Magistratura ta’lim dasturi bloklari mazmuniga quyidagi umumiy talablar qo‘yiladi:
Umummetodologik fanlar bloki bo‘yicha:
milliy istiklol g‘oyasi va gumanitar, texnik va tabiiy fanlarning falsafiy masalalari bo‘yicha bilimlar berilishi;
insoniyatning global muammolari, ma’naviy hayot, shaxs va jamiyat ehtiyojlari, ta’limning insonparvarlik ruhi, zamonaviyssivilizatsiya va uning taraqqiyot yo‘nalishlari, axborot tizimlari va bilimlarni taqdim qilish usullari to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllantirishi;
ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan ishlash ko‘nikmalari vauquvlarini shakllantirishi;
ilmiy ijodiyot metodologiyasi, bilishning umumiy usullari, empirik va nazariy tadqiqot usullari, qonunlar va qoidalar mantig‘i, asoslash va inkor qilish yo‘llariga doir bilimlarni ta’minlashi;
ta’limda pedagogik texnologiyalar, menejment va iqtisodiyot asoslari haqidagi bilimlarni ta’minlash.
Mutaxassislik fanlari bloki bo‘yicha:
muayyan mutaxassislik bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni, o‘quv va ko‘nikmalarni shakllantirishi;
mutaxassislik bo‘yicha bilimlar bazasini yaratish, jamlash va ulardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishi;
• magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish, kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish vatizimli yondashish borasidagi ilmiy bilimlar, amaliy mahorat va ko‘nikmalarni ta’minlashi
kerak.
Ilmiy faoliyat bloki ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi o‘zlashtirishini, talabalar tomonidan ixtisoslashgan ilmiy va ta’lim muassasalarida muayyan ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar bajarilishi nazarda tutiladi.
Ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha:
mustaqil tadqiqotchilik faoliyatining amaliy ko‘nikmalarini hosil qilishi;
axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalaridan foydalanib ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va aks ettirish, ilmiy maqolalar tayyorlashga doir bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirishi;
talabalarga fan, texnika va texnologiyaning eng yangi yutuqlariga asoslangan axborot bazalarini qo‘llay bilish, ulardan magistrlik dissertatsiyasini bajarishda foydalanish ko‘nikmasini singdirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |