqiy tubanlashganligiga taraqqiyotning patriarxal bosqichida boʻlgan
xalqlar axloqining soddaligi va sofligi qarshi qoʻyildi. Nemis faylasuflari bu ziddiyatli
holatdan chiqishning yoʻlini «ruh» doirasidan, axloqiy (I. Kant), estetik (F. Shiller,
romantiklar) yoki falsafiy (G. Gegel) ong doirasidan qidirdilar. Ular bu ong sohalarini
haqiqiy Madaniyat va inson taraqqiyotining omillari deb bildilar. 19-a. oxiridan boshlab
«lokal sivilizatsiya» (O. Shpengler) degan qarash yuzaga keldi. Bu gʻoya sivilizatsiyani
muayyan jamiyat taraqqiyotining soʻnggi bosqichi sifatida olib qaradi. Fan-texnika
taraqqiy topgan sharo-itda koʻpgina sotsiologlar va madaniyatshunoslar Madaniyatning
yagona gʻoyasini izchil amalga oshirish mumkin emas, degan qoidani ilgari surdilar. Bu
politsentrizm, Gʻarb bilan Sharqning azaldan qarama-qarshiligi va ijtimoiy
taraqqiyotning boshqa umumiy qonuniyatlarini inkor etuvchi nazariyalarida oʻz ifodasini
topdi. Madaniyatning ilmiy, tarixiy konsepsiyalariga qarama-qarshi oʻlaroq, marksistik
nazariya ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi, ishlab chiqaruvchi kuchlar b-n ishlab
chiqarish munosabatlarining oʻzaro munosabati haqidagi qoidalardan kelib chiqib,
antagonistik jamiyatlarda Madaniyatning sinfiy xarakteri haqidagi qoidalarni ilgari surdi.
Antagonistik formatsiyalarda har bir milliy Madaniyatda ikki Madaniyat borligi haqidagi
lenincha qarash «hukmron ekspluatatorlik» M. iga «progressiv demokratik» va
«sotsialistik» M. elementlarini qarama-qarshi qoʻydi. Ana shu qoidadan kelib chiqib,
mustabid sovet tuzumi davrida amalga oshirilgan «madaniy inqilob» natijasida koʻpgina
xalqlar Madaniyat ining ajoyib durdonalari yoʻq qilinib, madaniy merosning milliy
ildizlari barbod etildi. Madaniyat — umuminsoniy hodisa, faqat bir xalqqa tegishli, faqat
bir xalqning oʻzigina yaratgan sof Madaniyat boʻlmaydi va boʻlishi ham mumkin emas.
Har bir milliy Madaniyatning asosiy qismini shu millat oʻzi yaratgan boʻlsada, unda ja-
hon xalqlari yaratgan umuminsoniy Madaniyatning ulushi va taʼsiri boʻladi, albatta.
Madaniyat hech qachon sinfiy hodisa boʻla olmaydi. U barchaga baravar xizmat qiladi.
Mas, sanʼat va adabiyot durdonalari, meʼmorlik obidalari, maqomlar, fan yutuqlari va b.
barchaga tegishlidir. Madaniyat kishilar faoliyatining faqat moddiy natijalari
(mashinalar, texnik inshootlar, sanʼat asarlari, huquq, axloq normalari va h. k.)ni emas,



shu bilan birga, kishilarning mehnat jarayonida voqe boʻladigan subyektiv kuch-


quvvatlari va qobiliyatlari (bilim va koʻnikmalari, i. ch. va professional malakalari,
intellektual, estetik va axloqiy kamoloti, dunyoqarashi, ularning jamoa va jamiyat
doirasidagi oʻzaro muomalalari)ni ham oʻz ichiga oladi. I. ch. ning 2 asosiy turi —
moddiy va maʼnaviy i. ch. ga qarab Madaniyat moddiy va maʼnaviy Madaniyatga
boʻlinadi. Moddiy Madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalarini hamda uning
natijalari (mehnat qurollari, turar joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim-kechak,
transport, aloqa vositalari va b.)ni oʻz ichiga oladi. Maʼnaviy madaniyatga ong,
maʼnaviyat sohalari kiradi (bilim, axloq, taʼlimtarbiya, huquq, falsafa, etika, estetika, fan,
sanʼat, adabiyot, mifologiya, din va b.). Har bir jamiyat oʻz Madaniyat tipiga ega.
Jamiyatlarning almashinishi bilan Madaniyat tipi ham oʻzgaradi, biroq bu hol M.
taraqqiyoti uzilib qolganini, eski Madaniyat yoʻq boʻlib madaniy meros, oʻtmish
qadriyatlardan voz kechilganini anglatmaydi. Zotan, har bir yangi jamiyat oʻzidan
ilgarigi jamiyatning madaniy yutuklarini zaruriy ravishda meros qilib oladi va ularni
ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimiga kiritadi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach,
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida boʻlganidek, Madaniyat sohasida ham tub
oʻzgarishlar yuz berdi. Shaklan ham, mazmunan ham Madaniyatning rivojlanishi uchun
keng imkoniyatlar yaratildi. Oʻzbekistonning mustaqil rivojlanishga utishi milliy
Madaniyatga sinfiy yondashishdan, uni sunʼiy tarzda «yagona umummadaniyat»ga
aylanishdan saqlab qoldi. Shuni ham taʼkidlash lozimki, mustaqillikkacha boʻlgan
soʻnggi yetmish yil davomida Madaniyat hukmron mafkura, mustabid tuzum tazyiqida
Gʻarb Madaniyat iga taqlid ruhida rivojlandi. Ikkinchidan, milliy Madaniyatning boy
oʻtmishi bir yoklama oʻrganilib, uning koʻpgina bebaho durdonalaridan xalqimiz bebahra
boʻlib keldi. Oʻzbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jamiyatni yangilash
sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan bir qatorda Madaniyatni yuksaltirishga ham
alohida eʼtibor berilmoqda. Xalqimizning maʼnaviy qadriyatlariga hurmat bilan
munosabatda boʻlish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, muqaddas dinimiz,
urfodatlarimizni, tarixiy, ilmiy, madaniy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga
koʻtarildi. «Davlat tili toʻgʻrisida»gi (1989-y. 21 okt.) qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy
da-sturi» (1997-y. 29 avg.)ning qabul qilinishi, Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi (1997-
y.), Oʻzbekiston davlat kon-servatoriyasi (2002-y.), Oʻzbek milliy akademik drama teatri
(2002-y.), estrada musiqasini rivojlantirish toʻgʻrisidagi va b. bir qancha qaror va
farmonlarning qabul qilinishi, bir qancha mutafakkir va allomalarimizning muqaddas
nomlari tiklanib, yubileylari xalqaro miqyosda keng ni-shonlanayotgani davlatimiz
tomonidan Madaniyatni rivojlantirishga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlikning amaliy



ifodasidir.


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta‘lim siyosatining muhim omillaridan biri
yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalashdan iborat.Inson shaxsi
haqida gap ketganda albatta ko‘z o‘ngimizda komillikka intilgan ma‘naviy jihatdan
yetuk jamiyatning taraqqiy etishiga munosib hissa qo‘sha oladigan yurt ravnaqining
buguni va ertasini o‘ylaydigan shaxsni keltiramiz.Shu o‘rinda pezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltiramiz: ―
Yoshlarimizning mustaqil
fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma`naviy salohiyatga ega bo`lib, dunyo miqyosida
o`z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo`sh kelmaydigan insonlar bo`lib kamol topishi,
baxtli bo`lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini
safarbar etamiz‖.
Pedagogik madaniyat –o‘qituvchining o‘quvchilar bilan munosabatlar jarayonida
zarur bo‘lgan umumiy axloqiy qoidalar majmuasi,pedagogning meyoriy-ma‘naviy
qarashlarga asoslangan odobidir.Ma‘lumki o‘qituvchilarda ma‘naviy –axloqiy,
xususan,pedagogik qiyofasini shakllantirish bo‘yicha o‘qituvchi - tarbiyachining olib
boradigan ishlari murakkab va ko‘p qirralidir.
Pedagogik madaniyat imkoniyat yaratgan pedagogik tajribalarni egallab olish orqali
ko‗p qirrali munosabatlar va muammolarni vujudga keltirishga yordam beradi, o‗zini
anglashni, o‗zini takomillashtirishni ta‘minlaydi.
Pedagogik madaniyat muammolari bo‘yicha F.N.Gonobolin, N.V.Ko‗zmin,
A.I.Sherbakov, A.A.Slastenin va boshqalar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan.
Bu tadqiqotlarda pedagogik faoliyatning turli xil sifatlari va ko‗rsatkichlari o‗rganilgan
va pedagogik faoliyat orqali o‗qituvchining pedagogik madaniyati darajasini, uning
mazmuni va mohiyatini anglaydilar.
E.A.Grishin pedagogik madaniyatni ifoda etib, o‗qituvchining quyidagi kasbiy
ahamiyatga molik sifatlarini ko‗rsatadi: - umumiy bilimdonlik;
- o‗z fanini bilish;
- pedagogik bilim va mahoratlarini doimiy rivojlantirib boorish;
- pedagogik kasbini sevish;
- odamiylik, haqiqatgo‗ylik va talabchanlik;
- ko‗zatuvchanlik, e‘tiborlilik va odoblilik.
V.A.Slastelin pedagogik madaniyatning integral ko‗rsatkichlari deb quyidagilarni
hisoblaydi:
- mutaxassislik sharafi va g‗ururini his etish;
- jamiyatga xizmat qilish shakli sifatida pedagogik faoliyatga tayyorlik darajasi.
V.A.Kan-Kapin pedagogik faoliyat madaniyati tizimiga quyidagilarni kiritadi: Ijodiy
individuallik- sezgi, farosat, odob, intuistiya. V.A.Kan-Kapin pedagogik faoliyatga
ijodiy jarayon sifatida qaraydi. Pedagogik mahoratga u pedagogik mahoratlilikni kiritib,
uni pedagogik madaniyatning bir qismi deb hisoblaydi. Pedagogik madaniyatning
muhim tashkil etuvchilari sifatida V.I.Pisarenko quyidagilarni ko‗rsatadi:
- intelegentlilik;
- bilimlar doirasining kengligi;



- kasbi bo‗yicha bilimlarining chuqurligi;


- ilmiy va ijtimoiy ma‘lumotlar oqimida yo‗l topa olish mahorati; - pedagogik
faoliyatda bilm va mahoratlardan foydalana bilishi.
Pedagogik madaniyat muamolarini o‗rganish. Bu tizimning quyidagi tashkiliy
qismlarini ajratib ko‗rsatishga imkoniyat beradi.
O‗qituvchining shaxsiy kasbiy pedagogik yo‗nalganligi. Bu komponent tizimini
tashkil etuvchi element hisoblanadi. U pedagogik jarayonning uning qiziqishlari,
layoqati, ishonchi, g‗oyalari orqali pedagog faoliyatni insonparvarlashtirishga
qaratilgan mustahkam sabablar to‗plamidan iborat bo‗ladi.
Pedagogik jarayoni tashkil etishda o‗qituvchining shaxsi kasbiy pedagogik
yo‗nalganligi quyidagilarni o‗z ichiga oladi.
G‗oyalarini (pedagogik vazifalarni keng ko‗ra olishi, pedagogik fikrlashi, rivojlanishi,
o‗zini
rivojlantirish
bilan
shug‗ullanishi,
pedagogik
o‗zaro
aloqalarda
professionalzmga erishish)
Qiziqishlari (fanga qiziqishi, psixologik-pedagogik bilimlarini takomillashtirishi,
o‗qituvchilarning ta‘lim darajasini va umumiy ma‘naviy madaniyatlarini oshirish)
Qadriyatli yo‗nalishlari (yuqori bilmga ega bo‗lish, tarbiyalash, o‗qituvchi va
rivojlantirish jarayonlarida o‗quvchilarini faollashtirish)
Bu tadqiqotlarning umumiy xulosalariga asosan, kasbiy pedagogik yo‗nalganlikning
muhim omili bo‗lib, o‗qituvchining insonparvarligi, uning o‗quvchilarga oliy qadriyat
sifatida
munosabati,
o‗quvchining shaxsi,
qadr-qimmatini
hurmat
qilish,
mehribonligini do‗stona talabchanligini, befarqlik kamsitish va shavqatsizlikka yo‗l
qo‗ymasligi hisoblanadi. Pedagogik faoliyatga iste‘dodi asosida sabablari
va maqsadlari yotadi. Sabablari pedagogning pedagogik faoliyatiga anglab etgan holda
intilishi bilan ifodalanadi.
Maqsadlari - bu o‗qituvchining kasbiy faoliyatida natijalarga erishishga intilishlaridir.
Shunday o‗qituvchi shaxsining kasbiy pedagogik yo‗nalganligi o‗zida uning
g‗oyalarini, qiziqishlarini, qadriyatli yo‗nalishlarini birlashtiradi va pedagogning
shaxsiy sifatlarini moslashtirishi haqiqiy imkoniyatlarini, uning o‗quv tarbiyaviy
jarayon talablari kasbiy darajasini aks ettiradi. Demak yoshlar va kasb tanlash kasbiy
o‘zlikni anglash va kasbiy shakllanishi sharoitida kasbiy qiziqishlari bilan bog‘liq
bo‘lgan muammolarning yechimini topishi lozim.Aks holda kasbiy madaniyat
bosqichlari o‘rtasidagi uyg‘unlik yo‘qoladi va mutaxasis talabga javob
bermaydi.Bo‘lajak o‘qituvchilarda asosan yuksak pedagogik madaniyatning
mavjudligi shu bilan o‘lchanadiki u tinib-tinchimaydigan shaxs bo‘lib doim izlanishda
bo‘ladi.Dars-mashg‘ulotlarini bir xil usulda emas balkim har bir mavzuga mos holda
turli xil metod va vositalardan foydalanishi bundan tashqari kiyinish va muloqot
madaniyatini ham alohida e‘tibor qaratishi zarur.
Jahon ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql-zakovati va ma‘naviyati
asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon



bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida yuqori saviyaga ega mutaxassislarni, mehnat


bozorida raqobatbardosh va innovatsion ta‘lim muxitida hamkorlikdagi faoliyatga qodir
pedagogik kadrlarni tarbiyalash muammosini yanada dolzarblashtirmoqda.
Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari rivojlanish yo‘lini tanlagan Yangi
O‘zbekistonda mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror
rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini
mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish, ta‘lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va
zamonaviy usullarni joriy etish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va
tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning
intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma‘naviy barkamol shaxs sifatida
shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish asosiy strategik vazifalar sifatida
belgilangan [1]. Bunda oliy ta‘lim muassasalarida malakali mutaxassislar tayyorlash
sifatini oshirishga xizmat qiluvchi mexanizmlarni takomillashtirish dolzarb muammo
hisoblanadi
Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida o‘z xatti-harakatlarini, his-tuyg‘ularini,
kayfiyatini nazorat qilishi kerak. Buning uchun u o‘zini chuqurroq anglashi lozim.
Har bir inson nafaqat o‘zining his-tuyg‘ularini va xatti-harakatlarini nazorat qilishi,
balki muayyan qoidalarga muvofiq fikrlash tarzini ham nazorat qila olishi kerak.
Mazkur holat bilan bog‘liqlikda pedagog-psixolog olimlar fikrlashning ikkita turini
ajratib ko‘rsatishadi: sanogen va patogen fikrlash.
Sanogen tafakkur (lotincha: ―sanus‖ – sog‘lom va yunon tilida – ―genezis‖ -
rivojlanish) his-hayajon, ichki kechinmalar, fikrlarni va emotsiyalarni boshqaruvchi,
sog‘lomlashtiruvchi tafakkur.
Patogen fikrlash bu insonning salomatligiga zarar yetkazuvchi salbiy qarashlar
yig‘indisi bo‘lib, u shaxsning o‘z-o‘zi va shaxslararo munosabatlar jarayonida vujudga
keladigan emotsional beqarorlik va ichki nizolar bilan izohlanadi.
Sanogen tafakkurning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqqan professor
Yu.M.Orlov insonning ruhiy salomatligi masalasiga to‘xtalib, quyidagi fikrni bildirib
o‘tadi: ―Sanogen tafakkur yuritish hayot falsafasining, ong va tana salomatligining eng
ishonchli yo‘llaridan biridir. Ushbu metodika yangi hissiy-aqliy odatlarni yuqori
darajada o‘zlashtirishga imkon beradi, o‘tmishdagi patogen fikrlash tajribasini
to‘playdi. Sanogen tafakkur inson ongini sog‘lomlashtirishning samarali usuli
hisoblanadi. Ya‘ni, insonning hayotiy faoliyati davomida yuzaga kelgan inqirozli
holatlarini ruhiy qo‘llab-quvvatlash yordamida, hissiy-emotsional o‘z-o‘ziga ta‘sir
ko‘rsatish orqali bartaraf etish usuli‖ [3, 19 b.].



O‘z mulohazalarini davom ettirib, olim quyidagi fikrlarni qat‘iy ta‘kidlab o‘tadi:


sanogen tafakkurning asosiy ahamiyati o‘z-o‘zini kamolga yetkazish maqsadlariga
erishish uchun sharoit yaratish, ya‘ni fe‘l-atvor hamohangligi, o‘z-o‘zi va atrofdagilar
bilan kelishish, shuningdek yomon odatlarni bartaraf etish, o‘z his-tuyg‘ularini
boshqarish, o‘z ehtiyojlarini nazorat qilish deb hisoblaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‗zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz. ―O‗zbekiston‖ 2016.
2.Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz. ―O‗zbekiston‖ 2017
3. Sh.Qurbonov. Ta`limning yangi qadiriyatlari. "Ma`rifat" 25sentyabr 1999., 75-
76 son.
4. M.Ochilov. O`qituvchi odobi. T., 1997 yil.
5. Safo Ochil. Mustaqillik ma‘naviyati va tarbiya asoslari. T., "O`qituvchi", 1995
yil.
6. A.Munavvarov. Pedagogika. T., "O`qituvchi", 1996 yil.
7. Xayrullayev M. M., Shorahmedov D. A., Madaniyat va meros. T., 1973.






http://fayllar.org
Download 31.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling