10 Mavzu: O‘simliklarni himoya qilish usullari. (2soat)


Kimyoviy kurash usuli va uni qo‘llash muammolari


Download 17.7 Kb.
bet2/3
Sana01.03.2023
Hajmi17.7 Kb.
#1240019
1   2   3
Bog'liq
10 Mavzu Amaliy

Kimyoviy kurash usuli va uni qo‘llash muammolari.I. Kimyoviy kurash usuli zararli organizmlarga qarshi kimyoviy kurash vositalari-pestisidlarni qo‘llashga asoslangan bo‘lib, bu usulni asosiy ustunligi zararli organizmlarga qarshi qisqa muddatlarda o‘z samarasini ko‘rsatishidir. Bundan tashqari, kimyoviy kurash vositalarini tashish va qo‘llash ishlarini to‘la mexanizasiya yordamida bajarish mumkin. Ammo, pestisidlarni qo‘llash albatga ekologik muammolarni inobatga olgan holda olib borilishi lozim. Shu munosabat bilan keyingi yillarda pestisidlarni asortimentiga va ularni qo‘llash usullariga ancha o‘zgartirishlar kiritildi. Kimyoviy kurash vositalaridan bundan keyingi foydalanish ham ekologik muammolarni e’tiborga olgan xolda olib borilishi lozim.
II.Zararkunandalarga qarshi yetarli ta’sir etish va foydali xasharotlarga zarar yetkazmaslik barcha yangidan yaratilgan pestisidlar oldiga qo‘yilgan asosiy talablardan biridir. Pestisidlarni zararli ta’sirini kamaytirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda izlanishlar olib borilmoqda.
1. Insonlarga kam zaharli, ekologik bezarar dorilar ishlab chiqarish.
2. Tanlab ta’sir etuvchi pestisidlar ishlab chiqarish.
3. Xasharotlarni rivojlanishini boshqaruvchi yangi moddalar (stimulyatorlar) ishlab chiqarish.
4. Qo‘llanishi qulay, atrof muxitda uzoq saqlanmaydigan samarali pestisidlar ishlab chiqarish.
5. Pestisidlarni qo‘llashni taktikasini takomillashtirish va bunda zararli aa foydali xasharotlarni biologik xususiyatlari, etnlarni rivojlanishi fenologiyalarini inobatga olish.
6. Pestisidlarni kumulyativlik (organizmlarda yig‘ilishi) xususiyatini kamaytirish.

III.Pestisidlarga bo‘lgan asosiy talablar:


1. Tanlab ta’sir etish;
2.Kumulyativlikni yo‘qligi;
3.Arzonligi;
4.Saqlash, tashish va qo‘llashga qulayligi;
5.Atrof muhitga kam zaharliligi va h.k.
Biologik kurash usuli va uni rivojlanish istiqboli
Biologik usul deganda qishloq xo‘jalik ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashda ularning tabiiy kushandalaridan, kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar va ularni hayotiy mahsulotlaridan foydalanishga aytiladi.
Bo‘g‘im oyoqlarining tabiiy kushandalari oziqlanish harakteri jihatidan entomofaglarga ya’ni xashoratlar bilan oziqlanadigan turlarga yoki akarifaglar ya’ni kanalar bilan oziqlanadigan turlariga mansubdir. Biologik kurash choralar bir nechta usulda olib boriladi. Tabiatda bo‘lgan tabiiy entomofaglardan foydalanish va ularning samaradorligini oshirish;
-tajavuzkor yuqori samarali entomofaglarni chetdan keltirib iqlimga moslashtirish;
-parazit va entomofaglarni laboratoriya sharoitida ko‘paytirib zararkunanda tushgan dalalarga qo‘yib yuborish;
-zararkunanda hashoratlarda chuqur kasallik jarayonini chaqiruvchi mikroorganizmlardan foydalanish7.
Hozirgi paytda bu usul bilan O‘zbekistonda bir qancha zararkunandalarga qarshi kurash chorasi olib boriladi. Masalan, tut daraxtiga katta zarar yetkazadigan komstok qurtiga qarshi 1947 yil olib kelingan Psevdofikus malinus paraziti, olma daraxtiga zarar yetkazuvchi qon bitiga qarshi subtropik rayonlardan keltirilgan Afilyunis mali paraziti yaxshi natija beryapti.
Keyingi usul bu entomofaglarni laboratoriya sharoitida sun’iy ravishda ko‘paytirib qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashdir. Hozirgi vaqtda respublikamizda 700 dan ortiq biolaboratoriyalar tashkil etilib, ularda g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar yetkazuvchi kuzgi tunlam va ko‘sak qurtiga qarshi parazit xashoratlardan trixogramma va brakon so‘ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi qo‘llaniladigan yirtqich hashorat oltinko‘z ko‘paytirilyapti.
Entomoakarifaglarni qo‘llash norma va sxemalariga rioya qilish lozim. Har bir entomofag yoki akarifaglarni qo‘llashda albatta zararkunanda va foydali hasharotlar o‘rtasidagi foydali nisbatlar inobatga olinadi. O‘zbekiston sharoitida hozirgi vaktda biologik usulda oddiy oltinkuz, oddiy trixogramma, brakon, beshiktebratar entomofaglari yoppasiga ko‘paytirilib qo‘llanilmoqda. Tabiatda zararli xasharotlar miqdorini kamaytirishda qushlar, umurtqali sudralib yuruvchilar, xonqizi qo‘ng‘izlari, afididlar va boshqa tabiiy kushandalar ham muhim rol o‘ynaydi.
Foydali hasharotlardan samarali foydalanish ulardan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq.
Hozirgi vaqtda mevali daraxtlar va sabzavot ekinlar orasiga gorchisa faseliya, urug‘lik sabzi, piyoz, sarimsoq, ukrop o‘simliklarini ekish, ekin maydonlariga parazit va yirtqich xasharotlarni jalb qiladi. Chunki nektar hasharotlar uchun ozuqa :hisoblanadi.

Download 17.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling