10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati


O‘quv fanlari bloklari mazmuniga quyidagi talablar quyiladi


Download 408.71 Kb.
bet12/36
Sana26.06.2023
Hajmi408.71 Kb.
#1655609
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
10-mavzu PB

O‘quv fanlari bloklari mazmuniga quyidagi talablar quyiladi.
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki bo‘yicha:

  • umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negizida olingan bilimlarni to‘ldirishi va rivojlantirishi; milliy istiqlol g‘oyasi va demokratiya, milliy va umuminsoniy qadriyatlar negizida ilmiy va gumanitar dunyoqarashni, yuksak ma’naviyat va demokratik madaniyatni, iqgisodiy, huquqiy va ijodiy tafakkurni, e’tiqod va ijtimoiy-siyosiy faollikni shakllantirishi;

  • ta’limningtarix, falsafa, xalqan’analari, urf-odatlari bilan uzviy bog‘liqligini, O‘zbekiston xalqlari madaniyatini asrash va boyitishni, boshqa xalqlar tarixi va madaniyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini ta’minlashi;

  • insonparvarlik, vatanparvarlik va baynalmilalchilik ruhini rivojlantirish;

  • ta’lim va tarbiya jarayonining mustaqil fikrlaydigan, qarorlar qabul qilishga qodir, har tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilganligini ta’minlash.

Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bloki bo‘yicha:

  • umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviylik hamda uzluksizlikni inobatga olgan holda bilishning matematik usullari, informatika hamda axborot to‘plash, ularni qayta ishlash va uzatish usullarining jamiyatdagi o‘rnining ahamiyati haqida oliy darajadagi tasavvurlarni shakllantirishi;

  • koinotning tabiiy ob’ekt ekanligi va uning evolyusiyasi; tabiiy fanlarni o‘zaro fundamental birligi; zamonaviy tabiiy hodisalarni tadqiq etish konsepsiyasi; tabiatdan oqilona foydalanish va inson faoliyatining ekologik tamoyillari tabiatga putur etkazmaydigan texnologiyalar yaratish istiqbollari haqidagi ilmiy tasavvurlarni shakllantirishi;

  • muayyan bilim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarni chuqur o‘rganishning ilmiy va nazariy asoslarini ta’minlash.

Umumkasbiy fanlar bloki bo‘yicha:

  • • matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bilan maxsus fanlar
    o‘rtasida ilmiy-nazariy bog‘liqlikni t maxsus fanlarni o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko‘nikma va uquvlarni shakllantirish i;

  • modelli tasavvurlarni tajriba usullari va olingan natijalarni qayta qo‘llash yo‘riqlariga oid bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini ta’minlashi lozim.


Download 408.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling